Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot fanidan kurs ishi


Download 383 Kb.
bet2/7
Sana01.05.2023
Hajmi383 Kb.
#1418685
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻzbekiston Respublikasi pul-kredit siyosati

Kurs ishining maqsadi:
Mamlakatimizda samarali pul-kredit siyosatini olib borishda rivojlangan davlatlarda qoʻllaniladigan tizimlarni tanishtirish va ularning amaliy ahamiyatini asoslashga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy xulosa va tavsiyalarni shakllantirish zarur boʻlib qoladi. Ushbu kurs ishida samarali pul-kredit siyosatini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlarni o’rganish maqsad etib olindi.
Kurs ishining vazifalari:
Oʻzbekiston Respublikasining "Markaziy bank toʻgʻrisida"gi yangi Qonuniga muvofiq, Markaziy bankning pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari inflyatsiyaga qarshi kurashish, mamlakat bank tizimi va toʻlov tizimlarining barqarorligini taʼminlash boʻlsa, inflyatsion maqsadlar va pul taʼminotining oʻsish surʼatlari pul-kredit siyosatining taktik maqsadlarini o’rganish va taxlil qilish.
Oʻzbekiston Respublikasida milliy valyutaning davom etayotgan devalivatsiyasi, inflyatsiyaning nisbatan yuqori darajasi, iqtisodiyotga pul tushinishning yuqori darajasi monetar tushunchalarning amaliy ahamiyatini baholashda eʼtiborga olinishi kerak boʻlgan muhim omillardir ko’rib chiqishdan iborat.
Kurs ishi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biriga bagishlangan bo’lib, u kirish, 3 asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’xatidan iborat reja asosida tayyorlangan.
Kurs ishini tayyorlash jarayonida prezident asarlari, darsliklar, vaqtli matbuot materiallaridan va internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanishga harakat qildik.


1.Pul-kredit siyosatining maqsadlari, vositalari va ko’rinishlari.
2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanilishi, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi. Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomiladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul-kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi. Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tatbiq etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy o’sish, to’liq bandlikni, baholarning hamda to’lov balansining barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun milliy valyutani muomaladagi pul massasi, foiz stavkasi va milliy valyuta almashinuv kursining optimal kattaliklarini ta’minlab turish zarur bo’ladi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Markaziy Bank qator vazifalardan foydalanadi.
Pul-kredit siyosatining uchta asosiy vositasi ajratib ko’rsatiladi:
1.Hisob stavkasi.
2.Majburiy zaxiralar normasi.
3.Ochiq bozordagi operatsiyalar.

Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar – moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular hajmini to’g’ridan-to’g’ri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit ko’rinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qilinadi. Bilvosita vositalar – Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarida bozor mexanizmlari (majburiy zaxira talablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga ta’sir etiladi.


Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining o’sishiga , kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozim bo’lganda foiz stavkalarini oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, majburiy eng kam zaxira normalarining bo’lishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati pul-kredit siyosatining asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi.
Markaziy bank ular yordamida pul yoki asosan bank depozitlari ko’rinishidagi pul massasiga yoki foiz stavkasiga ta’sir o’tkazadi, taklifini o’zgartiradi va shular orqali pul-kredit muomilasini tartibga solib turadi.
Valyuta siyosati – davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursiga, valyuta operatsiyalariga ta’sir ko’rsatish chora tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatining tarkibiy qismi. Valyuta siyosatining asosiy dastaklari – valyuta intervensiyasi,valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va boshqalardan tashkil topadi. Mamlakatda valyuta siyosatini hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.
Jahon miqyosida valyuta siyosatini xalqaro valyuta – moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga ko’ra, joriy valyuta siyosati va uzoq muddatli valyuta siyosati kabi ko’rinishlari bor. Joriy valyuta siyosatida valyuta bozori holati o’zgarishlari (konyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat to’lov balansi tengligini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli valyuta siyosati valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini o’zgartirish maqsadlarini ko’zlaydi.
Pul-kredit siyosatini yuritish vositalaridan biri – majburiy bank zaxira me’yorini o’zgartirish siyosatidir. Majburiy zaxiralar – bu, kredit maqsadlari uchun ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Zaxira normasi ikki asosiy funksiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga solish uchun sharoit yaratadi va kredit emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat banklari Mrkaziy bankda ushlab turishga majbur bo’lgan zaxiralarning eng quyi normasini o’rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash qobilyatiga, imkoniyatiga ta’sir etadi. Bu me’yor qanchalik yuqori bo’lsa, ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo’li bilan “pullarni barpo etish” qobiliyati past bo’ladi. Ilk majburiy zaxira normalari AQSHda 1865-yilda joriy qilingan edi. Agar Markaziy bank majburiy bank zaxirasini kamaytirsa, ortiqcha bank zaxiralari ortadi, bu esa pul taklifining multiplikatsion ortishiga olib keladi. Masalan, ushbu me’yor 25% bo’lsa, unda bankka qo’yilgan 800 so’mdan 200 so’m majburiy bank me’yorini tashkil etadi. Bunda bank faqat 600 so’mni qarzga berishi mumkin bo’ladi. Endi faraz qilaylik, me’yor 10% ga tushiriladi, unda bank 720 so’mni qarzga berish imkoniyatiga ega bo’ladi va boshlang’ich pul taklifini 720 so’mga oshiradi.
Majburiy bank zaxirasi me’yorini ko’tarish yordamida pul taklifini kamaytiradi. Zero, bu banklarning ortiqcha bank zaxiralari qisqarishiga olib keladi. Pul-kredit siyosatini o’tkazishda bu vosita butun bank tizimining asoslariga ta’sir etadi. Turli mamlakatlarda qo’llanilayotgan majburiy zaxira normalari turlichadir, Janubiy Koreyada bu norma – 100 foiz bo’lgan bo’lsa, Italiyada – 25 foizni, Yaponiyada bor yo’g’i – 2.5 foizni tashkil etadi.

Download 383 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling