Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Bugungi kundagi tashkiliy dizayn bilan bogʻliq muammolar
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
Bugungi kundagi tashkiliy dizayn bilan bogʻliq muammolar.
Menejerlar ishchilarni samaraliroq ishlashga undaydigan turli organizatsion dizaynni qoʻllashga harakat qilganlari sari ularning oldida turli muammolar paydo boʻla boshlaydi. Ishchilarni oʻzaro bogʻliqlikda ushlash. Koʻpchilik organizatsion dizayn kontseptsiyalari yigirmanchi asrda ishlab chiqilgan boʻlib, bu paytda ishchilar oʻz vazifasini ish beruvchi belgilagan joyda, menejerning nazorati ostida bajarardilar, vazifalar ham odatda bir xil edi, ishchilarning asosiy qismi toʻliq va noma’lum muddatga band qilingan edi. Ammo bugungi kunda koʻplab kompaniyalarda bu holatni kuzatmaysiz. Masalan, IBM ning ba’zi joylarida faqatgina menejerlarning muntazam ish oʻrinlari bor. Qolgan barcha ishchilar yoki masofadan turib ishlashadi yoki oʻzlariga belgilangan vaqtda bir stoldan foydalanishadi.Sabre Holdings kompaniyasida esa, jamoalar oʻzlarining ish joylari yaqinidan joy olishadi va ishchilar ishga kelganlarida oʻzlari uchun joy topib olishadi. Yuqoridagi misol shundan dalolat bermoqdaki, menejerlar uchun asosiy muammo bu ishchilar uchun oʻzgaruvchan ish vaqtlarini taklif qilish va shunga qaramasdan ularni oʻzaro bogʻliqlikda ushlashdir. Mobayl kompyuterlar va kommunikatsion texnologiyalar menejerlarga oʻzaro bogʻlanish va yanada samaraliroq ishlash imkoniyatini bermoqda. Masalan, mobayl qurilmalarda e-mail, kalendar va kontaktlar borki, ulardan foydalanuvchi har qanday joyda foydalanishi mumkin. Bu qurilmalardan hattoki kompaniyalarning ichki tarmogʻiga ham ulanish mumkin. Ishchilar veb-kameralar orqali videokonferentsiyalar ham uyushtirishlari mumkin. Koʻpchilik kompaniyalar ishchilarga asosiy “kalitlar”ni berib qoʻymoqdalarki, bular orqali ishchilar internet orqali korporativ tarmoqqa kirishlari mumkin. Mobil telefonlar tarmoq va korporativ Wi-Fi orqali oʻzaro bogʻlanmoqdalar. Ishni har qanday joyda, har qanday vaqtda olib borishdagi asosiy muammo bu xavfsizlik masalasidir.Kompaniyalar oʻzlarining muhim ma’lumotlarini himoya qila olishlari kerak. Yaxshiki, dasturlar xavfsizlik muammolarini sezilarli ravishda kamaytirdi. Sugʻurta hizmatini koʻrsatuvchilar ham endilikda oʻzlarining masofadan turib ishlovchi ishchilariga ma’lumotlarni onlayn tarzda etkazmoqdalar. Masalan, Health Net Inc. kompaniyasi oʻzining menejerlariga istalgan joydan turib mijozlarning ma’lumotlariga kira olishlari uchun BlackBerry telefonlarini taqdim qildi.Bir texnologik kompaniya direktorining ta’kidlashiga koʻra, “kompaniyalar endi oʻzlarining ishchilari bilan osonroq bogʻlanish uchun yangi ilovalar ustida ishlashlari kerak”. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling