Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua
Download 3.37 Mb.
|
portal.guldu.uz-MENEJMENT
Nazorat funksiyasi raxbarning eng muxim funksiyasidir. Raxbar oqibat natijada qaboʻl qilinadigan qarorlarning tashabbuskori boʻlib, chiqishi tufayli u ana shu qarorlarning bajarilishi ustidan nazoratni tatkil qilishning xam tashabbuskori boʻlishi kerak. Qarorlarning ijro etilishni nazorat qilmaydigan raxbar oʻzi ishla¸tgan ishlab chiqarishgina emas, balki boshqa korxonalarga xam zarar keltiradi. Bunda boshqaruv topshiriqlari oʻz vaqtida bajarilmaydi, ayrim xollarda kechikish, oʻzilishlar roʻy berish mumkin va x.k.
Oʻz qarorini tekshirmagan raxbar intizomsiz, ijrochilarni notoʻgʻri tarbiyalagan raxbar xisoblanadi. Yaxshi yoʻlga qoʻyilgan nazorat ishonchli qaytma (teskari) aloqadir. Bunday aloqa boʻlmasa, boshqarish tizimi normal ishlay olmaydi, boshqarish qarorlarining amalga oshirilishiga oʻz vaqtida tuzatishlar kiritib boʻlmaydi. "Qarorning amalga oshirilishi xulosalar chiqarishni xam oʻz ichiga oladi. Bundan maqsad ta’sir oʻtkazishning xaqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish usullari va vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir. 2.Boshqaruv qarorlarning unsurlari. Boshqaruv qarorlarning turkumlanishi. 3. Strategik va taktik qarorlar, stereotip va tashabbusli qarorlar, qaror qabul qilishda kollegial va konsensus tamoyillari, qaror qabul qilishda “ringi” usulining mohiyati. Rivojlanib borayotgan global raqobat sharoitida har bir tashkilot oʻzining puxta ish uslubiga hamda strategik, taktik yoʻnalishlariga ega boʻlishi talab etiladi. Bu esa oʻz navbatida tashkilotlarning raqobatda “jon saqlab qolish”ida hamkorlik qilishga turtki beradi.. “3M” kompaniyasining dental mahsulotlar boʻlimida tadqiqotchi olim Sumita Mitra shunday qoplama ishlab chiqarishga yordam berdiki, bu qoplama tish qobigʻini va nur yordamida oʻrnatiluvchi tsement materiallarini himoya qiladi. Shunga qaramasdan, kosmetik stomatologiya ommalashgani uchun, u stomatolog xohlagan darajadagi kuch va tabiiylikka ega boʻlgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun imkoniyat seza boshladi. Mitra dastavval 3M kompaniyasining 7000 ga yaqin mutaxassislar yozigan ma’lumotlar bazasiga murojaat qildi. Garchi ma’lumotlar ba’zasi bilimlarni butun kompaniya boʻylab oʻrtoqlashishga imkon bermasa-da, “haqiqiy hamkorlik ishlari asosan yuzma-yuz, TechForum tomonidan moliyalashtirilgan forumlarda yuz buradi. Bu forum butun dunyodagi olimlarni bir-biriga bogʻlaydi”. Bu erda esa Mitra kompaniyaning boshqa boʻlimlaridagi mutaxassislarga tegishli kerakli ma’lumotlarni topa oldi. 3M kompaniyasining tadqiqotchilarni bogʻlovchi oʻz sayti ham boʻlib, Mitra buni “3M tadqiqotchilari uchun yaratilgan LinkedIn”sifatida tasvirlaydi. Tadqiqot markazi va Forum Mitraning tadqiqoti uchun foydali boʻldi. Oʻz tadqiqotlarini boshlaganidan 3 yil oʻtib, 3M kompaniyasi Filtek Supreme Plus ni taqdim qildi, bu juda kuchli, yorqin material boʻlib, ilk marotaba u oʻzida nanoqismlarni mujassamlashtirdi. 3M kompaniyasida, ishchilar oʻzaro hamkorlik qiladilar va muvaffaqiyatlariga qarab koʻtariladilar. Kompaniya tadqiqotchilari oʻrtasidagi bunday hamkorlik qator yangiliklarning ochilishiga olib keldi. Aytish mumkinki, bugungi kunda ishlash jarayoni butkul oʻzgarib ketdi. Garchi vazifalarning samarali bajarilishi muhim boʻlishiga qaramasdan, tashkilotlar uning qanday bajarilishiga ham moslasha olishi kerak. Tan olish kerakki, bugungi kunda innovatsiyani tezlik bilan oʻrganish va uni bozorda qoʻllash juda ham muhim ahamiyatga egadir va bu bilan siz nima uchun buyruqbozlik zanjiriga asoslanuvchi yuqoridan pastga qarab qaror qabul qilish tizimi yaxshi ish bermasligini tushunib olasiz.3M kabi koʻpgina tashkilotlar oʻzlarida ishchilar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirmoqdalar. 11-3 jadval hamkorlikda ishlashning ijobiy va salbiy tomonlarini ifoda etadi.Hamkorlik ichki boʻlishi (tashkilot ichidagi ishchilarning orasida) yoki tashqi (har qanday aktsioner bilan) boʻlishi mumkin. Har ikki holatda ham, ishchilar hamkorlik qanchalik tashkilotning strukturasiga toʻgʻri kelishini va hamkorlikda ishlash bilan bogʻliq muammolarni anglab olishlari zarur. Hamkorlikning har bir turiga alohida nazar solib chiqaylik. Download 3.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling