Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu


Download 0.58 Mb.
bet10/16
Sana15.08.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1667404
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
KURS ISHI

Xavri Leybenstayn monopoliyada samaradorlikni oshiruvchi stimul yo’qligini ta’kidlaydi.

  • Richard Pozdner esa monopolist monopol hokimiyatini ushlab qolish uchun qo’shimcha keraksiz sarf-xarajatlar qilishini va bu xarajatlar odatda iste’molchining zimmasiga tushishini, hamda natijada bu aholi daromadlarining kamayishiga olib kelishini aytib o’tgan.



    2. O’zbekistondagi monopol tashkilotlar faoliyati tahlili.
    O’zbekiston hududidagi monopol tashkilotlar deganda ko’z oldimizga, “UzAuto Motors” AJ, “Uzbekistan Airways” AJ, “O’ztransgaz” AJ, “Kvarts” AJ “O‘zbektiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ kabilar keladi. Ushbu tashkilotlarning hozirgi kundagi faoliyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
    UzAuto Motors” AJ 1993 yil O’zavtosanoat va Janubiy Koreaning Daewoo motors kompaniyalari hamkorligida tashkil qilingan. Avtomobil ishlab chiqarish 1996 yildan boshlangan. 1996-2008-yillarda “UzDaewoo Motors”, 2008-2019-yillar oraligída “GM Uzbekistan” va 2019 yildan boshlab “UzAuto Motors” deb nomlandi. Asosiy ishlab chiqarish zavodi Andijon viloyatining Asaka shahrida joylashgan, yillik ishlab chiqarish hajmi yiliga 200 000 avtomobilni tashkil qiladi. Hozirgi kunda bu kompaniya “Ravon” va “Chevrolet” brendlari ostida “Nexia”, “Spark”, “Gentra”, “Cobalt”, “Malibu”, “Tracker”, “Traverse”, “Equinox” kabi avtomobillarni O’zbekiston va bir qancha MDH mamlakatlari bozorlari uchun ishlab chiqarmoqda. 9
    Asaka shahrida joylashgan zavodda “Matiz”, “Gentra”, “Nexia”, “Cobalt” avtomobillari ishlab chiqarilsa, Toshkentda “Malibu”, “Malibu 2” va “Captiva”, Xorazm viloyati Pitnak shahrida “Damas”, “Labo” avtomobillari ishlab chiqariladi. Bu kompaniya 1996 yildan o’z faoliyatini boshlagani bilan, hali 100% mustaqil avtomobil ishlab chiqarishga o’tgani yo’q. Hozirgi kundagi lokalizatsiya (mahalliylashtirish) darajasi umumiy miqdorda 40 % ni tashkil qiladi.10 Lokalizatsiya darajasini ko’tarish maqsadida yildan yilga islohotlar amalga oshirilayapti. Ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan avtomobillar narxlari­- “Spark”-7000$, “Cobalt”- 9000-10000$, “Malibu 2”- 30-32 000$, “Trailblazer”- 40000$, “Tahoe”- 80000$ va hokazo.11 Amerika va boshqa mamlakatlar bozorlarida esa ularning narxlari deyarli ikki baravar kamni tashkil qiladi.

    Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling