Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari


Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari


Download 21.55 Kb.
bet3/3
Sana13.02.2023
Hajmi21.55 Kb.
#1194685
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari

Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari

Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari XIX asrning 70-yillaridan boshlab «siyosiy iqtisod» «iqtisod» fani sifatida talqin qilinib, iqtisodiyot nazariyasida yangi yo‘nalish «ekonomiks» (inglizcha ―ekonomiks‖ – iqtisod, xo‘jalik hayoti, iqtisodiy fan) shakllandi. Bu davrdagi yangi iqtisodiy kontseptsiyalar qiymatning mehnat nazariyasini inkor qilib diqqat markaziga bir qator umumiy printsiplarni qo‘yadi. Bular: iqtisodiy ne‘matlar nafliligi uning pasayib borish iqtisodiy muvozanatlik qoidalari va boshqalar. XIX asrning ikkinchi yarmidan «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib (frantsuzcha so‘zidan olingan bo‘lib, «keyingi, qo‘shilgan», degan ma‘noni beradi) uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger (1840-1921), Fridrix fon Vizer (1851-1926), Bem Bavrek (1851-1914) hamda ingliz iqtisodchisi Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borishi, qonunlari mazmuni ochib berildi. Bu oqim iqtisod fanida yangi yo‘nalish neoklassik, ya‘ni yangi klassik deb nom oldi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall iqtisodiy jarayonlarning uzviy bog‘lanishi va uning nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qiladi, bozor muvozanati va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaraydi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyondalaridan biri Shveytsariya iqtisodchisi Leon Valras (1834-1910) umumiy iqtisodiy muvozanat modelini ishlab chiqishga harakat qiladi. Neoklassiklar o‘zlarini A.Smit va boshqa liberal iqtisodchilarning izdoshlari hisoblab iqtisodiy erkinlik va davlatning bozor mexanizmiga aralashmaslik printsiplarini qo‘llab chiqadi. Ularning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti muvozanatlikni o‘z-o‘zicha tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga layoqatli, davlat faqat bozorning faoliyat qilishi uchun shart-sharoit yaratishi zarur. Neoklassik oqim tarafdorlari shaxsiy manfaatga asoslangan bozor iqtisodiyoti alohida sub‘ektlari hatti-harakatiga e‘tibor qaratadi. Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi E.Shumpeter «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» (1912 yil) deb nomlangan kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini ko‘rsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi. Ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns (1883-1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» (1936 yil) nomli kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‘mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste‘mol nisbatlarining eng maqsadga muvofiq tarzda qaror topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta‘limoti ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini asoslaydi. Keynsning bosh g‘oyasi shundan iboratki, bozor iqtisodiy tizimi takomillashmagan va o‘z-o‘zini tartibga solishga layoqatli emas, mumkin bo‘lgan yuqori bandlik va iqtisodiy o‘sish faqat iqtisodiyotga davlatning faol aralashuvi orqali ta‘minlanishi mumkin. O‘tgan asrning 50-yillari boshlarida neokeynschilar (R. Xarrod, E. Domar, E. Xansen va boshq.) bandlik va inflyatsiya o‘rtasida optimal nisbatni topishga harakat qilib, iqtisodiy o‘sish muammosining yechimini ishlab chiqadi. ―Neoklassik sintez‖ kontseptsiyasi ham shunga yo‘naltirilgan. Jumladan, P.Samuelson neoklassik va Keynscha nazariyalarni, ishlab chiqarishning optimal darajasini ta‘minlovchi hamda talabni faollashtiruvchi omillarni bog‘lashga harakat qiladi. P.Samuelsonning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, qachonki to‘liq bandlikka erishilganda bozorning o‘zini-o‘zi tartiblash tizimi amal qiladi boshlaydi. XX asrning 60 – 70-yillarida neokeynschilar (J. Robinson, P. Sraffa, N. Kaldor va boshqalar) daromadlarni ancha teng taqsimlash, bozor raqobatini cheklash, inflyatsiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazishni yoqlab keynschilikni D. Rikardo g‘oyalari bilan to‘ldirishga harakat qiladi. Keyns nazariyasi g‘arb mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning, ancha yuqori sur‘atlarini ta‘minlash, bandlikni oshirish va umumiy farovonlikni o‘stirish imkonini berdi. Biroq kuchli jahon iqtisodiy inqirozlari iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyatni ishsizlik, inflyatsiya va iqtisodiy bo‘hronlarni bartaraf qilishga layoqatsiz ekanligini ko‘rsatdi.

Xulosa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni1da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish hisobiga YaIM hajmi va o‘sish sur’atlarini oshirish, olib borilayotgan islohotlar samaradoligini ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida “2017- 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish, YaIM hajmini ko‘paytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har tomonlama rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. K.Makkonell, S.Bryu. Ekonomiks.M. «Respublika» 1992 g. Tom-2. Gl-29, 40.

  2. V.D.Kamaev, i drugie. Ekonomicheskaya teoriya. (Uchebnik dlya VUZov) M. «Vlados» 1998 g. Gl-20, 21. Str. 505-546.

  3. V.I.Vidyapin, S.S.Gulyamov. Ekonomicheskaya teoriya. T. «Shark» 1999 g. Gl-29. Str. 598-613.

  4. A.I.Dobro`nin, L.S. Tarasevich. Ekonomicheskaya teoriya. (Uchebnik dlya VUZov) Sankt-Peterburg «Piter» 2000 g. Gl-27.Str. 436-456.

  5. Sh.Shodmonov.T.Jo`raev. Iqtisodiyot nazariyasi. T. 2000 yil. XIX-bob.263-271 betlar.

Download 21.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling