"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri i f. n., dots. E. A. Muminova


-rasm Narxlar diversifikatsiyalanmagandagi foydani


Download 0.85 Mb.
bet12/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#189414
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
2 5424797883897482664

3.1-rasm Narxlar diversifikatsiyalanmagandagi foydani

ifodalovchi grafik

Buning uchun umumiy ishlab chiqarilgan va sotilgan tovar hajmi Qm ning har bir qo`shimcha ishlab chiqarilgan va sotilgan birlik mahsulotdan olinadigan qo`shimcha foydani qo`shib chiqamiz. Bu qo`shimcha foyda har bir birlik mahsulot uchun MRMC ga teng. Ushbu chekli daromad MR birinchi mahsulot uchun maksimal bo`lib, uning chekli xarajati MC eng minimaldir. Keyingi har bir qo`shimcha mahsulot uchun chekli daromad kamayib boradi, chekli xarajat esa ortib boradi. Firmaning ishlab chiqarish hajmi Qm ga teng bo`lganda oxirgi Qm –mahsulotdan olinadigan foyda Qm MR MC 0 bo`ladi va MR MC. Qm hajmdan ko`p ishlab chiqarilgan har qanday mahsulot hajmidagi chekli xarajat uning chekli daromadidan yuqori bo`ladi va bu firma foydasini kamaytiradi. Umumiy foyda har bir sotilgan mahsulotdan tushadigan foydalarning yig`indisiga teng. Rasmda umumiy foyda chekli daromad chizig`i bilan chekli xarajat o`rtasidagi (NDF) shtirxlangan yuza bilan ifodalangan. Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalanadi deylik. U mahsulot narxini har bir xaridor uchun u to`lashi mumkin bo`lgan maksimal darajada qilib belgilaydi va natijada chekli daromad chizig`i firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi bilan bog`liq bo`lmay qoladi. Har bir birlik qo`shimcha mahsulotni sotishdan tushadigan qo`shimcha foyda tovarga to`lanadigan narxga bog`liq funktsiya bo`lib, chekli daromad chizig`i talab chizig`i bilan ustma-ust tushadi

D MR(3.1-rasm).

Iste′molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi yordamida davlatning iqtisodiy siyosatini baholash mumkin. Faraz qilaylik, tovarga davlat tomonidan maksimal narx Pmax o`rnatildi deylik, ya′ni Pmax < Pe (Pe muvozanat narx). Maksimal narx o`rnatilganda bir qator ishlab chiqaruvchilar (xarajatlarini maksimal narxda qoplay olmagani uchun) bozordan siqib chiqariladi va ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi Qe dan Q1 gacha kamayadi. Tovarni sotib olishni davom ettirayotgan iste′molchilar tovarni past narxda sotib oladilar va ularning iste`mol ortiqchaligi oshadi. Ushbu oshgan ortiqchalik grafikda qo`sh-shtrixlangan A to`rtburchak yuzi bilan ifodalangan. Lekin bir qator iste′molchilar tovar hajmi qisqargani uchun uni sotib ololmaydilar. Ularning iste`mol ortiqchaligining qisqarganligi shtrixlangan B uchburchak yuziga teng. Demak, iste′molchi ortiqchaligining sof o`zgarishini quyidagicha aniqlash mumkin: bu yerda, -iste′molchi ortiqchaligining sof o`zgarishi. ▲ist.=A-B (1), bu yerda ▲ist istemolchi ortiqchaligigning sof o’zgarishi



Rasmdan ko`rinib turibdiki, A>B bo`lgani uchun sof iste′molchi ortiqchaligi musbat ▲ist > o. Endi ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini qaraymiz. Bozorda qolib ishlab chiqarishni davom ettirayotgan ishlab chiqaruvchilar bozor narxidan past narxda Q1 hajmda mahsulot ishlab chiqaradi. Ishlab chiqaruvchilar grafikda ko`rsatilgan A to`rtburchak yuziga teng bo`lgan iste′molchi ortiqchaligini yo`qotadilar.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling