Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xususiyatlari


Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?


Download 44.5 Kb.
bet3/6
Sana07.03.2023
Hajmi44.5 Kb.
#1247861
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
16-mavzu. Mehmonxona va turizm industriyasida narx belgilash xus-fayllar.org

Nima uchun tovar narxi uning sifatini o‘lchaydigan ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi?Bu quyidagilar bilan izohlanadi:Tajribalardan ma’lumki, yuqori narx tovar sifatini past narxga qaraganda ko‘proq kafolatlaydi.Narx xarid jarayonida iste’molchi uchun bir o‘lchovli ma’lum ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Mahsulot narx bilan solishtiriladi. Bir iste’mol ehtiyojini qondiruvchi bir necha firmaning mahsuloti xaridor tomonidan solishtiriladi, so‘ngra xarid haqida qarorlar qabul qilinadi.Tovar narxi sotuvchi orqali xaridorga yetib boradigan signal bo‘lib hisoblanadi. Reklamada tovar narxi ko‘rsatilmaydi.Narx nimaga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat) 5 ta asosiy funksiyani bajaradi:
bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi;
hisob-kitob, ulchov funksiyasi;
iqtisodiy regulyator funksiyasi;
raqobat vositasi funksiyasi;
ijtimoiy himoya funksiyasi.
Narxlarni quyidagi belgilar orqali turkumlash mumkin:
Savdo sohasi bilan bog‘liq narxlar turlari:
Ulgurji
Chakana
Xarid va boshqalar.
Boshqarish darajasi va usullari jihatidan farq qiluvchi hamda davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab narxlar:
Tartibga solinadigan (boshqarilib, o‘zgarib turadigan) narxlar
Erkin narxlar
Qat’iy belgilangan, tasdiqlangan narxlar
Narxning boshqa xillari
(masalan, bozor narxi, xalqaro narxlar va h.k.).
Erkin narxlar – bozorda shakllanuvchi, davlat bevosita ta’sir ko‘rsatmaydigan narxlar.Erkin narxlar–bu bozor konyunkturasini hisobga olib sotuvchilar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar.Ularga:Talab asosida shakllanadiganTaklif asosida shakllanadiganIshlab chiqarishda shakllanadigan narxlar kiradi.Narxning boshqa turlari
Jahon bahosi - tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
Monopol baho - monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho.
Transfert bahosi - bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa bo‘limlariga o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo xizmatiga yoki chet el savdo filialiga.
Harakatlanuvchi narx - shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd etilgan va ma’lum sharoitda o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra).
Sirpanuvchi narx - bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorla- nadigan mahsulotga belgilangan narx (masalan, kema). Shartnoma tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Auksion bahosi - bu auksionda sotilgan tovarning real bahosi. Auksion bu-tovarni raqobatli savdo yo‘li bilan sotish usuli. Sotib oluvchi auksion ishtirokchilaridan minimal narxga erishilganlik sharti bilan eng yuqori narxni taklif qilgan odam bo‘ladi. Auksionlarda momiq-mo‘ynali tovarlar, choy, qadimgi predmetlar, qimmatbaho toshlar va b.lar kabi tovarlar sotiladi.
Birja kotirovkalari -bu tovar birjalarida tuziladigan shartnomalar baholari. Ushbu bozor tovarni hozir kelishilgan narxda olish-sotishni, biroq uni ma’lum paytda yetkazib berishni ko‘zda tutadi.
Baho siyosatini ishlab chiqishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:xarajatlar, talab, raqiblar narxi, narx belgilashdan ko‘zlangan maqsadlar, narxlarni boshqarish bo‘yicha davlat tadbirlari.
Umuman olganda narx maqsadlari uch sohaga nisbatan qo‘llaniladi:
tovar aylanmasi hajmini aniqlash;maksimal foyda olish;raqobat sohalari.
Download 44.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling