«iqtisodiyot nazariyasi» fanidan kurs ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsat m a


Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish


Download 211.5 Kb.
bet2/10
Sana16.04.2023
Hajmi211.5 Kb.
#1358860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Банк иши ва Бухгалтерия ҳисоби

Kurs ishi mavzusini tanlash, uning rejasini tuzish,
adabiyotlar to‘plash va ulardan foydalanish
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzusini tanlab olish va uning rejasini tuzish talabaning mustaqil ravishda bajaradigan ilmiy ishining dastlabki bosqichidir. Ishning darajasi va sifati ko‘p jihatdan mavzuni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir. Binobarin bu ishga jiddiy, ma’suliyatni sezgan holda yondoshish zarur. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda dastlab shu fan bo‘yicha professor-o‘qituvchining ma’ruzalarini diqqat bilan tinglab, hozirgi zamon iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni hamda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev asarlarini chuqur o‘rganib chiqishi lozimdir.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o‘z oldiga qo‘yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o‘rganishi, o‘zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashi uchun amaliyotga tadbiq qila olish imkoniga ega bo‘lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o‘z mutaxassisiligi yo‘nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Kurs ishi rejasini o‘qituvchidan maslahat olib tuzish maqsadga muvofiq. Reja – kirish qismidan, mavzuning iqtisodiy mazmuni va mohiyatini ochib beruvchi 4-5 ta savollardan va xulosa qismidan iborat bo‘ladi (2-ilova). Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog‘langan bo‘lishi, har bir keyingi savol o‘zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo‘lib, bir butunni tashkil etishi kerak. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va uning iqtisodiy ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritilsa, xulosaviy qismida esa tahlil qilingan masalalarni hal etish bo‘yicha muallifning tavsiyalari berilishi kerak. Kurs ishining asosiy qismida mavuning mohiyatini aks ettiruvchi nazariy fikrlar, tahlillar va ushbu mavzu bo‘yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantrish chora tadbirlari yoritib berilishi kerak. Shuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi tuzilgandan so‘ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo‘lgan muammolarni kelajakda hal etish yo‘l-yo‘riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur. Har bir kurs ishi ana shunday talablarga javob berishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o‘rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo‘l qo‘ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta ish olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o‘z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda mazkur qo‘llanmada ko‘rsatilgan adabiyotlar bilan cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan qo‘shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Talaba kurs ishi uchun qo‘shimcha adabiyotlarni universitetimiz kutubxonasidan va boshqa kutubxonalardan olishi mumkin.
Kutubxonada bibliografik, ya’ni sistemali, predmetli alfavit kataloglari asosida adabiyotlar tanlanadi. Masalan, sistemali katalogdan sohalariga qarab joylashtirilgan bo‘ladi. Mabodo, qiyinchilik yuzaga kelsa, kutubxonada mutaxassis maslahatidan foydalanish mumkin.



Download 211.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling