Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


Download 223.48 Kb.
bet2/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Kirish

Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Asrlar davomida rivojlanib kelgan iqtisodiyot va undagi turli tushunchalar hozirgi kunda qulog’imozga chalinishini inkor qilmasak ham bo’ladi. Shulardan biri “Talab va taklif”. Ushbu tushunchalar iqtisodiyotda anchagina keng ma’noga ega bo’lib, iqtisodiyotda o’rganilishi lozim bo’lgan alohida sohalardan biriga aylangan desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida xaridor va sotuvchi o’rtasidagi oldi berdi munosabatlari talab va taklif natijasida vujudga keladi desak adashmagan bo’lamiz.

Bozor iqtisodiyotida talab va taklif asosiy, fundamental kategoriya. Bozordagi talab va taklif va uning nisbatiga ko’ra resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi. Talab xaridorning bozordagi narga ko’ra tovarni xarid qilishga tayyorligi, uning ehtiyojini pul bilan ta’minlangan holda bozorda namoyon bo’lishidir. Taklif esa muayyan narx darajasida tovarni sotish uchun bozorga chiqarilishidir.

Talab va taklif qonuni – bozor qonuni. Unga muvofiq talab narxga teskari mutanosiblikda, taklif esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. Talab va taklif o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularni ikkiga narx va narxdan boshqa omillarga ajratiladi.

Talab va taklif qonuni talab va taklifni narx o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgarishini ko’rsatadi, lekin qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. Bu vazifani talab va taklif elastikligi ko’rsatkichlari bajaradi va elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Bu koeffitsient 1dan katta bo’lsa,talab va taklif elastik, 1ga teng bo’lsa yagona elastik, birdan kichik bo’lsa nolastik bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti narxga nisbatan hisoblangandan tashqari daromadga qarab ham aniqlanadi.Undan tashqari bilvosita talab koeffitsienti ham hisoblanadi.Bunda biz tovarlarni mustaqil tovarlar, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini to’ldiruvchi tovarlarga bo’lib o’rganamiz.

Elastiklik koeffitsientini aniqlash iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra firma, uy xo’jaligi, davlat narxni o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda chora-tadbirlar belgilaydi.

Talab xaridor uchun tovarning qadr-qimmatini ham belgilaydi. Bunda har bir xaridor o’zi tovarning nafliligini uning narxi bilan taqqoslaydi. Naflilik har bir xaridor uchun sub’ektiv bo’lib, unga ko’ra xaridor tanlovi amalga oshadi. U nimani afzal ko’rsa shuni sotib oladi. Iqtisodiyotda me’yoriy naflilik qonuni amal qiladiki, uning amal qilishiga ko’ra xaridorning ehtiyoji qondirilgani sari uning uchun ko’shimcha tovarning nafliligi pasayib boradi. Demak bozorni o’rgangan holda chora-tadbirlar elgilash talab qilinadi.



Aynan talab va taklif ayrim iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Yalpi talab va yalpi taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi.

Shuning uchun ham yalpi talab va yalpi taklifni alohida diqqat bilan o’rganishimiz zarur. yalpi talab va yalpi taklif mazmuni, ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, yalpi talab va yalpi taklif elastikligi nima, bu iqtisodiy ko’rsatkichdan qanday maqsadda foydalaniladi, iste’molchi tanlovida naflilik, baho qanday rol o’ynaydi bozor muvozanati qanday tarzda o’rnatiladi, u ishlab chiqarishga qanday ta’sir qiladi va shu kabi ayrim savollarni o’rganishga qaror qildik

Resurslarni taqsimlanishi bozor orqali narx asosida yuz beradi. Ana shu jarayon qanday yuz berishini ko’rib chiqamiz.

Bundan tashqari yalpi talab, yalpi taklifning tarkibi hamda ularga ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida yanada keng qamrovda ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Qolaversa talab va taklif elastikligi, uninh narxga bog’liq elastikligi, uning daromadga bog’liq elastikligi haqida ham anchagini keng va keng qamrovli fikrlar bildirib o’tilgan.


Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling