Iqtisodiyot” kafedrasi “menejment” fanidan Oʻquv-uslubiy majmua


Download 3.37 Mb.
bet90/249
Sana26.10.2023
Hajmi3.37 Mb.
#1723740
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   249
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENT

Boʻlimlarga ajratish.
Sizning kollejingizda talabalar xizmati boʻlimi yoki moliyaviy yordam koʻrsatish boʻlimi mavjudmi, boʻlganmi? Siz bu kursni boshqarish boʻlimidan olgan boʻlarmidingiz? Ijobiy qaror qabul qilingandan soʻng, kim tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi, ish faoliyati guruhlarga umumlashtirilgan boʻlishi lozim, shu tariqa ish komplekslashtiriladi va boshqariladi.
Ish joylarining guruhlarga umumlashtirilishi departamentlarga ajratish (boʻlimlarga umumlashtirish) deb aytiladi. Departamentlarga ajratishning beshta ommaviy tamoyillari qoʻllaniladi, lekin korxona oʻzining alohida shaxsiy tizimini ishlab chiqishi mumkin. (Masalan, otellarda mehmonxonalarda ish jarayonlarini roʻyxatga olish, sotuv va umumiy ovqatlanish, tozalikni ta’minlash va kir yuvish, texnik xizmat koʻrsatish boʻlimlari boʻlishi mumkin).
Aksariyat yirik kompaniyalar ushbu boʻlimlarga ajratish kombinatsiyalarini yoki ularning ushbu boʻlimlarga ajratish usullaridan foydalanib kelmoqdalar. Masalan Yaponiyaning yirik elektron kompaniyasi oʻzining boʻlinmalarini funktsional tamoyillarga koʻra, jarayonning ishlab chiqarish birliklariga, sotuvini ettita joʻgʻrofik mintaqa va toʻrtta gurux mijozlarga moslashtirib tashqillashtiradi.
“Black & Decker”komaniyasi oʻzining boʻlinmalarini funktsional tamoyil-larga koʻra, jarayonning ishlab chiqarish birliklariga koʻra, mahsulot sotishni esa barcha joʻgʻrofik mintaqa va mijozlar guruhlariga moslashtirib tashkillashtiradi 28.
Tashkiliy tuzilma – tashkilotni boshqarishning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu tuzilma boʻlinmalar va tashkilotlar orasidagi maqsadlarni va boshqarish masalalarini taqsimlash bilan belgilanadi. Mazmunan, boshqaruv tuzinmasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish boʻyicha mehnatlarni taqsimlashning tashkiliy shaklidir. Shunday qilib, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi deganda, bir – biriga qat’iy boʻysunadigan va boshqaruvchi, hamda, boshqariluvchi tizimlararo oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlay oladigan boshqariluvchi zvenolar majmuasi tushuniladi. Tashkilot boshqaruv tuzilmasida quyidagi elementlar ajratiladi: zvenolar (boʻlinmalar), boshqaruv daraja (pogʻona) lari va vertikal, gorizontal aloqalar.

Download 3.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling