Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1-topshiriq boʻyicha berilgan savollarga javoblar: Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering
To'lov balansini tuzishda ikki bor yozuv prinsipi nimani anglatadi? -
Download 25.5 Kb.
|
1-topshiriq Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1
5. To'lov balansini tuzishda ikki bor yozuv prinsipi nimani anglatadi? - Biror mamlakatning tashki iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import xajmi va tarkibiga ta`sir ko`rsatish orqali ichki bandlilikni ta`minlash, iqtisodiy o`sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, to`lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maksadlarini ko`zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – byudjet-solik siyosatining tashki savdo xajmlarini soliklar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to`gridan-to`gri cheklashlar orkali tartibga solishni o`z ichiga olgan nisbatan mustakil yo`nalishidir.
Savdo siyosatining moxiyati va vositalari Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. SHuning uchun xam ko`pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va axolisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko`proq imkoniyat yaratadi, deb xisoblashadi. Savdo siyosatining moxiyati va vositalari Garchand, erkin savdo jaxon iktisodiyoti nuktai nazaridan foydali bo`lishi mumkin bo`lsada, ammo aloxida olingan mamlakat iktisodiyoti manfaati nuktai nazaridan erkin savdo xamma vakt xam foydali bo`lavermaydi. Tashki savdoni cheklash usullarining 50 dan oshikrok turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat gaznasini to`ldirishga yo`naltirilgan bo`lsa, ba`zilari umuman importni cheklashga va yana boshkasi esa eksportni cheklashga yoki ragbatlantirishga yo`naltirilgan. Amaliyotda tashki savdoni tartibga solishning ta`rif va nota`rif usullaridan foydalaniladi. Savdo siyosatining moxiyati va vositalari Ta`rif usullariga import va eksport bojlarini joriy kilish kirsa, nota`rif usullariga eksporterlar va ishlab chikaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. Import bojlari davlat byudjetini to`ldirish maksadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari okimini tartibga solish uchun belgilanadi. eksport bojlari mamlakat ichida talab ko`p bo`lgan maxsulotlar takchilligining oldini olish maksadida belgilanadi. Savdo siyosatining moxiyati va vositalari Boj olinadigan maxsulotlar, boj olinmaydigan maxsulotlar, olib kelish va olib ketish takiklangan maxsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya`ni, ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi. Bojxona tariflarini ishlab chikarish, tabiiy farklar (xayvonot va o`simlik dunyosi), kayta ishlash darajasiga (xom ashyo, yarim tayyor maxsulotlar, tayyor buyumlar) ko`ra, taksimlangan maxsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan maxsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida kurilgan. Importga ta`riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri Xalkaro savdoni tartibga solishda eng ko`p ko`llaniladigan usul bo`lib tarif, ya`ni importga solinadigan bojxona boji xisoblanadi. Importga tariflarning maxsus va advalar turlari o`zaro farklanadi. Maxsus bojlar import kilinayotgan tovarlar birligiga nisbatan o`rnatiladi. Masalan, 1 barel neftga nisbatan 2 evro. Advalar bojlar import kilinayotgan tovar kiymatiga nisbatan ma`lum foiz tarikasida belgilanadi. Masalan avtomobil xarid narxining 40%. Xar ikkala turdagi import tariflarning okibatlari deyarli bir xil bo`lib, buni biz kuyidagi grafik vositasida ko`rib chikamiz. Importga ta`riflar va ularning ishlab chiqaruvchilarga xamda iste`molchilarga ta`siri Aytaylik, import tariflari joriy kilingunga kadar ichki ishlab chikarish xajmi S1, ichki talab xajmi esa D1 teng bo`lgan. Talab va taklif o`rtasidagi fark (D1-S1) import xisobiga koplangan. Mamlakat iktisodiyoti yopik bo`lganida baxolar darajasi Re ga teng, talab va taklif muvozanati esa E nuktada o`rnatilgan bo`lar edi. Mamlakat iktisodiyoti ochik bo`lgani va importga cheklovlar yo`kligi tufayli milliy bozordagi narxlar jaxon bozori narxlari Rw bilan bir xil. Importga tarif joriy kilinishi natijasida ichki baxolar Rw dan Rd ga kadar ko`tariladi. Download 25.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling