6. Joriy operatsiyalar balansida aks ettiriladigan operatsiyalarni sanab bering. - Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldigʻi deb yuritiladi. Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sugʻurta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar boʻyicha toʻlovlarni oʻz ichiga oladi. Agar xorijga qoʻyilgan milliy kapital uchun chet toʻlovlari boʻyicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun toʻlanadigan toʻlovlar miqdoridan koʻp boʻlsa, unda sof daromad musbat boʻladi. Transfert koʻrinishida pul oʻtkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga toʻlanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi oʻz qarindoshlariga pul oʻtkazmalari, turli koʻrinishdagi hukumat yordamlarini oʻz ichiga oladi. Joriy hisoblar boʻyicha barcha operatsiyalar yigʻindisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valyutaga boʻlgan talab uning eksport operatsiyalari taʼminlaydigan taklifdan ortiq boʻlishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat toʻlov balansi joriy operatsiyalar boʻyicha kamomadga ega. Joriy operatsiyalar hisobi balansi, odatda, toʻlov balansining maʼlumot beruvchi qoldigʻi deb qaraladi. Chunki bu qoldi bilan birga ichki iqtisodiy siyosatni cheklovchi tashqi iqtisodiy omil hisoblanishi bilan birga mamlakatning moliyalashtirishga ehtiyojini belgilaydi. Joriy operatsiyalar hisobi balansining musbat qoldigʻi mamlakat boshqa davlatlarga nisbatan netto kreditor ekanligidan dalolat beradi, va aksincha manfiy qoldigʻi ( yaʼni joriy operatsiyalar hisobi balansining taqchilligi) mamlakat tovarlar va xizmatlarning netto-importi uchun toʻlovlarni amalga oshirishga va transfert toʻlovlarini moliyalashtirishga majbur boʻlgan sof qarzdorga aylanganligini anglatadi. Amalda joriy toʻlov balansining musbat qoldigʻiga ega mamlakat milliy jamgʻarmalarning bir qismini kapitalni ichki jamgʻarishga yoʻnaltirish oʻrniga mamlakat tashqarisiga investitsiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |