Iqtisodiyot” kafedrasi mikroiqtisodiyot
Download 478.83 Kb.
|
Mikroiqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu 8: Bozor va tavakkalchilik
Adabiyotlar ro’yxati
Xayman D. N. Sovremennaya mikroekonomika: analizi primenenie. V 2-xt. T. Per. sangl. – M.: Finansy I statistika, 1992. SHerer S., Ross D. Struktura otraslevyx rynkov / Per. sangl.M.,1997. Mavzu 8: Bozor va tavakkalchilik Noaniqlik – axborotlar etarli va to’liq bo’lmaganda qabul qilingan qarorlarda noaniqlik vujudga keladi. Noaniqlik sharoitida qabul qilingan qarorlar natijasida tavakkalchilik vujudga keladi. Tavakkalchilik (risk) - qo’yilgan maqsadga erishishdagi yo’qotishlar. Ehtimol (probability) – ma’lum natijaga erishish imkoniyati. Ob’ektiv (matematik) ehtimol – voqea va hodisalar jarayonida takrorlanishlarni hisob-kitob qilishga asoslangan ehtimol. Kutiladigan qiymat (matematik kutilish) - Bu yerda, Pi - voqea va hodisaning ehtimoli; Xi – voqea va hodisaning natijasi. Dispersiya kutiladigan natijadan haqiqiy natijaning o’rtacha kvadratik chetlanishi: CHetlanish – kutiladigan natija bilan haqiqiy natija o’rtasidagi farq. Standart (o’rta kvadratik) chetlanish – dispersiyadan olingan kvadrat ildiz: Tavakkalchilikka qarshi inson (zist orvezse person) – kutilgan daromadga nisbatan kafolatlangan daromadni ustun ko’radigan inson. Tavakkalchilikka befarq qarovchi shaxs – kutiladigan daromadda u kafolatlangan daromad bilan tavakkal daromaddan qaysi birini tanlashga befarq qaraydigan shaxs. Tavakkalchilikka moyillik (zist prefeped) – kutiladigan daromadda kafolatlangan natijaga ko’ra ko’proq tavakalchilik bilan bog’liq bo’lgan natijani ustun ko’radigan shaxs. Diversifikatsiyaya – tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo’lib, bunda tavakkalchilik (yo’qotishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning pasayishini bildiradi. Masalan, 2 ta mahsulotga bo’lgan talabni bir vaqtda kamayib ketish ehtimolidan ulardan bittasiga talabni kamayib ketish ehtimoli yuqori. Tavakkalchiliklarni qo’shish – ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o’zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan (mulkni sug’urtalash). Tavakkalchilikni taqsimlash – ushbu usulga ko’ra zarar ko’rish ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik sub’ektlar o’rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan zarari nisbatan kichik bo’ladi. Yirik moliya kompaniyalari katta masshtabdagi loyihalarni tavakkalchilikdan qo’rqmasdan moliyalashtiradi. Asimmetrik axborot – bu shunday holatki, bunda bozorda bo’ladigan savdo-sotiqda bozor qatnashchilaridan bir qismi kerakli va muhim axborotga ega qolgan qismi esa ega emasligi tushuniladi. Ma’naviy tavakkalchilik – yo’qotishlar sug’urta kompaniyasi tomonidan to’liq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda, vujudga kelishi mumkin bo’lgan yo’qotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib ko’rsatishga intiluvchi shaxsning xatti-harakati. Auktsion – tovarni oldi-sotdisini tashkil qilish usullaridan biri bo’lib unda transaktsiya xarajatlari real vaqt rejimida o’tadi. Inglizcha auktsion – bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi. Gollandcha auktsion – bu auktsionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi. Yopiq auktsion - bunda tovar uchun auktsion qatnashchilari bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda stavkalarni belgilaydilar va tovar kim ko’p stavka qo’ygan bo’lsa shunga beriladi. Fyuchers – hozirgi narxlarda ma’lum miqdordagi tovarni kelajakda ma’lum kunda etkazib berish uchun tuzilgan muddatli shartnoma. Optsion - bu fyuchersning bir turi bo’lib, unga ko’ra bir tomon komission to’lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi. Download 478.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling