Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarorlarning bajarilishiga raxbarlik qilish
Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori buginda qabul qilingan rejalari, shuningdek, shu rejalar asosida quyi buginlar (tsex, uchastka, brigada, smena, xar bir xodim) uchun tuzilgan reja ¸ki topshirikldarni bajarish ¸ki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, soʻngra u ma’muriy xujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va xakozalar koʻrsatilgan boʻladi.
Qarorlarning bajarilishiga raxbarlik qilish - bu firma, korxona, tsex, uchastka, brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish ¸ki xizmat koʻrsatish jara¸niga raxbarlik qilish boʻyicha aniq masalalarni xal etish demakdir. Bunda xar bir boʻlinma oʻzining funktsional vazifasini bajarish bilan band boʻladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv boʻlinmalari bir-biriga oʻzaro ta’sir koʻrsatib bosh rejalarning bajarilishini ta’minlaydi. Raxbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq uyushtirishdan va oʻzi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Qarorlarni bajarishga raxbarlik qilish jara¸nida raxbarning vazifasi xodimlarningshaxsiy manfaatlarini umum manfaatlar bilan muvofiklashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli raxbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriklarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini xam talab qiladi. Mavjud yutuqlarni raxbar faqat oʻzining xizmatlari etib koʻrsatilmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin uning sabablarini diqqat bilan oʻrganish zarur. Koʻpgina raxbarlar yaxshi qarorlar qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli oʻz lavozimlarga moe kelmay qoladilar. Ba’zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qilinadi. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari xam shundadir. Qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun koʻrgazmali sxema -grafikni tuzish lozim. Unda ijrochilar, bajarish muddatlari, taqsimlangan ish xajmi, ob’ektlarga boʻlish, sarflanadigan oʻrtacha vaqt, moddiy va moliyaviy resurslarga boʻlgan exti¸j qayd qilinadi. Tashkiliy reja ijrochilarga etkaziladi, tushuntiriladi, zarur boʻlgan taqdirda yoʻl-yoʻriq uslubiy koʻrsatmalar beriladi. Boshqarish jara¸nidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilishdir. Nazorat - bu qaytma (javoban) aloqa shakli xisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va oʻrnatilgan rejalarning joylarda bajarilish darajasi toʻgʻrisidagi ma’lumotni aniqlash usulidir. Xaqiqiy xolatni bilib olmasdan va dalillarni tekshirmasdan turib, toʻgʻri va oqilona raxbarlik qilib boʻlmaydi. 1quyi zvenolarni boshqarishda asosan xisobga olishning tezkor va buxgalteriya turlaridan foydalaniladi. Yaxshi yoʻlga qoʻyilgan xisob samarali qarorlar ishlab chiqish, ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini beradi. Xisobga olishdagi chalkashlik odatda ishlab chiqarishni boshqarishda axvolning ¸monligidan va katta kamchiliklar mavjudligidan dalolat beradi. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling