Микроиктисодиёт


Download 392.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana20.06.2023
Hajmi392.83 Kb.
#1627270
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish



XIX Bob. KORXONALAR FAOLIYATINI DAVLAT
TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH
1 .1. Iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Tovarga narx bozor tomonidan o'rnatiladigan raqobatlashgan
bozorda tovarni ishlab chiqaruvchilar bozor narxida (muvozanat narxida)
sotadi, shu bozor narxida iste'molchilar tovarni sotib oladi. 
Lekin, ayrim iste'molchilar uchun tovarning qiymati uning bozor
narxidan ko'ra yuqoriroq. Shuning uchun ham u tovarni bozor narxidan
yuqoriroq narxda ham sotib olishi mumkin.
Iste'molchi ortiqchaligi  - iste'molchi tomonidan tovarga to'lashi
mumkin bo'lgan maksimal narx bilan tovarning haqiqiy narxi o'rtasidagi
farqni bildiradi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, iste'molchining tovar
uchun berishi mumkin bo'lgan maksimal narxdan tovarni sotib olishda
to'lanadigan haqiqiy narxning ayirmasiga teng. 
Iste'molchi
ortiqchaligi
(qo'shimcha
naf) alohida
insonning
qanchalik o'rtacha yaxshi yashayotganligini ko'rsatadi.
Iste'molchining umumiy ortiqchaligi bu talab chizig'i bilan bozor
narxi chizig'i o'rtasida joylashgan soha (1 .1-rasmda shtrixlangan soha).
1 .1-rasm. Iste'molchi ortiqchaligi
Iste'molchi ortiqchaligi barcha iste'molchilarning umumiy sof nafini 
o'lchashga yordam beradi va u yordamida biz bozorni davlat tomonidan
muvofiqlashtirilishi samaradorligini, iste'molchi ortiqchaligini umumiy
natijasining o'zgarishini o'lchash asosida aniqlashimiz mumkin.
 
 
 
 

1



Misol.  Faraz qilaylik bir dona apelsinning bozor narxi 500 so'm
deylik, lekin iste'molchi ushbu bir dona apelsin uchun 1000 so'm berishga
tayyor, ya'ni apelsinning iste'molchi uchun qiymati 1000 so'mga teng. 
Iste'molchi ushbu bir dona apelsinni bozor narxida, ya'ni 500 so'mga
oladi va u iqtisod qilgan 1000-500 so'm iste'molchi ortiqchaligini
bildiradi, iste'molchi qo'shimcha 500 so'mlik naf oladi (
.2-rasm).
Iste'molchi ikkinchi apelsinni ham sotib oladi, nima uchun deganda,
u ikkinchi apelsin uchun berishi mumkin bo'lgan maksimal narx 900 so'm,
iste'molchi ortiqchaligi 400 so'mga teng. Xuddi shunday davom etsak 4-
apelsin uchun iste'molchi ortiqchaligi 1 so'mga teng, beshinchi apelsinni
sotib olishga iste'molchi befarq qaraydi, nima uchun deganda u
iste'molchining umumiy ortiqchaligini oshirmaydi.
Shunday qilib,
iste'molchining iste'molchi oriqchaligi
500+400+300+200+100=1500
so'mga teng. Iste'molchining sarfi 2500 ga teng. 

Download 392.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling