Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Talaba:
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari, bosqichlari, o’zgarish sabablari va oqibatlari; hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining xususiyatlari; iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi;
iqtisodiyot nazariyasi asoslarini; milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini; makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni; iqtisodiy jarayonlarning amal qilish xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
talaba iqtisodiy hodisa va jarayonlarni taxlil qilish usullarini bilgan holda samarali qo’llash; iqtisodiy qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarning) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlarini bilgan xolda iqtisodiy muammolar bo’yicha yechimlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
O’quv rejasidagi boshqa fanlar bilan bog’liqligi
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar turkumiga kirib, u barcha bakalavriat va sirtqi ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladi. Mazkur fan boshqa iqtisodiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashqil qilib, o’z rivojida aniq yo’nalishdagi iqtisodiy fanlar (moliya-kredit, bank ishi, soliq va soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va audit, sug’urta va bojxona ishi va h.k.)dan ham ozuqa oladi. U tadqiqot usullari bo’yicha boshqa ijtimoiy (falsafa, tarix, huquqshunoslik, sotsiologiya, siyosatshunoslik) fanlar bilan ham mustahkam bog’liqdir.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani talabalarda ilmiy dunyoqarash va iqtisodiy tafakko’rni, jamiyatning iqtisodiy asosini tushunish, ob’ektiv iqtisodiy qonun va jarayonlarga ongli munosabatda bo’lish ko’nikmasini shakllantiradi. Barcha amaliy iqtisodiy fanlarning nazariy-uslubiy asoslari to’g’risida bilim hosil qiladi. SHunga ko’ra, fanning ijtimoiy ishlab chiqarishni tashqil qilish va boshqarishdagi o’rni muhim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |