Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Monopol bozorlar va ularning xususiyatlari Bajardi
Monopoliya xaqida tushincha va uning turlari
Download 147.9 Kb.
|
1.Monopoliya xaqida tushincha va uning turlari
Monopoliya (yun. Mono — tanho, poleo — sotaman) — iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan fa-oliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. M. Ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. M. Koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorgatanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. M. Oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarish da turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. M. Bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar mono-poliyaga qarshi choratadbirlarni koʻradilar. M.ning asosiy shakllari — kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi.[1] Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning toʻplanishi ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda toʻplanishini namoyon etadi. Monopolistik raqobat bozori oʻzining baʼzi bir xususiyatlari bilan mukammal raqobatlashgan bozorga oʻxshaydi. Bu yerda ham harakat qiluvchi firmalar koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishi cheklanmagan. Lekin bu mukammal raqobatlashgan bozordan farq qiladi. Farq shundan iboratki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot differensiallashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, bezagi, tarkibi va sotuv markasi obroʻyi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni standartlashtirilmaganligi tushuniladi. Har bir firma oʻzining tovar markasini ishlab chiqarish boʻyicha monopol hisoblanadi va u bozorda maʼlum darajada monopol hokimiyatga ega boʻladi. Firmaning monopol hokimiyati uning mahsulotining boshqa firmalar mahsulotidan qanchalik farq qilishga bogʻliq. Masalan, tish yuvish pastalari monopol raqobat bozorida sotiladigan «kolgeyt», «pepsodend» va «lesnoy balzam» pastalari birbiridan qadoqlanishi, bezagi, davolash xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Monopol raqobat bozorga misol sifatida tish yuvish Pastasi, kir yuvish paroshogi, xar-xil chanqov bosdi ichimliklari bozorlarini, kiyim-kechak bozorini keltirish mumkin. Monopolistik raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning koʻpligi ularni oʻzaro maxfiy ravishda kelishuvi mumkin emasligini bildiradi. Har bir firma tavakkalchilikni boʻyniga olgan holda oʻzi harakat qiladi va oʻzining narx siyosatini belgilashda boshqa firmalarning harakatini eʼtiborga olmaydi. Boshqa raqobatlashuvchi firmalar qanday harakat qiladi qanday narx siyosatini amalga oshiradi. Bu kabilarni oldindan koʻra bilish amalda mumkin ham emas. Tovarlarni differensiallashuvi nafaqat ularning sifatidagi farqlarga, bezagiga bogʻliq, balki ularni sotishda koʻrsatiladigan hizmatlarga ham bogʻliqdir. Isteʼmolchilarni u yoki bu tovarni tanlashiga tovarni yaxshi qadoqlanishi, doʻkonning oʻngʻay joylashuvi va ishlash rejimi, xaridorlarga yaxshi hizmat koʻrsatilishi sabab boʻlishi mumkin. Yuqoridagilar kichik magazinlarga, sartaroshxonalarga, benzin quyuvchi shoxobchalarga ham toʻliq tegishlidir. Raqobatlashgan monopol bozor quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi: birinchidan, firmalar differensiallashgan, bir-birini oʻrnini bosish normasi yuqori boʻlgan, mahsulotlarini sotadi va bir-biri bilan raqobatlashadi. (boshqacha aytganda bunday tovarlarning narxga koʻra elastikligi yuqori, lekin cheksiz emas). Ikkinchidan, bozorga yangi firmalarni oʻz markasi bilan kirishi va undan faoliyat koʻrsatayotgan firmalarni chiqishi cheklanmagan. Agar firmalarning mahsulotiga talab yetarli darajada boʻlmay qolsa ular bozordan toʻsiqsiz chiqishi mumkin. Raqobatlashgan monopol bozorning oʻziga xos xususiyatini poyafzal va avtomobil bozorini taqqoslaganda koʻrish mumkin. Poyafzal bozori raqobatlashgan monopol boʻlsa yengil avtomobil bozori oligopolik bozor sifatida xarakterlanadi. Agar, poyafzal bozorida foyda yuqori boʻlsa, boshqafirmalar yangi poyafzal ishlab chiqarish oʻz markasi bilan bozorga kirish uchun kerakli boʻlgan mablagʻni sarflashi ular uchun katta qiyinchilik tugʻdirmaydi. Avtomobil bozoridagi avtomobillar ham differensiyallashgan (yaʼni uning turlari koʻp). Lekin, bu bozorga yangi firmalarning kirib kelishiga masshtab samarasi katta qiyinchilik tugʻdiradi. Nima uchun deganda samarali miqdordagi avtomobillarni ishlab chiqarish uchun juda katta mablagʻ talab qilinadi. Uchinchidan, bozorda nisbatan katta miqdordagi firmalar faoliyat koʻrsatadi va ularning har biri sotiladigan umumiy turdagi tovarga boʻlgan bozor talabining maʼlum darajadagi ulushini qanoatlantiradi. Toʻrtinchidan, firmalar oʻz mahsulotlariga narx belgilashda va sotish hajmini aniqlashda raqiblarining aks harakatlarini eʼtiborga olmaydilar. Masalan, biror sotuvchi oʻz mahsuloti narxini 20 % ga tushursa uning mahsulot sotish hajmi oshadi va oshish alohida bir firma hisobidan emas, balki koʻp firma hisobidan sotiladi, lekin bu siyosatning boshqa bir raqib firmaning bozordagi ulushini keskin qisqartirib yuborishi ehtimoli nihoyatda kichikdir. Shuning uchun ham raqobatchi firmalar birinchi firmaning narx siyosatiga nisbatan biror chora koʻrmaydi va bu siyosat kuchli taʼsir qilmaydi. Raqobatlashgan monopolistik bozoridagi talab chizigʻi elastikligi raqobatlashgan bozordagi talab chizigʻi elastikligidan pastroq, ammo sof monopoliyadagi talab chizigʻi elastikligidan yuqoriroq boʻladi. Raqobatlashgan monopolistik bozorda talab chizigʻining elastiklik darajasi raqobatchilar soniga va mahsulotning turlari soniga bogʻliq. Raqobatchilar va mahsulot turlari qancha koʻp boʻlsa, talab chizigʻining elastiklik darajasi shuncha yuqori boʻladi. Monopol raqobat bozorida ham mukammal raqobatlashgan bozor kabi firmalarning kirishi va chiqishi cheklanmagan. Monopol raqobat bozorida harakat qilayotgan firmalarning iqtisodiy foyda olishi, raqobatlashuvchi tovar markalari 261 bilan boshqa firmalarni bozorga kirib kelishiga sabab boʻladi, natijada firmalarning iqtisodiy foydasi nolgacha pasayadi. Qisqa va uzoq muddatli oraliqlarda monopol raqobatlashgan firmada muvozanat narx va mahsulot hajmi qanday oʻrnatilishini koʻrib chiqamiz. Quyidagi 13.1-rasmda raqobatlashgan monopol firmaning qisqa muddatli muvozanat holati tasvirlangan. Firma mahsuloti boshqa firmalar mahsulotidan farq qilgani uchun uning talab chizigʻi dr pastga yotiq yoʻnalgan. Bu yerda dr firma uchun talab chizigʻidir, bozor talab chizigʻi bundan farq qiladi. Monopol raqobatlashgan bozorda firmaning qisqa muddatli muvozanati Firma foydasini maksimallashtiruvchi mahsulot ishlab chiqarish hajmi chekli xarajat mc va chekli daromad mr chiziqlarining kesishgan nuqtasi orqali aniqlanadi va u qsr ga teng. Muvozanat narx psr firmaning talab chizigʻi orqali topiladi. Muvozanat narx oʻrtacha xarajatdan katta boʻlgani uchun firma iqtisodiy foyda oladi va bu foyda rasmda shtrixlangan toʻrtburchak orqali dasturlangan. Firmaning qisqa muddatli oraliqda oladigan iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqda mcbozorga boshqa firmalarni kirib kelishga undaydi va ular kirib kela boshlaydi. Boshqa tomondan firmaning oʻzi ham yanada koʻproq foyda olish uchun ishlab chiqarishni kengaytirishga harakat qiladi. Shunday qilib bozorga yangi firmalarni kirib kelishi va oʻz markalari ostida firma mahsulotiga oʻxshash yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishi va taklif qilishi natijasida bozorda taklif ortadi, tovar narxi pasayadi, mazkur firmaning bozordagi ulushi kamayib boradi. Uning talab chizigʻi pastga qarab siljiydi (2-rasm). (agar, firmaning xarajatlari uzoq muddatli oraliqda oʻzgarsa ac va mc chiziqlari hamda chekli daromad mr chiziqlari ham pastga siljiydi). Mahsulot sotish boʻyicha raqobatlashuvchi firmalarni ortib borishi bozorda oʻrindosh tovarlar sonini ortishiga olib keladi. Bu oʻz navbatida har firma mahsulotiga boʻlgan talabni oʻrnatilgan narxga koʻra elastikroq boʻlishiga olib keladi. Yangi firmalarni bozorga kirib kelishi iqtisodiy foyda olish mumkin boʻlmay qolguniga qadar davom etadi Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ — yagona, bitta va „poleo“ — sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari. Download 147.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling