«IQTISODIYOT NAZARIYASI» FANIDAN TEST SAVOLLARI».
1. Milliy iqtisodiyot –
barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
2. Makroiqtisodiyot –
moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
3. Milliy hisoblar tizimi –
milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi..
4. YAlpi milliy mahsulot (YAMM) –
milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita iste’molchilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi summasi.
5. YAlpi ichki mahsulot (YAIM) –
yil davomida mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymati.
6. Sof milliy mahsulot (SMM) –
amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YAIM sifatida chiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo‘ladi.
7. Milliy daromad –
yangidanvujudgakeltirilganqiymatbo‘lib, SMMdanegrisoliqlarnichiqaribtashlashyo‘libilananiqlanadi
8. SHaxsiy daromad –
milliy daromaddan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari, korxona foydasidan olinadigan soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasini chiqarib tashlash hamda aholi qo‘liga kelib tushadigan ijtimoiy to‘lovlar summasini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi.
9. Nominal YAIM –
joriy narxlarda hisoblangan YAIM.
Do'stlaringiz bilan baham: |