Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Download 223.48 Kb.
bet9/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Me’yoriy naflilik. Naf umumiy hamda me’yoriy nafga bo’linadi. Umumiy naf deb, ma’lum tovar yoki xizmatlar birligi to’plamini iste’mol qilishdan olinadigan qoniqishga aytiladi. Me’yoriy naf esa iste’molchining tovar yoki xizmatning qo’shimcha birligidan ko’rgan nafi, ya’ni umumiy nafga qo’shilgan nafni bildiradi.

Iqtisodiy nazariyada marjinalizm maktabi naflilikka alohida diqqat-e’tibor qaratadi. Me’yoriy naflilik qanday o’lchanadi va taqqoslanadi. Uning umumiy o’lchovi bormi? Ana shu savollarga javobga ko’ra me’yoriy naflilik nazariyasi tarafdorlari ikki yo’nalishga bo’linadi: kardinalistik va ordinalistik.

Kardinalistlar U. Jevons, D. Robertson va boshqalar me’yoriy naflilikni absolyut miqdorini o’lchash mumkin bo’lgan ko’rsatkichni topishga urinishgan, hatto shartli birlik yutil (inglizcha utility- naflilik) tushunchasini ham kiritishgan. Lekin bu urinishlar bekor bo’lib, naflilikni pul bilan o’lchab, baholashgan. Boshqa guruh iqtisodchilar- ordinalistlar me’yoriy naflilik sof sub’ektiv ko’rsatkich, uni miqdoriy jihatdan o’lchab bo’lmaydi deyishadi.

Kardinalistlar o’tkazgan tadqiqotlari asosida iste’mol qilinayotgan tovar qancha ko’p bo’lsa, umumiy naflilik ortadi, lekin me’yoriy naflilik kamayib boradi degan xulosaga kelishadi.

Boshqa tovarlarning iste’moli o’zgarmasdan qolgani holda biron-bir tovar va xizmatga ehtiyoj to’yinib borishi bilan bu ne’matning keying birligini iste’mol qilishdan qoniqish pasayib boradi.

Tabiiyki, har bir iste’molchi o’ziga keladi-gan umumiy naflilikni oshirishga intiladi. Umumiy naflilikni orttirish printsipi quyida-gicha: har bir iste’molchi tovarlar to’plamini xarid qilishda daromadini shunday taqsimlashi kerakki, u yoki bu tovarga sarflangan oxirgi pul birligidan (so’m, dollar, frank) oladigan naf bir xil bo’ladi.

Me’yoriy naflilikning pasayib borishi mavjud ne’matning navbatdagi birligini xarid qilib, tasarrufidagi tovarlarni ko’paytiradigan xaridor uchun ular qadrining pasayishi bilan bog’liq.

Talab egri chizig’i qay darajada bo’lishi me’yoriy naflilikda o’z ifodasini topadi.

Bu barcha tovarlarga xos bo’lib, ana shu sabab-oqibatli bog’lanish me’yoriy naflilikning pasayib borishi qonuni deb qaraladi.

Me’yoriy naflilik pasayishi quyidagi asoslarga tayanadi:

1.Hamisha mahsulot xarid qiluvchi har bir shaxs mahsulotning keyingi birligidan kamroq naf yoki lazzat oladi. Ya’ni har bir qo’shimcha Tovar nafliligi avvalgisiga nisbatan past bo’ladi. Masalan, xaridorga oyoq kiyimi kerak, uning uchun bir juft oyoq kiyimining nafliligi o’ta yuqori, chunki u yalang oyoq yura olmaydi. Ikkinchi juft oyoq kiyimi uni almashtirib turish imkonini beradi, lekin uning nafliligi pastroq, chunki xaridor yalang oyoq emas, uni kiyadigani bor. Uchinchi va to’rtinchi juft oyoq kiyimining nafliligi pasayib boraveradi, chunki ehtiyoj to’ydirilgan sari tovarning iste’molchi uchun nafliligi pasayadi.

2.Iste’molchi o’zining cheklangan daromadi doirasida uni sarf-lab maksimal darajada sub’ektiv qoniqish, naf olishga intiladi.

Me’yoriy naflilik qonunining praktikadagi ahamiyati shundaki, u iste’molchilarni bozordagi turli tovarlarni qay darajada sotib olishlari mumkinligini taxminan qanday bo’lishini aniqlab beradi, prognoz qiladi.

Me’yoriy naflilikning pasayishi qonunining amal qilishi tufayli xaridorlar, iste’molchilar juda ko’p tovarlar, xizmatlardan o’zlari uchun zarur bo’lgan, daromadlari doirasida o’zlari uchun eng maqbul hisoblangan tovarlar va xizmatlar komplektini xarid qilishadi. Bu tovarlarni tanlab olish naflilikni maksimallashtirish printsipi asosida yuz beradi.

Ordinalistlar, xususan V. Pareto, J. Xiks va boshqalar kardinalistlar qo’llagan printsipdan voz kechishgan. Ular nazariyaga ketma-ket tartibli naflilik tushunchasini kiritishadi. Ularni fikricha uni yordamida iste’molchini shu tovarga bo’lgan qoniqish darajasini kamayib yoki ko’payib borishini aniqlash mumkin. Lekin ana shu qoniqish darajasini aniqlash mumkin emas. Iste’molchi o’z pulini xohlagancha ishlatadi. U o’z ehtiyojini to’liq qoniqquncha qondirishga harakat qiladi. Biron-bir tovarni sotib olar ekan, shu variantni boshqa alternativ variantlari bilan solishtiradi. Pareto me’yoriy naflilikni absolyut miqdorini o’lchash o’rniga nisbiy tahlil qilish samaraliroq, ya’ni iste’molchi (haridorlar)ni ma’lum bir tovarlar to’plamidan ikkinchisini ustun qo’yish, tanlashini o’rganish afzalroq deydi. Bunday tahlil befarqlik egri chizig’i orqali tushuntirilgan. Bu neoklassiklar tomonidan ko’pgina mikroiqtisodiy jarayonlarni tanlov muammosi bilan bog’liq holda ne’matlarini optimal to’plamini: ishlab chiqarish omillarini, dam olish bilan ish vaqtini nisbatini aniqlashda foydalanilgan.


Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling