Talabning daromadga bog'liq elastikligi daromadning o'zgarishiga javoban (alahning naqadar o'zgarganligini bildiradi. Narx o'zgarm agan holda daro m ad o'zgarsa, iste’m olchining talabi ham o'zgaradi, chunki uning to'lov qobiliyati ortadi yoki kamayadi. Talabning darom adga bog'liq elastikligini ham elastiklik koeffitsiyenti belgilaydi. Talabning darom adga bog'liq elastiklik koeffitsiyenti — foiz hisobidagi talab hajm ining o'zgarishi foiz hisobidagi daro m ad n in g o'zgarishiga nisbatidir. Buni
deb ifodalash mumkin. Bunda — elastiklik koeffitsiyenti, % — talabning foiz hisobiga o'zgarishi, D% — daro m ad n in g foiz hisobida o'zgarishi bo'ladi. Ma’lumki, bozordagi talab har xil o'zgaradi. Kundalik zarur tovarlar borki, ularga talab darom addagi o'zgarishga sezgir bo'lm aydi, chunki ular iste’molisiz yashab bo'lm aydi. Masalan, oila ma’lum miqdorda oziq-ovqatni iste'm ol qilishi kerak. Daromad oshgan sharoitda ham uni keragidan ortiq xarid qilmaydi, daromad pasayganda esa uni xarid qilishga pul sarflab, boshqa tovarlarni olm ay turadi. Demak, eng zarur tovarlarga nisbatan talabning daromadga bog'liq elastikligi past boladi. Ammo shunday tovarlar borki, daromadning o'zgarishi ularga bolgan talabga kuchli ta’sir etadi. Bular yuqori martabali tovarlardir. Bularga talab daromad oshsa ko'payadi, daromad qisqarsa kamayadi, chunki iste’molchi puli yetarli bo'lsa, ularni oladi, puli yetmasa o'zini tiyib, ulardan voz kechadi, chunki bularsiz ham yashash mumkin. Daromad o'zgargandagi talab elastikligi asosan nufuzli va qulaylik yaratuvchi tovarlarga xos bo'ladi.
Daromad yuzaga keltiruvchi elastiklikning ham egri chizig'I bo'ladi. Buni quyidagi rasmdan ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |