Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi ” fanidan kurs ishi mavzu
Monopol bozorlarning asosiy iqtisodiy muammolari
Download 0.58 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun chiqarish
3. Monopol bozorlarning asosiy iqtisodiy muammolari.
Davlat bozor mexanizmlarini ishlashi uchun sharoitni yaratadigan institutdir. Bozor iqtisodiyotining asosi xususiy mulk bo’lganligi uchun davlat, birinchi navbatda xususiy mulkning daxlsizligini ta`minlab berishi kerak. Xususiy mulk kafolatlanmasa bozor samarali ishlay olmaydi. Davlat mikro darajada bozor muvozanatiga soliqlar, kvotalar, dotatsiya, subsidiyalar bilan ta`sir qiladi. Davlatning mikrodarajada aralashuvi odatda zararga olib keladi. Ammo bu ishni amalga oshirish uchun quyidagi sabablar mavjud: tashqi omillar…. (siyosiy, harbiy va boshqalar ham); ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish zarurati; v) vaqt utishi bilan raqobat susayib monopoliyaga olib kelish xavfi; g) informatsiyaning to’liq bo’lmaganligi; Demak, mana shular mikrodarajada davlatning iqtisodiyotga aralashuvini talab qiladi. Biroq, davlat asosan mikromuammolarni xal qilish uchun zarur. Shuning uchun asosiy e`tiborni davlatning makroiqtisodiyotdagi roli va vazifalariga tuxtalamiz. Iqtisodiyotni tartibga solishda iyerarxiya shaklida tashkil topgan hukumatning 3 tarmog’i – ijro etuvchi (prezident apparati), qonun chiqaruvchi (Oliy majlis) va sud (konstitutsion sud, prokuratura, adliya tizimi) katta rol o’ynaydi. Bundan tashqari, pul muomalasini tartibga kiritishda O’zbekiston markaziy bankining o’z o`rni ham bor. Xozirgi O’zbekistonda sovet davlati sarqiti sifatida oldingi vazirliklar va ularning o`rinlarida tuzilgan tarmoq korporatsiyalarining roli ham ancha kattadir. Davlatning iqtisodiy siyosatini hayotga tadbiq qilishda viloyat va tuman hokimiyatlari ham faol qatnashadilar. Keyingi yillarda tadbirkorlarning tug’ilib kelayotgan uyushmalari ham bu jarayonda qatnashmoqdalar. Davlatning roli va funksiyalari iqtisodiyot o`zgarib borishi bilan o`zgarib boradi. O’rta asrlarda siyosiy, diniy, harbiy vazifalar birinchi darajali ahamiyat kasb etgan. Sof raqobat sharoitida davlatning funksiyasi faqat xususiy mulk va bozor mexanizmining ishlashga sharoit yaratishdan iborat bo’lgan. Totalitar iqtisodiyotda davlatning jamiyatda o`rni, roli tubdan o`zgaradi. U butun iqtisodiyotning asosiy richaglarini o’z qo’liga olishga harakat qiladi. U korxonaning ichki ishlariga nafaqat aralashadi, balki o’z qo’liga olib boshqaradi, nazorat qiladi va xatto rejalashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida u tubdan o`zgaradi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning roli sof raqobat yoki monopolistik kapitalizm davridan ancha murakkablashgan. Hozirgi zamon hukumatning maqsadini 3 so’z bilan ifodalash mumkin: a) rag`batlantirish; b) barqarorlashtirish; v) adolatni ta`minlash. Shu maqsadga erishish uchun davlatning funksiyasi kelib chiqadi: Qonun chiqarish. Avvalambor, bozor normal ishlashi uchun huquqiy bazani yaratish zarur. Buning uchun xo’jalik birliklarini o’zlarini tutishlarini belgilovchi qonuniy aktlar qabul qilish kerak. Boshqacha aytganda, ularga o’yin qoidalarini ishlab chiqish kerak va ularni buzadigan, rioya qilmaydiganlarni jazolash yo’llarini ishlab chiqish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, davlat faqat o’yin qoidalarini belgilaydi, u o’yinga ko’p aralashsa o’yin buziladi. Davlat rivojlanishga tormoz bo’lishi mumkin yoki bozorni jadal sur`atda o`sishga yo’l ochib berishi mumkin. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling