"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri i f. n., dots. E. A. Muminova
KIRISH _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 7
Download 0.85 Mb.
|
2 5424797883897482664
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Isemolchi va tovarlarning kategoriyalariga ko’ra narx belgilash._ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _23
- Mavzuni dolzarbligi.
KIRISH _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 7
ASOSIY QISM 1. Bozor hokimyati sharoitida narxlashtirish hususiyatlari. _ _ _ 10 2. Istemolchi va ishlab chiqarish ortiqchaligidan foydalanish._ _ 16 3. Istemolchi daromadi va iste’mol hajmiga ko’ra narx belgilash._20 4. Isemolchi va tovarlarning kategoriyalariga ko’ra narx belgilash._ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _23 XULOSA _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 27 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 30 KIRISH Mavzuni dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so’ng, mustaqil bozor iqtisodiyotini rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar eshiklari ochildi. Endilikda mamlakatimiz manfaatlariga mos keladigan, uning jahon hamjamiyatidagi obro’ – e’tiborini mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi iqtisodiy-siyosiy va tashqi bozorga mahsulot yetkazib berishning qator usullari ishlab chiqildi. Vatanimiz bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich yo’lini tanladi bu esa Savet hukmining adolatsizliklaridan zaiflashib qolgan iqtisodimizni tiklashning oqilona yo’li bo’ldi va aholining qambag’al qatlamini kamaytirish maqsadida aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyotining asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bu esa mamlaktdagi har bir fuqarolarning o’zlari uchun kerak bo’lgan, davlat tomonidan sotuvga chiqarishga ruxsat etilgan barcha tovarlarni sotib olish huquqini beradi. Bozor iqtisodiyoti raqobatni qo’llab quvvatlaydi bu esa tovarlarning narxlari faqat sotuvchilarning qilgan xarajatlari va ko’zlagan foydalari bilan belgilanmasligi balki bozordagi taklif va talab, istemolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi, tovarlarning kategoriyalari va bozor munosabatlariga binoan belgilanishini ta’minlaydi. Bozor hokimyati sharoitida kamdan-kam uchraydigan holatlardan biri bu monopol tashkilotlar hisoblanadi va davlat har doim o’sha sohada ishlab chiqarishni ko’paytirish yo’llari, monopoliyaga qarshi kurashish sistemalarini ishlab chiqishi lozim bu esa albatta tovarlar narxini adolatli belgilanishi, ishsizlik darajasini kamaytirish, asosiysi esa xalqni qambag’allikdan olib chiqish ya’ni iste’molchi ortiqchaligiga erishishi mumkin bo’ladi. Barcha iqtisodiy tizimlarda davlat va bozor tizimi o’ziga hos ahamiyat kasb etib, har biri mustaqil faoliayat olib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiyotga aralashib, uni tartibga solib turish obyektiv holat hisoblanadi. Hozirgi kunda barqaror izchil iqtisodiy o’sish asosan davlat nazoratiga bog’liq bo’lib bormoqda. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o’tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmining, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo’jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan resurslardan oqilona foydalanish yo’llarini va shu asosida ularni samarali faoliyat yuritishlarini o’rgatuvchi bilimga bo’lgan ehtiyoji ortib boradi. Bozor subyektlarining faoliyatini keng miqyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish inkonini yaratadi. Bozor subyektlari deganda is’temolchilar, ishlab chiqaruvchilar, yollanma ishchilar, mablag’ qo’yuvchilar, yer egalari – umuman iqtisodni rivojlanishiga va ishlashiga ta’sir ko’rsatadigan har qanday shaxs va xo’jalik tushuniladi. Hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotda davlatning ro’li masalasi muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, globallashuv sharoitida bozor tizimini davlatning iqtisodiy jarayonlarga ta’sirisiz ko’rsatishi ma’lum bir meyorda bo’lishi talab qilinadi, uning mazkur meyordan oshib ketishi bozor jarayonlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi, natijada ishlab chiqarish samaradorligini pasaytirishligi yoki ishlab chiqarish jarayonini to’xtab qolishga olib kelishligi mumkin. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017 yil 7-fevral PF-4947-sonli O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risidagi farmoniga ko’ra 2017-2021 yillarga muljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi”ni hayotimizga tadbiq etdi. Unda davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik, chegaralar dahlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy sarmoyalarini jalb etish ko’zda tutilgan. Harakatlar strategiyasi O’zbek xalqining rivojlanishida juda katta ro’l o’ynamoqda. Mamlakat iqtisodiyotini kuchaytirish, aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash borasida juda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi pandemiya sharoitida Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda va bugungi kundagi eng muhim masala quyidagi sanalgan aholi uchun birlamchi tovarlarni narxini adolatli belgilash va bu tovar narxini suniy ravishda oshib ketishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rish maqsadga muofiqdir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling