Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xususiyatlari
Download 44.5 Kb.
|
16-mavzu. Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xus-fayllar.org
Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xususiyatlari Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xususiyatlari Mavzu rejasi:Turizm va mehmonxona xo’jaliklari iqtisodiyotida narxlarning o'rni. Narxlar tarkibining asosiy tarkibiy qismlari. Iqtisodiyotda narx funktsiyalari. Narx siyosatining asosiy yo'nalishlari. Narxlar strategiyasi: turlari, tanlovi. Turistik korxonalarda narxlarni belgilash. Tabaqalashtirilgan narx strategiyasi. Assortimentli narxlash strategiyasi, raqobatbardosh narxlash. Narx belgilashning marketing usullari. Narxlar uchun chegirmalarni belgilash, “Daromad va xarajatlar balansi” narx belgilash usuli, narx belgilashning parametrik usuli.Xizmatni sotish narxini hisoblash algoritmi. “Direct Costing” tizimi yordamida narxni aniqlash. Sayyohlik kompaniyasida narx belgilashning xususiyatlari..NarxNarx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligini puldagi ifodasidir. Narxda alohida olingan ishlab chiqaruvchilarning individual sarflari emas, balki jamiyat tomonidan tan olingan ijtimoiy sarflar va jamiyat uchun zarur bo’lgan miqdorda va sifatda yaratilgan va tan olingan ijtimoiy naflilik (iste‘mol qiymat) o’z ifodasini topadi.Narxning mazmuni, vazifalari va turlariTovarlar qiymati va ularning nafligi o’zlariniga namoyon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste‘molchilarni rag’batlantiruvchi, ularni harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. Tovarlarni xarid qilinishi jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatni ham tan olishni bildiradi. Narx o’zida faqatgina naflilik yoki sarflarning birini emas, alki harikkalasining bir vaqtda mavjudligini va ularning ma‘lum miqdorli pul ko’rinishda ifoda etadi. Tovarlarning ikki xil xususiyatlarning narxdagi ifodasini chizmada tasvirlash mumkin Nafliligi (iste‘mol qiymati) Ijtimoiy zaruriy sarflar (mehnat va moddiy) Qiymat Ijtimoiy nafligi Tovar Ijtimoiy qiymat Ijtimoiy naflilikning puldagi ifodasi Narx Ijtimoiy qiymatining puldagi ifodasi Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi, chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafligi (iste‘mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi.Tovardagi ikki xususiyat birdaniga tan olmasa, u pulda ifodalanmasa oldi-sotdi sodir bo’lmaydi, chunki tovarning qiymati tomonida sotuvchining manfaati, nafligi (iste‘mol qiymati) tomonida esa xaridorning manfaati yotadi.Tovar egasi o’z tovari uchun ketgan sarflarni qoplab, ma‘lum darajada, iloji boricha ko’proq foyda olishni ta‘minlashi mumkin o’lgan qiymatni pul shaklida o’zlashtirishga intilsa, xaridor iloji boricha sarf qilayotgan pulning har bir birligiga ko’proq naflilikka (iste‘mol qiymatiga) ega bo’lishga harakat qiladi. Ularning manfaatlari to’g’ri kelgan nuqtada, darajada narx o’rnatilib, tovar pul almashuvi, oldi-sotdi sodir bo’ladi.Tovardagi ikki xil xususiyatni ifodalovchi narxlarning mahsulot hajmini hisoblashda qo’llanishi Ijtimoiy nafliligi Yaratilgan tovarlar va xizmatlar Ijtimoiy qiymat O`zgarmas yoki qiyosiy narxlarda Yaratilgan tovarlar va xizmatlarni hisoblash Joriy, ya‘ni o`zgaruvchi narxlarda Real mahsulot, yaratilgan tovar va xizmatlar summasi Tovar va xizmatlarning puldagi ifodasi Nominal mahsulot, ya‘ni tovar va xizmatlarning joriy narxdagi qiymati Narxning mazmunini to’laroq tushunishda, uning darajasiga ta‘sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga egadir. Bulardan asosiylari qo’yidagilardan iborat:1. Qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari;2. Tovarning naflilik darajasi;3. Mazkur tovarga talab va taklif nisbati;4. Raqobat holati;5. Davlatning iqtisodiy siyosati;6. Pulning qadr-qiymati.Bu omillar ichida tovar qiymati va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo’lib xizmat qiladi.Narxning iqtisodiy mazmuni, uning vazifalari ko’rib chiqilganda yanada yaqqol namoyon bo’ladi. Narx qo’yidagi asosiy vazifalarni bajaradi: Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling