Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Download 223.48 Kb.
bet16/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Taklif qonuni. Agar bozordagi talab xaridor tomonidan bo’lsa, tovar taklifi sotuvchi tomonidan bo’ladi. Sotuvchi ishlab chiqaruvchining o'zi yoki savdo firmasi bo’ladi. Taklif talabni qondirishni mo’ljallaydi. Taklif bozorga nimani va qancha chiqarilishi va sotuvga qo‘yilishini bildiradi. Bu birinchidan, ishlab chiqarish hajmiga; ikkinchidan, mahsulotning qanday qismi tovar sifatida bozorga chiqishiga; uchinchidan, har bir tovarning narxiga bog’liq bo’ladi.

Agar ishlab chiqarish ko‘p bo’lsa, tabiiy ravishda taklif ham ko'payadi, ammo mahsulotning bir qismi ishlab chiqarishda qolib shu yerda iste’mol qilinsa, bu taklifni hosil qilmaydi, aksincha undan chegirma hosil qiladi. Binobarin ishlab chiqarishda qolgan mahsulot shu yeming o'zida ishlatiladi, ya’ni birovlarga sotilmaydi, lekin uning hajmi bozor narxlarida hisoblanadi. Taklifni aniqlash uchun m ana shu qismni yaratilgan mahsulotdan chegirib tashlash kerak.

Taklif mavhum bo'lmaydi, u aniq bir vaqt va bozorga tatbiqan yuzaga keladi. Taklif — bu aniq bir tovar yoki tovarlarning muayyan vaqtda va muayyan narx bilan sotish uchun bozorga chiqarilishidir.

Ishlab chiqarishda yaratilgan m ahsulot yoki xizmat muayyan narx bilan bozorga chiqarilgach, u taklifni hosil qiladi





Taklif talabdan farqliroq xarid qobiliyatini em as, balki ishlab chiqarish ko'lam ining qandayligini bildiradi. Biroq taklifning miqdori muayyan vaqtda ishlab chiqarish hajm idan katta bo'lishi mumkin, chunki bunga chiqarilishi mumkin bo'lgan, ya’ni zaxiradagi tovarlar miqdori ham ta’sir etadi.

Taklif talabdan farqliroq xarid qobiliyatini emas, balki ishlab chiqarish ko'lamining qandayligini bildiradi. Biroq taklifning miqdori muayyan vaqtda ishlab chiqarish hajmidan katta bo'lishi mumkin, chunki bunga chiqarilishi mumkin bo'lgan, ya’ni zaxiradagi tovarlar miqdori ham ta’sir etadi. Individual va bozor takiifi farqlanadi. Individual taklif bu ayrim ishlab chiqaruvchining, masalan, firma yoki fermer xo'jaligining muayyan tovarni bozorga taklif etishidir.

Taklif qonuni shunday qonundirki, unga binoan tovarlar takiifi ularning narxiga nisbatan to‘g‘ri mutanosiblikda boiadi.

Bu qonunga ko‘ra narx oshsa, tovarlar ko‘plab taklif etiladi, narx pasaysa, taklif ham kamayadi. Shunday hodisa tovarning ishlab chiqarish xarajatlari o‘zgarmagan holda yuz beradi, chunki narx oshgan holatda tovarlar ko‘p sotilib, ishlab chiqaruvchi oladigan foyda ko'payadi, demak u taklifni oshirishdan manfaatdor bo'ladi. Aytaylik «А» tovarning xarajati 5000 so'm , sotilish narxi 6000 so‘m, demak olingan foyda 1000 so'm. Bordi-yu xarajat 5000 so‘mligicha qolib, narx 6500 so'mga chiqsa, bir tovar sotishdan kelgan foyda 1500 bo'ladi. Agar oldin 100 ta tovar taklif etilsa, so‘ngra 120 ta tovar taklif etiladi, chunki birinchi holda ishlab chiqaruvchi 100 ming (100x1000) foyda ko'radi, ikkinchi holda esa 180 ming so'm (120x1500) foyda oladi. Foydani ko'p olish taklifni rag'batlantiradi. Agar qo'shimcha tovarlarni sotishdan tushgan tushum ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini qoplamaydigan bo'lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko'paymaydi.

Bordi-yu narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish xarajatlari yanada ko'proq kamaysa, unda tovarni taklif qilish ko'payishi mumkin. Ayrim tadbirkor faoliyatiga to'g'ri keladigan bu qoidajami biznesmenlar faoliyatiga nisbatan ham o'z kuchini saqlab qoladi. Shu sababli taklif qonuni bozor taklifiga ham xos bo'ladi. Taklif qonuni taklifning elastikligida miqdoriy ifodasini topadi.

Taklifning narxga bog'liq elastikligi taklifning narxga nisbatan naqadar o'/garisliini bildiradi.



Elastiklik narxning o'zgarishiga javoban taklif qanday o'zgarganligini bildiradi. Elastiklikni () aniqlash uchun taklifning foiz hisobida o'zgarishini ( %) narxning foiz hisobidagi o'zgarishiga ( %) nisbatlanadi. Bunda

hosil bo'ladi.

Taklif elastikligi har xil holatda bo'ladi:



  1. Taklif elastik bo'lganda koeffitsiyent 1 dan katta bo'ladi, ya’ni >1,0.

  2. Taklif noelastik bo'lganda taklif narxga nisbatan sekinroq o'zgaradi.

  3. Taklif va narx bir xil darajada o‘zgarganda bir daf'ali elastiklik paydo bo'ladi.

Narxning o'zgarishiga javoban taklifda hech qanday siljish bo'lmaganda mutlaqo noelastik taklif mavjud bo'ladi.

Taklif elastikligini narxdan boshqa omillar ham yuzaga keltiradi, biroq bularni taklif qonuni izohlamaydi. Narxdan boshqa omillarga quyidagilar kiradi:

1. Resurslar narxi. Bu narx oshsa, xarajat ortadi, agar u kamaysa, xarajat pasayadi. Shunga ko'ra ishlab chiqaruvchining oladigan foydasi kamayadi yoki ko'payadi. Foyda kamayganda taklif qisqaradi, u ko'payganda esa taklif ortadi.

2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiya qancha yuqori bo'lsa, shunchalik xarajatlar kam bo'ladi, chunki ular tejaladi. Foyda olishga intilisli ishlab chiqaruvchilami taklifni ko'paytirishga undaydi. Metallni qayta ishlashni olsak uning narxi oshganda ham stanok takiifi ko'payishi mumkin, chunki yuksak texnologiya kiritilganda, metall tejalib xarajatlar qisqaradi.

3. Moliya vositalari. Bular jumlasiga soliqlar va subsidiyalar (moliyaviy yordam) kiradi. Soliqlarning ortishi xarajatlarni oshirib, foydani qisqartiradi, demak taklifni ham qisqartiradi. Aytaylik soliqlar ishlab chiqaruvchilar tushumining (tovar sotishdan kelgan pul) 28 % iga teng. Soliq oshib, u 40 %ga yetsa, o‘z-o'zidan ma’lumki, bu narx o'zgarmagan sharoitda foydani 12 % (40—28=12), qisqartiradi. Shunga javoban ishlab chiqaruvchi taklifni qisqartirib, boshqa foydasi ko'proq tovarni ishlab chiqarishga o ‘tadi. Bordi-yu davlat yangi tovarni ishlab chiqarishga subsidiya bersa, uning hisobidan xarajatlarning bir qismi qoplanib, korxonaning o'z sarfi qisqaradi va shu subsidiya summasiga teng qo'shimcha foyda ko‘riladi. Bu esa tovar taklifini ortishiga olib keladi.

4. Bozorga taklif etiladigan boshqa tovarlar narxi. Bozorga turdosli, o'rinbosar yoki bir-birini to'ldiruvchi tovarlar chiqariladi. Ulardan birining narxini o'zgarishi boshqasining taklifini o'zgartirib yuboradi, chunki bu talabga ta’sir etadi.

5. Bozor narxlarining o ‘zgarish ehtimoli. Tovar taklifini ishlab chiqaruvchilar bozor narxini mo'ljalga olib shakllantiradilar. Foyda ham, zarar ham narxga bog'liq bo'lganidan ishlab chiqaruvchilar tovarni, bozorga birdan chiqarishi yoki qulay payt poylab chiqarmay turishi mumkin. Agar narxning ortishi kutilsa tov.ar taklif etilmay turiladi. Bordi-yu narxning pasayishi kutilsa tovarlar to'xtatilmasdan bozorga tashlanadi.

6. Resurslar va ishlab chiqarish quwatlarining yetarli bo'lishi yoki bo‘lmasligi. Taklif ortishi uchun qo'shimcha ishlab chiqarish imkoniyatlari bo'lishi zanir. Agar bular bo'lmasa, narx oshgan taqdirda ham taklif ko'paymaydi. Resurslar cheklanganligidan ularni ko'paytirish vaqt talab qiladi. Ulardan ayrimlarini umuman ko'paytirib bo'lmaydi, masalan, yerosti boyliklarini. Tiklanadigan resurslar esa vaqt talab qilganidan taklifni darhol oshirmaydilar.



Taklifga ta’sir etuvchi omillar turlicha va hatto qarama-qarshi yo‘nalishda boradi va bu uning notekis o'zgarishiga olib keladi.


Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling