Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turli funktsiyali jamoalar.
Hamjihatlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlari
Manba: R.Vagner va G.Myullerning “Hamkorlikning choʻqqisi” nomli maqolasiga asoslangan, Gallup Management Journal Online [http://gmj.gallup.com], 18-fevral, 2010-yil; M.T.Xansen, “Ichki hamkorlikning kompaniya uchun salbiy tomonlari”, Harvard Business Review, 2009-yil aprel, 83-88-sahifalar; G.Axudja, “Hamkorlik tarmoqlari, strukturav va innovatsiya: uzoq muddatli izlanish”, Academy of Management Proceedings Online, 1998; va M.Pincher, “Hamkorlik: Birlikdagi yangi kuch”, Computer Weekly, 27-noyabr, 2007, 18-sahifa. Turli funktsiyali jamoalar. Tashkilotlar bunday boshqaruv metodini tanlashining asosiy sababi ular buni an’anaviy boshqaruv boʻlimlari yoki muntazam ishlovchi guruhlarga qaraganda, yangiliklarga tezroq moslashuvchan deb hisoblashadi. Bunday jamoalarning asosiy xususiyati ular tezlik bilan yigʻilishi, e’tiborini yangi loyihaga qaratishi va yana tarqalishi ham mumkin. 10-bobda, biz turli funktsiyali jamoalarni boʻlimlarga boʻlishning turli shakllari sifatida muhokama qilgan edik. Shuni yodda tutingki, jamoalar turli mutaxassisliklarga ega boʻlgan shaxslardan iborat boʻladi. Turli funktsiyali guruhlar shakllanganda esa jamoa a’zolari ularning funktsional sohalariga ta’sir qiluvchi umumiy muammolarni echish uchun birikishadi. Nazariy jihatdan, ularning funktsiyalarini ajratib turuvchi sun’iy toʻsiqlar gʻoyib boʻladi va jamoa tashkilotning maqsadiga erishish uchun birga ishlashadi. Masalan, dunyoning eng yirik poʻlat ishlab chiqarish kompaniyasi – ArcelorMittal kompaniyasida, turli funktsiyali tadqiqotchilar, menejerlar va sotuvchilarning jamoasi mahsulot innovatsiyasini tahlil qilishadi. Turli funktsiyali jamoalar kontseptsiyasi sogʻliqni saqlash sohalarida ham qoʻllanilmoqda. Masalan, Merilend shtatining Betesda shahridagi gospitalda doktor, farmatsist, ijtimoiy ishchi, oziqlantiruvchi, bosh hamshira, terapevt va ruhoniydan iborat intensiv parvarish jamoasi ham kuni bemorning holatini muhokama qilishadi. Gospital bu orqali xatoliklarni kamaytiradi, bemorlarning gospitalda qolish vaqtini qisqartiradi va bemorlarning oilasi va gospital hodimlari oʻrtasidagi aloqani kuchaytiradi. Biz bunday jamoalarni 13-bobda yanada chuqurroq muhokama qilamiz. Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi dunyoda uch oʻlchamli LED televizorlarini ishlab chiqargan eng birinchi kompaniya boʻldilar. Samsung kompaniyasining muvaffaqiyatlarida innovatsiya juda ham muhim oʻrin egallagani uchun, kompaniya oʻz ichida ishchilar oʻrtasida ichki hamkorlikni, oʻz mijozlari bilan esa tashqi hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga chaqiradi. Dunyoning 42 davlatida joylashgan tadqiqotchilik markazlari yangi texnologiyalar ustida hamkorlik qilishadi. Oʻzining ichida esa kompaniya mahsulotlarni tezroq ishlab chiqish uchun kesishuvchan funktsional jamoalardan foydalanadi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling