«iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsat m a
Download 211.5 Kb.
|
Курс иши Банк иши ва Бухгалтерия ҳисоби
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilangan ball Baholash mezonlari
Kurs ishlarini baholash tartibi
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg‘otish, ularga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir o‘qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’ektiv nuqtai-nazardan yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib baholasa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga muvofiqdir. Yangi reyting tizimi bo‘yicha talabaning kurs ishini 100 ballik va 5 baholik tizim asosida baholanadi. Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga muvofiqdir:
O‘qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar bartaraf qilinmasa baho bir muncha pasaytiriladi. Kurs ishini to‘g‘ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish ham muhim hisoblanadi. Chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida ko‘rsatiladi. Shunday qilib, kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomlarini tahlil qilish, talabalarga tanlangan muammo bo‘yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk iqtisodchi mutaxassislar bo‘lib yetishishiga yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz baholashga yo‘l qo‘yish mumkin emas, aks holda, bu ularning xafsalasini pir qilib, o‘qishga bo‘lga ishtiyoqini so‘ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu boisdan taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har tomonlama ob’ektiv taxlil qilib, qo‘yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta yordam beradi. Download 211.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling