Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Amaliy vaziyatni tahlil qilish uchun uslubiy koʻrsatma
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash koʻrsatkichlari va mezonlari
- . Keys yechimi boʻyicha oʻqituvchining varianti Strategik maqsad.
- Strategik vazifalar yechimi.
Amaliy vaziyatni tahlil qilish uchun uslubiy koʻrsatma
Baholash koʻrsatkichlari va mezonlari
. Keys yechimi boʻyicha oʻqituvchining varianti Strategik maqsad. Mamlakatimiz korxona va tashkilotlardagi kadrlar bilan ishlash tizimini boshqarishning optimal yoʻllarini tahlil etish. Strategik vazifalar. ”Carlsberg Uzbekistan kompaniyasining xodimlar bilan ishlash strategiyasini oʻrganish; Kompaniyaning rivojlanishida xodimlar bilan ishlash tizimining ahamiyatini oʻrganish; Xodimlar bilan ishlash tizimini boshqarish va bu tizimnining maqsadlarini oʻrganish. Strategik vazifalar yechimi. Xodimlar bilan ishlash tizimi, uning tashkilot ichidagi ishlash mexanizmi, faoliyat natijalari tahlil qilinadi; Dastlabki bosqich, rivojlanish, uning sabablari, istiqbollari oʻrganiladi; Xodimlar bilan ishlash tizimini boshqarish va uni takomillashtirish yoʻllari oʻrganiladi. Sizning fikringizcha "Carlsberg Uzbekistan" kompaniyasining xodimlar bilan ishlash strategiyasi qoniqarli darajadami? Fikringizni asoslang. Ha uning xodimlar bilan ishlash tizimi qoniqarli darajada. Kompaniya bu tizimining afzalligi shundaki u aniq maqsad va tamoyillarni ustuvor deb biladi va bu maqsadlarga erishishda ustuvor vazifalarga ogʻishmay amal qiladi. Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning roli qanday boʻlgan deb oʻylaysiz? Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning ahamiyati yuqori, ya’ni xodimlar kompaniyaning doimiy ravishda xar qanday gʻoyani amalga oshirishida tayanch va energiya beruvchi vazifasini bajarib keladi. “Carlsberg Uzbekistan” kompanpiyasining bu darajaga erishish sabablarini ayting va u xodimlar bilan ishlashning qaysi elementlaridan doimiy holda foydalanadi deb oʻylaysiz? Kompaniyaning taraqqiyotga erishuvida xodimlarning ahamiyatini tahlili qilar ekanmiz, uning xodimlar bilan ishlash tizimida xodimlar faoliyatini baholash va ukofotlash, resurslar, xodimlarning xizmat lavozimlarida oʻsishi va rivojlanishini boshqarish va mehnat munosabatlarini boshqarish yoʻnalishlarini oʻz ichiga olishiga e’tibor qaratish joiz. Sizning fikringizcha, bugungi kunda ushbu kompaniya qanday strategiya asosida rivojlanmoqda? Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi quyidagi 4 ta ustuvor omilni oʻz ichiga oladi: Oʻsish, unumdorlik, mas’uliyat va gʻalabaga intiluvchi tashkilot Kompaniyaning bozordagi ulushini kengaytirish boʻyicha strategik vazifalari nimalardan iborat deb oʻylaysiz va sizning tavsiyalaringiz? Kompaniyaning bu boradagi strategik vazifalari avvalo bozorni oʻrganish uni ma’lum darajada egallash va muntazam ravishda boshqarib turishdan iborat. Agar sizni kompaniyadagi menedjerlik lavozimiga ishga taklif qilishsasiz bu kompaniyadagi xodimlar bilan ishlash tizimida qanday oʻzgarishlar qilgan boʻlar edingiz? Albatta bunday lavozimda kishi xodimlar bilan ishlash tizimida zamonaviy yangiliklarni joriy qilish va kompaniyaning faoliyati doirasida kerakli xodimlari qidirib topish, ularga qoʻyiladigan talablar va xizmat vazifasida oʻsish ishlarini takomillashtirishdan iborat. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling