"Iqtisodiyot" kafedrasi mudiri i f. n., dots. E. A. Muminova


Istemolchi va tovarlarning kategoriyalariga ko’ra narx belgilash


Download 0.85 Mb.
bet14/18
Sana02.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#189414
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2 5424797883897482664

4. Istemolchi va tovarlarning kategoriyalariga ko’ra narx belgilash.

Istemolchi va tovarlarning kategoriyasiga ko’ra narx belgilash bu – narx belgilashning eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi, sababi istemolchilar turlicha fikrlaydigan, turlicha dunyo-qarashga ega, turlicha din, millat va elat vakili, turli davlatda isteqomat qiladigasn, turli yoshdagi, turli jinsli erkak yoki ayol bo’lishligiga va boshqa farqlarga qarab tavarlarning naflilik yoki moddiy qiymati belgilanadi. Itemolchi bir tovar sotib olishida albatta o’zining manfaatini ko’zlab o’z ehtiyojlarini to’liq qoplay oladigan dinu-millatiga to’g’ri keladigan tovarlarni sotib olishga undaydi albatta, shu sababli ishlab chiqaruvchi quyidagi ko’rib o’tilgan talablarni e’tiborga olgan holda tovarlarni ishlab chiqishni, va bugungi Bozor iqtisodiyotini talabiga javob beradigan talablarga mos holda ishlab chiqishligi, asosiysi ushbu tovarini reklama qilisjga qo’shimcha e’tibor qaratishi lozim sababi insonlar tobora ijtimoiy hayotga, svilizatsiyaga, rivojlanishga qarab ketar ekan tovarning sotilishining asosiy vositasi bu reklama bo’lib qolishligi ayon bo’lib bormoqda. Tovarlarning kategoriyalarining umumiy qilib aytganda: 1)oziq-ovqat tovarlari, 2)kiyim-kechak tovarlari 3) dori maxsulotlari 4) texnika buyumlari turkumlariga ajratishimiz mumkin.

Bugungi pandemiya sharoitida xalqimiz juda qiyin sinovlarni boshidan kechirmoqda, yurtimiz balki butun dunyoni xavotirga solgan bu virus insonlarga juda katta qiyinchiliklar olib keldi desam adashmagan bo’laman. Yurtboshimizning oqilon qarorlari davlat hokimyati a’zolarining sarosimaga tushmaganliklari oliyjanob xalqimizning qilgan saxovatlari iola shunday qiyinchilik pandemiya sharoitidan chiqishlikka sazovor bo’lmoqdamiz. Davlatimizdagi birlamchi tovar narxlarini dastlab bir meyorda ushlab tura olmaganligimiz xalqimizni vahimaga solib qo’ydi keyinchalik esa birlamchi tovarlarni ya’ni oziq-ovqat, dori-darmon vositalarini xalqimizga yordam sifatida berilishi oliyjanob ish bo’ldi albatta. Men shuni bildimki tovar narxini ko’tarilishiga ba’zi omillar kuchli ta’sir qilar ekan sababi ozgina insonlarda shu tovarga bo’lgan ehtiyoj ortsa u tovarni narxi ko’tarilishi tabiiy hol albatta lekin raqobatlashgan bozor iqtisodiyotida buni cheklovchi omillar mavjud.

Istemolchilarning kategoriyalariga ko’ra tovarlarning narxi ham turlicha bo’ladi. Sababi istemolchilarning daromad manbai turlicha bo’lganligi, ularning turlicha fikrlashi, ehtiyojlari ham turli tovarlarga bo’lganligi. Istemolchilarning boy va qambag’al qatlamini ko’rib chiqadigan bo’lsak ularning ehtiyoji ham turlicha bo’lishi mumkin sababi boy istemolchilarning hohishidagi tovarlarning to’ldiruvchisi mavjud bo’lib u avvalgi tovarga ko’ra arzonoq bo’lganligi uchun qambag’al qatlam shu tovarni xarid qiladilar. Bu tovarlarning deyarli funksiyalari naflilik darajasi bir xil bo’lishligi mumkin ammo dizayn jihatdan bir-biridan tamoman farq qiladilar. Shu sababli tovarlarni o’rinbosar va to’ldiruvchi variantlari mavjud bo’lishi ijobiy va albatta narxning turlicha bo’lishiga sababchidir.

Tovarning vazifalari juda ko’p bo’lib uning asosiy fazifalari quyidagilar: a) ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiy buyum shaklidagi har qanday mahsuloti; b) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. Tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. Tovar faqat moddiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. Tovar shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda tovarning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.

Tovarlarning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. T.ning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.

Narx shakllanishi - tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxning bir qator omillar taʼsirida yuzaga kelishi jarayoni. Umumiy maʼnoda — narx shakllanishiga davlat organlari (soliq, kredit va iqtisodiy siyosatning boshqa koʻrinishlari orqali) hamda iqtisodiy fa-oliyat subʼyektlarining oʻzlari taʼsir koʻrsatadi. Tor maʼnoda — firmalarning oʻz narx strategiyasini ishlab chiqishi. Narx shakllanishining 3 asosiy — erkin, maʼmuriy va aralash tiplari mavjud. Erkin narx shakllanishi talab va taklif asosida yuzaga keladi. Barcha tovarlar va xizmatlar narxlarining bevosita maʼmuriy belgilanishi maʼmuriy, erkin va maʼmuriy narx shakllanishining turli nisbatlarda qoʻllanilishi aralash narx shakllanishi deb yuritiladi. Narx shakllanishi jarayoni tovar ishlab chiqaruvchi firmadan boshlanib, bozor narxi oʻrnatilgach, tugallanadi.

Narx shakllanishining bozor real sharoitiga asoslangan 5 asosiy qoidasi mavjud; harajatlarni qoplash qoidasi — narx darajasi tovarlar sotilganda firmaning tovarlarni ishlab chiqarish va sotish harajatlari toʻla qoplanib, tadbirkorga minimal foydani taʼminlashi kerak. Agar bu qoida amal qilmasa, firma zarar koʻradi yoki tadbirkor xech bir daromad olmay oʻz ishini toʻxtatadi. Harajatlarni qoplash zarurati narxning eng quyi chegarasini belgilaydi va narxning bundan past boʻlishi iqtisodiyot uchun maqbul emas; foydani maksimallashtirish qoidasi — narx oʻrtacha harajatlardan yuqori qilib belgilanishi, tovar shu narx bilan sotilganda iqtisodiy foyda olinishi kerak. Firma oʻz tovariga narx qoʻyganda foydani maksimallashtirishni moʻljallaydi. Foydani maksimallashtiruvchi narx, odatda, monopollashgan bozorda amal qiladi; raqobatda yengish qoidasi —belgilangan narx darajasi haridorlarni oʻziga ogʻdirib, raqibni bozordan siqib chiqarish imkonini berishi zarur. Buning uchun oddiy tovarlar narxi vak,-tincha past belgilanadi, foyda kamayadi, lekin yoʻqotilgan foyda raqobatda yengish uchun xizmat qiladi. Mazkur qoida nufuzli tovarlar narxini yuqoriroq belgilanishini bildiradi, chunki ularning haridorlari puldor tabaqa hisoblanadi; peshqadamlik qoidasi — turdosh (oʻrinbosar), yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar narxi peshqadam firma belgilagan narxga binoan shakllanadi. Boshqa firmalar narxni peshqadam narxini moʻljalga olib unga yaqin qilib belgilaydi. Bu qoida odatda oligopoliya bozorida amal qiladi. Bunday bozorda firmalar ozchilik boʻlib narxlarni bir-biriga yaqin belgilagan holda, asosan, sifat va servis bilan raqobatlashadi.

Narx quyi va yuqori chegara oraligʻida shakllanadi. Agar quyi chegarani harajatlarni qoplash zarurati belgilasa, yuqori chegarani isteʼmolchilarning harid qobiliyati belgilaydi. Narx yuqori chegaradan chiqib ketsa haridorlarning puli yetmay, tovarlar sotilmaydi, quyi chegaradan past boʻlsa firmalar zararga uchrab, yopilib ketadi. Narx shakllanishining eng muhim talabi uning bozor sharoitiga moslanishi va oʻzgaruvchan boʻlishidir. Narx belgilashga davlatning aralashuvi bozor qoidalariga zid. Shu sababli davlat bozor narxlarini erkinlashtirib, bozor qoidasidan tashqarida yuzaga keladigan monopol narxlarni chegaralab turadi.

O’zbekiston Respublikasi davlat qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra 2020-yil yanvar-sentabr oylaridagi narxlar indeksi bo’yicha quyidagi ko’rsatkichlar kuzatildi:



2020-yilning yanvar-sentabr oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o’rtacha 6.3%ga ko’tarilgan. 2019-yilning yanvar-sentagr oylarida Tovar va xizmatlar xizmatlar o’rtacha 9.7%ga ko’tarilgan. Yillik xisobda esa 2019-yilning yanvar-sentabriga nisbatan tovar va xizmatlar narxlarining o’rtacha o’sish surati 11.7%ni tashkil etdi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling