Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot
d) to’g’ri javob yo’q. 5. Quyidagilardan qaysi biri monopoliyaga olib kelmaydi?
Download 478.83 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Agarda bozorda firmalar soni cheksiz bo’lsa, u holda Xerfindal-Xirshman indeksi
- =2400-8×P Bu yerda, S
d) to’g’ri javob yo’q.
5. Quyidagilardan qaysi biri monopoliyaga olib kelmaydi? a) Litsenziya; b) Mualliflik huquqi; c) Bitta resurs zaxirasi ustudan mutloq egalik qilish; d) Tovar ishlab chiqarish va sotish bo’yicha bir qancha al’ternativ firmalarning mavjudligi; e) to’g’ri javob yo’q. 6. Agarda bozorda firmalar soni cheksiz bo’lsa, u holda Xerfindal-Xirshman indeksi: a) Manfiy; b) Nolga intiladi; c) Birga teng; d) CHeksizlikka intiladi; e) to’g’ri javob yo’q. Mavzu 16: Mehnat bozori va korxonalarda mehnat resurslaridan foydalanish va Mavzu 17: Kapital qo’yilmalar va kapital bozori 1. Yerga talab quyidagi funktsiya orqali berilgan: S=2400-8×P Bu yerda, S-foydalaniladigan yer maydoni; R-renta foizi (bir gektariga ming so’m). Agar yer hajmi 400 gektar va bank foiz stavkasi 125% bo’lsa, bir gektar yerning narxi necha pulni tashil etadi? 2. Fermer xo’jaligida bug’doy yetishtirish funktsiyasi quyidagi ko’rinishda: S=4000∙X-2∙X2 S- bug’doy ishlab chiqarish hajmi yer maydoni X ga bog’liq. 1 kg bug’doy narxi 500 so’m. Agar fermerning yer maydoni 400 gektar bo’lsa, u yer egasiga qancha miqdorda renta to’laydi? Agar foiz stavkasi yillik 20 foiz bo’lsa, bir gektar yer narxi necha so’mga teng bo’ladi? 3. Agar siz bankga 1 yil oldin 10 ming $ va 2 yil oldin 15 ming $ dollarni 10 % li stavkada qo’ygan bo’lsangiz, bu mablag’iz bugungi kunda qanchani tashkil etadi? 4. Bank yillik 9 % li stavkada omonat qabul qilmoqda. Siz 4 yildan keyin asosiy qo’ygan summangizdan tashqari 1000 $ olishingiz uchun bankga qancha omonat qo’yishingiz kerak? 5. 100 ming $ pul 4 yil ichida 207 360 $ bo’lishi uchun bankning foiz stavkasi qanchaga teng bo’lishi kerak? 6. Aholining 20 foiz kam ta’minlangan qismi jamiyatdagi umumiy daromadning 15 % ni oladi, aholining eng yaxshi taminlangan 20 % qismi esa jamiyat daromadlarining 50% ni oladi. Ma’lumotlar asosida daromadni notekis taqsimlanish darajasini ifdalovchi Djini koeffitsenti topilsin. 7. Narxga bog’liq talab elastiklik koeffitsenti -1/3 ga teng. Maksimal hosil o’rtacha hosilning 120% ni tashkil etadi. Odatdagi yilda narxning 20% ni fermer foydasi tashkil etadi. Umumiy xarajatlar o’zgarmas bo’lganda narxga bog’liq foyda foizini toping. 8. Bank foiz stavkasi 1-yil 10 % ni, 2-yil esa 15%ni tashkil etsa, 1 yildan so’ng 11 ming dollar, 2 yildan so’ng 12650 dollar olish uchun bankka qo’yiladigan summani toping? 9. Faraz qiling siz 100 ming dollarlik uyni davlatdan lizingga olmoqchisiz. Buning uchun dastlabki 20% ni naqd to’lashingiz kerak. Agar qolgan summani 25 yil davomida har oyda uzib bormoqchi bo’lsangiz va yillik foiz stavka 10 %ni tashkil etsa, har oyda siz qancha to’lovni amalga oshirishingiz kerak? 10. Janubiy Afrikaning qaysidir mamlakatida qashshoqlar aholining 70% ni va ularning umumiy daromadi jami mamlakat daromadining 40% ni tashkil qiladi. Boylar esa jamiyatning 30% ni tashkil qilsa, Djini koeffitsenti topilsin. Download 478.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling