Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi


Download 223.48 Kb.
bet18/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi. Ularga ham o’z navbatida, qator omillar ta’sir etadi:

a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, Tovar ishlab chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada urug’likning va o’g’itning, yonilg’ining narxi pasaysa (ob-havo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’-mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chiqarishni ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Aksincha, resurslarning narxi ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi;

b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Avvalgisiga nisbatan takomillashgan texnologiya mehnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi hamda resurslarni tejash imkonini beradi. Bularning hammasi sarf-xarajatni kamaytirib, mahsulotni ko’paytirishga olib keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi;

v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga qo’shiladigan soliqlarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini qoplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi.


Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling