“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy ta'limotlarning o'rni


 Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar)


Download 456.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana06.02.2023
Hajmi456.67 Kb.
#1171472
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu.“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining predmeti va bilish usullari. Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi va rivojlanishida iqtisodiy talimotlarning orni.( 4 - soat) (1)

 
2. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar (ilmiy tushunchalar). 
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy 
qonunlarni ham o’rganadi. 
Boshqacha qilib aytganda “Iqtisodiyot nazariyasi” fanining asosiy vazifalaridan 
biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib 
berish hisoblanadi. Har qanday jamiyatda iqtisodiy hodisa va jarayonlar iqtisodiy 
qonunlar bilan boshqarilsada, lekin ular alohida olingan bir iqtisodiy hodisada namoyon 
bo’lmaydi, balki hodisalar va jarayonlarning o’zaro ta`sirida ko’rinadi, doimiy 
takrorlanib turadigan 
hukmron tamoyillar tarzida 
namoyon bo’ladi. 
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va 
jarayonlar o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, 
ularning 
o’zaro 
bog`liqligini 
ifodalaydi. 


Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar ob`ektiv 
amal qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob`ekiv 
reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya`ni uning inson ongidagi in`ikosidir. Iqtisodiy 
qonunlar ob`ektiv xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, 
rivojlanishi va barham topishi alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga 
bog`liq emas. Ma`lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish 
darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xususiyati va shart-sharoitga mos keladigan 
iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar 
kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, 
balki aynan ularning faoliyati, hatti-harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib 
topadi va ular orqali namoyon bo’ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarnig 
xususiyatini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, ulardan foydalanishlari lozim 
bo’ladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor 
muvozanati qonunlari talablarini bilib, shunga binoan faoliyat qilsa ish vaqti va boshqa 
cheklangan resurslar sarfini tejash bilan birga o’z faoliyatlarini samarali olib borishlari 
mumkin. Bu talablarga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning hoxish 
irodasidan qat`iy nazar muqarrar ravishda xo’jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar 
isrofgar-chiligiga 
olib 
keladi. 
Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga o’xshab, uni bilib, o’z faoliyatida 
foydalanilsa insoniyatga katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini tan-olmasdan
talablarini bilmasdan yoki mensimasdan ko’r-ko’rona xatti-harakat qilinsa, bu katta 
salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Lekin iqtisodiy qonunlar tabiat 
qonunlari bilan tamomila bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari 
doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va 
o’zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog`liq bo’lib kishilik jamiyati 
mavjud bo’lganda paydo bo’ladi 
va 
amal qiladi. 
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga 
turkumlaydi: 
1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida 
amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib borish qonuni, takror 
ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar 
xususiyati 
va 
rivojlanish 
darajasi 
mos 
kelishi 
qonuni 
va 
boshqalar. 
2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma`lum 
bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni. 
3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida 
amal qiladi. 
Masalan, 
qo’shimcha qiymat 
qonuni. 
Umumiy iqtisodiy qonunlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlari sifatida, ularni 
belgilovchi boshqaruvchi qonunlar sifatida namoyon bo’ladi va har bir tarixiy bosqichda 
ularning roli o’zgarib boradi. Umumiy iqtisodiy qonunlar bilish, yaxlit va keng ma`noda 
iqtisodiyot nazariyasi fani predmetini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiy 
qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida 
tomonlarini tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham 
ta`riflab, ularning mazmunini ochib beradi. 

Download 456.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling