7-mavzu. Marketingda kommunikatsion siyosat


Download 257.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana30.04.2023
Hajmi257.49 Kb.
#1407465
  1   2   3   4
Bog'liq
7-мавзу



7-MAVZU. MARKETINGDA KOMMUNIKATSION SIYOSAT 
7.1.Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati 
7.2. Reklama va reklama vositalari 
7.3. Marketingda sotishni rag’batlantirish 
Tayanch iboralar 
Kommunikatsion siyosat, pablik rileyshnz, imidj, reklama, reklama vositalari, potentsial 
xaridor, reklamaning samaradorligi, reklamaning maqsadi, reklama xarajatlari, reklama turlari, 
sotishni rag’batlantirish. 
 
7.1. Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz) va uning mohiyati 
Kommunikatsion siyosat deganda bozorga tovar siljitish uslublarining majmui 
tushuniladi. Bularga pablik rileyshnz (jamoatchilik bilan aloqalar), reklama, sotishni 
rag’batlantirish va shaxsiy sotish kiradi. Kengaytirilgan ma'noda siljitish - bu tovarlar sotilishini 
tezlashtirish va bozorda ijobiy tasavvurni shakllantirish maqsadida axborot olish, xaridorni 
ishontirish va o’z faoliyati haqida ma'lumot berish uchun korxonaning bozor bilan doimiy 
aloqalarini o’rnatish va saqlab turishdir. 
Jamoatchilik bilan aloqalar (pablik rileyshnz). Jamoatchilik bilan aloqalar - 
korxonaning va shu korxona tovarlarining ijobiy obro’-e'tiborini (imidji) shakllantirish va ular 
haqidagi salbiy fikrlarni yumshatish orqali keng jamoatchilik bilan korxona o’rtasidagi sog’lom 
munosabatlardir. Jamoatchilik deganda har xil tashkilotlar, aholi guruhlari, moliya idoralari, 
davlat idoralari, aholi qatlamlari, mahalliy hokimiyat sub'ektlari tushuniladi. 
Ishlab chiqarish korxonalari, ma'muriy, tijorat, ilmiy tashkilotlarning yutuqlari ularning 
keng jamoatchilik va iste'molchilar bilan aloqalarining qay darajada tashkil etilganligiga ko’p 
jixatdan bog’liq bo’ladi. Keyingi paytda pablik rileyshnz keskin rivojlanmoqda va marketing 
tizimida salobatli firmalarning murakkab, samarali quroli sifatida baholanmoqda. U iste'mol 
tovarlarini ishlab chiqaradagan sanoat firmalari va kompaniyalari tomonidan potentsial 
xaridorlar doirasini kengaytirish , tovarlar xaqida atroflicha axborotga ega bo’lish maqsadida 
ishlatiladi. 
Pablik rileyshnzning bosh tamoyillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 

axborotlarning to’la va xaqiqiy bo’lishiga erishish; 

ma'lumotlarning oddiy va tushunarli bo’lishini ta'minlash; 

munosabatlarning ikkala tomon uchun ham qiziqarli bo’lishiga erishish; 

munosabatlarda o’ziga bino qo’ymaslik, bahosini ko’tarmaslikni ta'minlash; 

jamoatchilik fikrini bilish uchun vaqtni ayamaslik; 

munosabatlarning har bir bosqichida ishonchlilikka erishish va boshqalar. 
Pablik rileyshnzda iste'molchilarga axborotlarni etkazish uchun turli xil axborot 
vositalari va kanalllaridan foydalaniladi. 37-chizmada ularning asosiylari ko’rsatilgan. 
Ko’pchilik tashkilotlarda jamoatchilik bilan aloqalarni tashkil etish uchun mas'ul shaxs 
tayinlanadi. Ana shu mas'ul shaxs omma bilan aloqalar dasturini ishlab chiqadi. 

Download 257.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling