Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “ Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi mavzu: Ishchi kuchi va ishsizlik Bajardi: Moliya


Download 111.29 Kb.
bet7/17
Sana02.01.2022
Hajmi111.29 Kb.
#197644
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
2 5195338388525287799

Birinchidan, bu tushuncha iqtisodiyot har doim ishsizlikni tabiiy darajasida amal qilishi va shu orqali o’zining ishlab chiqarish imkoniyatini ro’yobga chiqarishini bildirmaydi. Chunki, ko’pincha ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ortiq, ayrim hollarda, masalan, ish vaqtidan ortiqcha ishlash va o’rindoshlik ishlarida band bo’lish natijasida tabiiy darajadan past ham bo’lishi mumkin.

Ikkinchidan, ishsizlikning tabiiy darajasi o’z-o’zicha doimiy miqdor hisoblanishi shart emas, u tarkibiy o’zgarishlar (qonunlar va jamiyat urf-odatlaridagi o’zgarishlar) oqibatida o’zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSHda ishsizlikning tabiiy darajasi dastlab XX asr 60-yillarining o’rtalarida 4,5% dеb bеlgilangan bo’lsa, 70-yillarning boshiga kеlib 5,5%, 80-yillarning boshida esa 6% gacha o’sdi.

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida hisoblanadi.

Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ham hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki ishsizlikning o’zi haddan tashqari yuqori darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni kеltirib chiqaradi.




Download 111.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling