«iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsat m a
Download 211.5 Kb.
|
Курс иши Банк иши ва Бухгалтерия ҳисоби
- Bu sahifa navigatsiya:
- «IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha U S L U B I Y KO‘RSAT M A
- KELISHILGAN”
- Taqrizchilar
- Tuzuvchilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI URGUT FILIALI BIZNESNI BOShQARISh VA TABIIY FANLAR KAFEDRASI Oliy ta’limning 60410100 –Buxgalteriya hisobi va auditi, 60410500 –Bank ish va auditi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun «IQTISODIYOT NAZARIYASI» fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha U S L U B I Y KO‘RSAT M A “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti. Samarqand – 2023 “TASDIQLAYMAN” Sh.Rashidov nomidagi SamDU Urgut filiali oʻquv ishlari boʻyicha direktor muovini: __________________ dots. Sh.D.Berdiyev “__”_______2023 yil M.Oʻ. “KELISHILGAN” Samarqand davlat Universiteti Urgut filiali Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar fakulteti dekani ____________ t.f.f.d., (PhD) Sh.B.Omonov «____» __________ 2023 yil «TAVSIYA ETILGAN» «Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar» kafedrasida muhokama qilingan va ma’qullangan Kafedra mudiri ____________ i.f.f.d., (PhD) dots. B.X.Azizkulov «____»____________2023 y. № ___ sonli bayonnoma Taqrizchilar: G‘aybullaev R. – ToshDIU Samarkand filiali kafedra mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Eshonkulov D. - SamDU Urgut filiali «Biznesni boshqarish va tabiiy fanlar» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi. Tuzuvchilar: ©B.X.Azizkulov, I.M.Meliboev «Iqtisodiyot nazariyasi» fani (Kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma). – Urgut.: SamDU UF, 2023. 24 bet Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo‘yiladigan asosiy talablar Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi. Kurs ishlari talabalar mustaqil ishlarining bir shakli bo‘lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to‘g‘risida aniq tassavurlarga ega bo‘lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy, g‘oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor berishlari lozim. Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev asarlaridan, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlaridan, ularning iqtisodiy g‘oyalaridan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Vazirlar mahkmasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli bo‘lgan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o‘zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining mazmunini yanada boyitadi. Kurs ishlarining tematikasi (1-ilova) kafedra o‘qituvchilari tomonidan butun kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har bir talabaga kamida 5-6 ta mavzu to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo‘lsin. Buning uchun talabalar ismi shariflarining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlaydi. Bunda professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo‘yicha mustaqil ishlashlarining yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatish va kurs ishini yozish bo‘yicha umumiy tasavvurga ega bo‘lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir. Kurs ishini har bir talaba o‘z xusni hati bilan yozishi shart. Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so‘ng, mavzuga tegishli bo‘lgan adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o‘rganishlari kerak. Shuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo‘lgan rus tili va boshqa xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng foydalanishlari lozim. To‘plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs ishi mavzusini to‘liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishi rejasi namuna sifatida ilova qilinadi (ilova-2). Kurs ishini yozish bo‘yicha tavsiya etilgan yo‘riqlarga rioya qilish mavzu mazmunini to‘g‘ri yoritib berish va uning mohiyatidan chetga chiqmaslik imkonini beradi. Talabalarga kurs ishlari mavzularini kursning boshida e’lon qilish maqsadga muvofiqdir, chunki kafedra o‘qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda tegishli adabiyotlardan, oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko‘chirib kelishlik holatlari yuzaga kelishi mumkin. Kurs ishining hajmi o‘rtacha 35-40 bet bo‘lishi kerak. Talabalar kurs ishini oq qog‘ozga ravon tarzda qo‘lda ko‘chirib yozishlari kerak. Kurs ishini kompyuterda yozish mumkin emas. Sahifalarga tartib bilan raqam qo‘yiladi va taqrizchi professor-o‘qituvchi uchun o‘z mulohazalarini yozishga kurs ishining boshiga bitta oq qog‘oz qo‘yiladi. Kurs ishi titulini rasmiylashtirish 3-ilovada keltirilgan. Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari qo‘yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi. Kurs ishining oxiriga talaba o‘z imzosini qo‘yib, unga bajargan vaqtini ko‘rsatishi zarur. Kurs ishini tayyorlab kafedra professor-o‘qituvchilariga taqrizga berish muddati yilning 20 apreliga qadar belgilanadi. Chunki, har bir kurs ishini professor-o‘qituvchi o‘qib chiqib, o‘z xulosasini berishi lozim. Kurs ishlarini taqriz qilish yilning 20 aprelidan 10 mayiga qadar amalga oshiriladi. Bajarilgan kurs ishiga ijobiy taqriz yozilgandagina, u himoyaga qo‘yiladi. Keyin talabalar kurs ishi himoyasiga tayyorlanishlari kerak. Agar kurs ishi bo‘yicha professor-o‘qituvchi kamchiliklar ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda talaba ushbu kamchiliklarni to‘g‘rilab, qayta taqrizga topshirishi lozim. Kafedra professor-o‘qituvchilari kurs ishlarini himoyasini yilning 15 mayidan 25 mayigacha bo‘lgan muddatda o‘tkazishlari kerak. Kurs ishlari himoyasini hay’at a’zolari qabul qilishlari kerak. Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling