Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Download 223.48 Kb.
bet3/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Kurs ishining maqsadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yalpi talab va yalpi taklifning iqtisodiyotdagi o’rni va talab va taklif asosidagi bozor muvozanatini o’rganisg.

Kurs ishining obyekti. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklifning o’rni.

Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini yurtimizdagi va horijiy bir qator olimlarning talab va taklif, uning bozor muvozanatidagi o’rni to’g’risidagi nazariyalari , maqolalari, amaliy ishlanmalari tashkil qiladi.

Kurs ishining tuzilishi. Ush bu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va mazmunan bir-biriga bog’liq bo’lgan 4 ta rejadan iborat bo’lib, umumiy hajmda 40 betni tashkil qiladi.

1.Yalpi talab tushunchasi. Talab qonuni.
Yalpi talab tushunchasi. Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.

Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir. Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin.

Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi.

Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turlitumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.). Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin.


Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos.

Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi.



Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:
,
bu yerda:

– yalpi talab;


Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling