Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari


Iqtisodiy fanlarning shakllanishi


Download 21.55 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi21.55 Kb.
#1194685
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari

Iqtisodiy fanlarning shakllanishi

Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi. Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya‘ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma‘noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u ilmiy bilishning aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Frantsuz iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha merkante - savdogar) deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin) savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti pul (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan. Keyingi merkantalizmning Angliyadagi asosiy vakili Tomas Mann (15711641) hisoblanib, u davlatning ichki va tashqi siyosatini asoslaydi. Merkantalizm kontseptsiyasi asosan protektsionizm iqtisodiy siyosatiga tayanadi, ya‘ni ular davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan ortiq bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta‘minlashi zarurligi masalalariga e‘tibor qaratadi. «Fiziokratlar» merkantalistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ma‘nosi «tabiat hukmronligi» degan ma‘noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Frantsiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (16941774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi. F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur ―iqtisodiy jadvalni‖ yaratadi. F.Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular er mulkdoriga renta shaklida beradi. Uilyam Petti (1623-1686) g‘oyalari merkantilizmdan klassik fan-siyosiy iqtisodga o‘tish uchun ko‘prik bo‘ldi. U birinchi bo‘lib boylikning manbai mehnat va er deb e‘lon qildi. «Mehnat boylikning otasi bo‘lsa, er uning onasidir» degan mashhur qarash U.Pettiga tegishli. XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob‘ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi. A. Smit moddiy ishlab chiqarishda nima yaratilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. U boylikning o‘sish shart-sharoitlari mehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir deb ta‘kidlaydi. A.Smit fikricha, qiymatning manbai mehnat, jamiyat rivojlanishi natijasida mehnat bilan birga kapital va er ham qiymat manbai bo‘lib boradi, shu sababli tovar narxi ish haqi, foyda va rentadan qaror topadi.


  1. Download 21.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling