Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xususiyatlari
Download 44.5 Kb.
|
16-mavzu. Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xus-fayllar.org
O‘rtacha narxlar strategiyasi.Bu strategiya narxlarni xaridorlar tomonidan tovar qiymatini idrok etilishi darajasiga ko‘ra belgilashni ko‘zda tutadi, ya’ni narx tovarning haqiqiy qiymatiga mos ravishda belgilanadi.O‘rtacha narxlar strategiyasi bozorda bir-biriga o‘xshash, raqobatlashuvchi tovarlar ko‘pligi tufayli ko‘pchilik korxonalar uchun eng tipik strategiya hisoblanadi. Bu strategiya «narxlar urushi» imkonini istisno qiladi. Bunday strategiyani o‘zining bozordagi faoliyati uchun qulay iqlim barqarorligi va saqlanishidan manfaatdor va foyda olinishiga uzoq muddatli siyosat, deb qarovchi korxonalar ko‘proq qo‘llaydi.
O‘zgarmas narxlar strategiyasi. Bu strategiyada firma o‘z tovari narxini iloji boricha o‘zgartirmaslikka intiladi. Xarajatlar o‘sishi kuzatilgan holatlarda firma narxni oshirish tomonga qayta ko‘rib chiqish o‘rniga hamma o‘ram (upakovka)larni kamaytiradi, tovar tarkibini o‘zgartiradi va boshqalar. Shu bilan birga iste’molchi narx o‘sishining bunday o‘zgarishini afzal ko‘radi, deb faraz qilinadi. Bu strategiya narxning yashirin oshishini aks ettiradi. O‘zgaruvchan narxlar strategiyasi. O‘zgaruvchan narxlar ko‘proq bozorda, individual bitimlar tuzilganda, uchraydi. O‘zgaruvchan narxlar zargarlik, osori atiqa (antikvar) buyumlar sotiladigan do‘konlarda foydalaniladi. Imtiyozli narxlar strategiyasi.Bu strategiyaning mohiyati shundaki, sotuvchi (masalan universamda) eng xaridorgir tovarga me’yordagi bahosidan, hatto tannarxidan arzonroq narx belgilaydi. Savdo uchun bunday strategiyaning maqsadi – xaridorlarni ular ushbu arzon tovar bilan bir qatorda yana boshqa tovarlarni ham normal narxda sotib olish umidida do‘konga jalb etish, ishlab chiqaruvchilar uchun esa hamma assortiment guruhiga xaridorlar qiziqishini orttirish. http://fayllar.org Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling