"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri i f. n., dots. E. A. Muminova
Bozor hokimyati sharoitida narxlashtirish hususiyatlari
Download 0.85 Mb.
|
2 5424797883897482664
Bozor hokimyati sharoitida narxlashtirish hususiyatlari.
Inson yashar ekan albatta kiyishlikka, yeyishlikka va ma’lum bir manoda tashqi muhitdagi axboratlarni olishga, insonlar bilan muloqat qilishga muhtoj hisoblanadi. Insonlar vaqt o’tgani sari tashqi muhitga moslanuvchan hisoblanadi sababini aytib o’tadigan bo’lsak bizdan avval yashaganlar ya’ni 18-19 asrlardagi insonlarni hayotiga nazar soladigan bo’lsak ularda deyarli xizmat ko’rsatish sohasi umuman amal qilnmagan undan avvalgi dastlabki asrlarga qaraydigan bo’lsak tayyor tovar tugul umuman tovar- maxsulotlarni ay’ri boshlash imkoni mavjud bo’lmagan albatta, ko’rib turganimizdek har-bir zamon iqtisodiyoti o’zida mavjud bo’lgan cheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib insonlarning cheksiz ortib boruvchi ehtioyojlarini qondirishni iqtisodiyotni bosh masalasi sifatida ko’rganlar. Demak ishlab chiqarilgan maxsulotlarni ehtiyoji bor insonlarga yetkazib berishga xizmat qiladigan narsa albatta bu- bozor hisoblanadi. Har bir davrdagi inson ehtiyojlari o’sha davrga qarab o’zgarib, rivojlanib borishini hisobga oladigan bo’lsak ishlab chiqarish ya’ni insonlarni cheksiz ortib boruvchi ehtiyojlarini to’laqonli qondirish uchun shu muhim hisoblangan tamoyillarga ko’ra ish;lab chiqarishni yo’lga qo’yadilar: 1.Nimani 2.Qanday
3.Kim uchun Nimani, qanday qilib va kim uchun ishlab chiqarish masalasi jamiyat oldida turgan eng asosiy iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Bugungi pandemiya sharoitida aholini qo’llab quvvatlash aholiga birlamchi kerak bo’ladigan tovarlar, dori-darmon vositalarni davlat narxida yetkazib berish, kam taminlangan oilalarga ko’maklashish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda va bu orqali tovarlarning narxlarini oshib ketishiga ma’lum darajada to’sqinlik qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirzeyoyevning koranavirus pandemioyasi sharoiti “ Korona virus pandemiyasi sharoitida O’zbekiston Respublikiasi Iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi 2020-yil 19-mart PF-5969- soniga binoan juda keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish; Respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish. Aholining ishsiz qatlamini ish bilan taminlash va ijtimoiy yordam ko’rsatish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Bozor - bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ko’rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bozor – insoniyat taraqiyotining buyuk yutuqlaridan biri bo’lib, uning rivojlanishi uzoq yo’lni bosib o’tgan: bu jarayon kichik – kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllardan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat va iqtisodiy subyektlar o’rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy mahsulotni yaratilishidan to uni iste’mol etishigacha bo’lgan davrni qamrab oladi.1 Bizga ma’lumki bozorning muhim elementi bu narx va uning darajasi bo’lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham tadbirkor uchun ham va uni sotib oladigan haridor uchun ham muhim xisoblanadi. Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik hususiyatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydi. Davlat doimo bozorni nazorat qiladi va tartibga solib turadi. Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldi-sotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldi sotdi yuritishga xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiy individual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulki erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyotida har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyotini harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iqtisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyotida boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqidan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotiga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir. Bozor iqtisodiyoti teng imkoniyatni bildiradi, ammo bu imkoniyatdan foydalanish kishilarda bir xil boʻlmaydi, har bir kishi ishlab topganiga qarab daromad koʻradi. Daromadning tabaqalashuvi boyishga havas uygʻotib, kishilarni iqtisodiy faollikka undaydi. Bozor iqtisodiyotida pul munosabatlari ustun boʻlsada, pul bilan bogʻliq boʻlmagan insoniy munosabatlar: mehr-shafqat va xayr-ehson munosabatlari ham rivoj topadi. Bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda katta xayriya pul fondlari muhtojlarga yordam berish ga xizmat qoidali va puldan pul chiqarib olishni koʻzlamaydi. Bozor iqtisodiyoti doimiy rivojlanib, uning yangi shakllari va modellari paydo boʻladi. Bozor iqtisodiyoti tizimda uning ham bir qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, oʻzlarining daromadlarini eng yuqori darajada etkazishga intiladi. Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uygʻunlashtiriladi. Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning koʻplab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud boʻladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega boʻladi. Shu sababli davlatning ro’li, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar oʻrnatishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga ikki xil yo'l bilan o'tiladi: revolyutsion (birdaniga) va evolyutsion (sekin asta). O’zbekiston Respublikasi ham mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotga o’tishning evolutsion (asta-sekin) yo’lini tanladi bu esa albatta o’zini oqladi va buni xorijiy mamlaktlar asosiysi xalqimiz qo’llab-quvvatladi. Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo‘ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa: - sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo‘lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta'sir qila olmaydilar; - bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan; - sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi; - bozor sub'yektlari bozor to‘g‘risida to‘liq axborot olish imkoniyatiga ega. Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi, shu sababli ulardan birortasi ham tovar narxiga ta'sir qilaolmaydi, narxni bozorning o‘zi talab va taklifga ko‘ra shakllantiradi. Sotuvchilar va xaridorlar bu narxni qabul qiladilar va shu narxga ko‘ra qancha mahsulot sotish kerak yoki qancha mahsulot sotib olish kerakligi bo‘yicha qaror qabul qiladilar.
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo‘lgani uchun ham u tovar narxini o‘zgartira olmaydi. Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko‘p. Raqobatlashgan bozorda biror sotuvchi o‘z tovari narxini kichik miqdorga oshirsa, u o‘zining barcha xaridorlaridan ajraladi, agar narxni kichik miqdorga kamaytirsa, u o‘ziga bozordagi barcha xaridorlarni tortadi. Tovarlar qiymati va ularning nafliligi о‘zlarining namoyon bо‘lishini narxda topadi. Amaliyotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni rag‘batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy naflilik» tushunchasining о‘zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi,qadr-qiymatga egaligini kо‘rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx о‘zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, balki har ikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma’lum miqdorini pul kо‘rinishida ifoda etadi. Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olinmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bо‘lmaydi. Chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafliligi (iste’mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi. Tovar egasi о‘z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma’lum darajada, iloji boricha kо‘proq foyda olishni ta’minlashi mumkin bо‘lgan qiymatni pul shaklida о‘zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulining har bir birligiga kо‘proq naflilikka (iste’mol qiymatiga) ega bо‘lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari tо‘g‘ri kelgan nuqtada, darajada narx о‘rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bо‘ladi. Bulardan xulosa ilib aytish mumkinki, narx – real bozor itisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliliginingpuldagi ifodasidir. 2 Bu yerda shuni yana bir bor ta’kidlash joizki, narxda alohida olingan ishlab chiaruvchilarning individual sarflari emas yoki alohida olingan individual shaxslarning psixologik jihatdan naflilikka bergan bahosi ham emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bо‘lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste’mol qiymat) о‘z ifodasini topadi. Tovarlar va xizmatlar uchun ilingan ijtimoiy sarflarning asosli ravishda о‘sishi yoki tovar va xizmatdagi sifat kо‘rsatkichlarining о‘sishi ushbu tovar narxining oshishiga olib keladi. Shuning uchun real hayotda turli tovarlar va xizmatlardagi ikki xil xususiyat о‘zgarishlari ularning hajmini hisoblashda ikki xil narxda hisobga olinadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling