“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy ta'limotlarning o'rni


Download 456.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana06.02.2023
Hajmi456.67 Kb.
#1171472
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu.“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy talimotlarning orni.( 4 - soat) (1)

Dialektik dunyoqarash - bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to hozirgacha 
butun kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki erishgan buyuk 
yutuqdir. Dialektik uslubiyatning mohiyati o'rganilayotgan jarayonning ichki ziddiyatlar 
tufayli o'z-o'zidan harakatda bo'lishini tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday 
haqiqiy fanga, jumladan iqtisodiyot nazariyasi faniga ham taaluqlidir. 
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazarinsi fanining o'ziga xos tadqiqot usullari xam 
mavjuddir, ulardan eng muximi ilmiy abstraksiya usulidir. Iqtisodiy jarayonlarning 
mohiyati o'zgarishini o'rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan 
foydalanib bo'lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi. 
Ilmiy abstraksiya usuli — taxlil paytida xalal berishi chumkin bo'lgan ikkinchi darajali 
narsalar, voqyea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, o'rganilayotgan jarayonning asl 
mohiyatiga e'tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida o'rganilayotgan voqyea va 
hodisaning ichki, ko'zga ko'rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi. 
Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o'rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga 
ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish. Sintez — bu o'rganilgan qismlardan olingan 
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir. 


Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yo'l bilan o'rganiladi, iqtisodiy tizim butunicha 
tasvirlab beriladi. 
Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili 
tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. 
Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida 
jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur 
qonuniy bog'lanishlar bo'yicha ham tahlil qilinadi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida eksperiment ma'lum o'rin egallaydi, iqtisodiy 
o'sishning keskin o'zgarishi bosqichlarida, jumladan iqtisodiyotning inqiroz va 
beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi. Iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirish paytida eksperiment alohida o'ringa ega. Iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirish uchun puxta tayyorgarlik ko'rish, ya'ni ilmiy tajriba, eksperiment o'tkazish 
hisob-kitob vositasiga asoslanish va ilmiy yo'nalishlarni ishlab chiqish talab etiladi. 
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo'shib olib borish. Mikroiqtisodiy 
taxlidda iqtisodiyotning boshlang'ich bo'g'ini bo'lmish korxona va firmalarning ichki 
jarayonlarini alohida iqtisodiy subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu 
taxlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan 
foydalanishning, baho tashkil topishining, ish haqi to'lashning, talab va taklif tarkib 
topishining shakl va mexanizmlarini o'rganish markaziy o'rin tutadi. 
Makroiqtisodiy taxlil makromutanosiblikni ta'minlash asosida milliy 
iqtisodiyotning to'laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug'ullanadi. 
Milliy 
mahsulot
, bahoning umumiy darajasi, inflatsiya, ishchi kuchining ish bilan bandligi 
masalalari bu taxlil obyekti bo'lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot 
o'zaro bog'langan va bir-birn bilan o'zaro ta'sirda bo'ladi. 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, 
matematik va grafik usullaridan keng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik 
usulni keng o'zlashtirish va qo'llash zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda 
vositachi bo'lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o'zgaruvchi miqdorlar 
o'rtasidaga bog'liqlikni ko'rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, 
ulardagi o'zgarishlarni, kelib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo'ladi. 



Download 456.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling