Iqtisodiyot nazariyasi ” kafedrasi


Tovar nafliligining talabga ta’siri


Download 223.48 Kb.
bet8/28
Sana05.01.2022
Hajmi223.48 Kb.
#225253
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Bog'liq
xhxhhchchc

Tovar nafliligining talabga ta’siri. Tovarlarga talab ularning nafliligiga ham bog'liq bo'ladi. Boshqaomillar konstanta — o'zgarmas holatida bo'lganda talabning oz yoki ko‘p bo'lishini naflilik yuzaga keltiradi. Nafliligi yuqori tovarlarga talab oshadi, nafliligi past tovarlarga talab qisqaradi.

Tovarlarning nafliligi uning kishilar ehtiyojini naqadar qondira olishi, ya’ni iste’molchilarda qoniqish hosil qilishidir.

Naflilik bir xil yoki o'rin bosar tovarlarga xos bo'ladi. Tovarlar qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan eng nafliligini tanlab olish mumkin. Tanlov yuz berganda xaridor o'z puliga qarab tovarlarning eng yaxshisini xarid etadi, demak, shularga talab bildiradi. Talab yuzaga kelishi uchun tovarning narxi uning nafliligini aks ettirishi kerak, shu sababli sifatsiz, lekin narxi baland tovarlarga talab bildirilmaydi. Tovardan qoniqish olish uchun uning narxi evida bo'lishi talab qilinadi. Xaridor uchun tovarning qadr-qiymati, shunga qarab uning xaridi yuz beradi.

Ya’ni tovarning qadr-qiymati uning nafliligi va narxining qan ­day bo'lishidir. Naflilik va tovar narxini xaridor bir-biriga mos, deb bilgan taqdirda talab yuzaga keladi. Naflilikning ikki jihati bor. Birinchidan, obyektiv, ya’ni kishida qoniqish hosil qila olish tovardagi obyektiv xossalardan kelib chiqadi. Bu xossalar tovarning jismiga mos bo'ladi. Masalan, oziq-ovqat tovarlari jism ida kishilar a’zosi uchun oziqa bo'lib xizmat qiladigan moddalar bor. Kiyim-kechakda esa tashqi muhitning ta’sirini (issiq-sovuq, yog'in-sochin) kishilar tanasiga o'tkazm aydigan xususiyatlari bor. Aytilgan xususiyatlar bo'lm asa, naflilik ham bo'lm aydi. Ikkinchidan, tovarlar nafliligini xaridorlar subyektiv qabul qiladi, bu kishilarning didiga bog'liq. Muayyan tovarni bir xaridor xush ko'rsa, boshqasiga u yoqmaydi, unga mutlaqo boshqa tovar yoqadi.

Demak, xaridor ko'ylakni uning narxi bilan taqqoslab, uning qadr-qiymatiga baho beradi. Tovarning nafliligi ham o'zgaruvchan bo'ladi.

Avval xaridor bir tovarning nafliligini yuqori baholab unga talab bildirsa, vaqt o'tishi bilan talab qondiriladi va talabning nafliligi pasayib ketadi. Uning o'rniga boshqa yangi tovar paydo bo'lib, talab shu tovarga ko'chadi. Naflilikning qanday o'zgarishini m arginal (cheklangan)naflilik qonuni ifoda etadi.

Marginal (cheklangan) naflilik qonuniga ko'ra (talab qondirilgan sari qo'shimcha xarid etiladigan so'nggi tovarlarning nafliligi pasayishga moyil bo'ladi.

Talab mutlaqo qondirilmagan chog'da dastlabki tovarlarning nafliligi yuqori bo'lsa, talab qondirila boshlagach so'nggi tovarlarning nafliligi pasaya boradi.

Xaridor talabi qondirilgach, u naflilikni qabul qilmaydi, hatto narxlar arzonlashsa ham qo'shimcha tovarni xarid etmaydi. Natijada xaridor uchun tovarning qadr-qiymati nolga teng bo'lib qoladi. Naflilikka xos bo'lgan harakatni chizma holida ifodalasak, u quyidagi shaklda bo'ladi.




Download 223.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling