Nazorat savollari:
1. Boshqaruv jarayoni nima va u qanday omillarni oʻz ichiga oladi?
2. Rejalashtirish funksiyasining mohiyati?
3. Nazorat qilish funksiyasining oʻziga xos xususiyatlari nimada?
4. Boshqaruvning qanday usullari mavjud?
. Tashkiliy-ma’muriy usulning mohiyati nimada?
6. Ijtimoiy-psixologik usullarning boshqaruv jarayonidagi ahmiyati nimada?
7. Ragʻbatlantirish funksiyasining boshqaruv jarayonidagi ahamiyatini aytib bering
Mavzu -4. Menejment texnologiyasi
Reja:
1. Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Maqsadlar.
2. Motivatsiya.
3. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar.
4. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish.
Tayanch soʻzlar: boshqaruv jarayoni, motivatsiya, “Ehtiyojlar ustunligi” nazariyasi, “Boisiy tozalanish” nazariyasi, axborot, birlamchi va ikkilamchi axborotlar, kommunikatsiya, kommunikatsion siyosat, qaror, Ringi usuli.
1. Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Maqsadlar.
Maqsad - bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun koʻzda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, oʻz orzularini ushalishiga yoʻnaltiradi. Biz dastlab oʻzimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, soʻngra esa shu maqsadimiz:
boʻlajak xarakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;
faoliyatimizning ustuvor yoʻnalishini belgilaydi;
faoliyatimizni aniq soxa, ishga yoʻnaltiradi;
u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;
pirovard natijamizning baxolash me’yorini belgilaydi va x.k.
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va toʻgʻri belgilanganligi boshqarish uchun oʻta zarur. Chunki aynan shu maqsadga binoan:
boshqarish funksiyalari;
boshqarish usullari;
boshqarishning tuzilmaviy tarkibi;
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muxim masalalar yechiladi.
Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |