2 –rasm. Tashkilotning asosiy elementlari
1.Resurslar. Har qanday tashkilotni maqsadi resurslar borligi va ishlatilishidan iborat va ular orqali taktik va strategic maqsadlarga erishiladi. Asosiy resurslar – bu odamlar (mehnat resurslari), asosiy va aylanma vositalar, texnoligiyalar va axborot.
2.Ichki va tashqi muhitga bogʻliqlik. Bu tashkilotning muhim ta’riflaridan biridir. Hech qanday tashkilot alohida, tashqi oʻzgarishlarga e’tibor bermasdan, faoliyat yuritmaydi. Faoliyat tashqi muhitdagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. Ular tashkilot faoliyatiga ta’sir oʻtkazadilar.
Tashkilotning ichki va tashqi muhit omillarining farqlanishi:
Tashkilotga tashqi muhit har xil ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun muhim omillarni qayd etishimiz va ularga javob bera olishimiz kerak.
3-rasm.Tashkilot ichki muhiti
Ichki muhit deganda tashkilotning holat omillari tushuniladi. Tashkilotlar odamlar tomonidan yaratilgan tizimlar boʻlib, ularning ichki omillari boshqaruv yechimlarining natijalari hisoblanadi. Buni tashkilotning xoʻjalik organizmi, uning tuzilmasi deb tushunsa boʻladi.
Tashkilot, ta’rifi boʻyicha, bu – odam guruhi, ular umumiy maqsadlarga egadirlar. Tashkilotni maqsadga erishish vositasi deb hisoblasak ham boʻladi, u jamoa orqali maqsadga erishishga imkon beradi. Tashkil etish – bu ma’lum bir tuzilmani tuzish degani, u qoʻyilgan maqsadga erishib va uni samaradorligiga vositachilik qiladi. Tashkilot bu maqsadga va rejalarini bajarish uchun koʻpgina elementlar tuzimini tuzish kerak boʻladi.
Maqsadlar – bu mehnat jamoasi erishishga intiladigan ohirgi ahvol yoki istalgan natija.
Tashkilotda hech boʻlmaganda bitta umumiy maqsad boʻladi, unga mehnat jamoasining barcha a’zolari erishishga harakat qiladilar. Tashkilotlar, bir necha oʻzaro bogʻlangan maqsadlarga boʻlgan tashkilotlar murakkab deyiladi. Rejalashtirilgan maqsadlar real va bajariladigan boʻlishi kerak. Rejalashtirish jarayonida tashkilot boshqarmasi maqsadlarni ishlab chiwaradi va a’zolarga ma’lum qiladi. Bu jarayonda tashkilotning barcha a’zolari ishtirok etadi.
Oʻzaro maqsadlarni belgilash kelishuvi tashkilot a’zolariga yordam beradi, har biri nimaga ishlailishini biladi.
Tashkilot tuzilmasi – bu boshqaruv darajalarini va oʻzaro funktsional soxalarining mantiqiy munosabatlari, ular maqsadga oson yoʻl bilan erishish koʻrinishida tuzilgan.
Vazifa – bu berilgan ish yoki uning qismi (operatsiya, jarayon), u oldindan belgilangan usul va vaqtda bajarilishi shart.
Texnologik nuqtai nazardan vazifalar ishchilarga emas, lavozimlarga topshiriladi. Tashkilot tuzilmasiga mos kelgan holda har bir lavozimga qator vazifalar yuklangan, ular maqsadga erishish uchun xizmat qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |