Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari


Download 21.55 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi21.55 Kb.
#1194685
  1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari


Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari

Reja:



Kirish

  1. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi

  2. Iqtisodiy fanlarning shakllanishi

  3. Zamonaviy iqtisodiy qarashlar va uning rivojlanish yo’nalishlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Iqtisodiy rivojlanishning mazmuni, omillari, o‘lchamlari va muammolarini o‘rganish doimo iqtisodiy fanlar hamda davlat siyosatining asosiy vazifalaridan bo‘lib kelgan. Ana shu kabi muhim masalalarni samarali hal qilish ko‘p jihatdan kishilarning iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari va sir-asrorlari, ularning talab va hususiyatlari, qonun-qoidalari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsad va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi choralar dasturni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, aholining moddiy farovonligini yuksaltirishga erishmoqda.


  1. Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi

Iqtisodiy bilimlarning vujudga kelishi va iqtisodiy fanlarning shakllanishi Iqtisodiyot sir-asrorlarini bilishga qiziqish juda qadim zamonlarda ham mavjud bo‘lgan. Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlariKsenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston 1McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008. page 39 2McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2008 va Markaziy Osiyo muttafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (bizning eramizgacha IV-III asr) ijtimoiy mehnat taqsimoti, xukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo‘lishi qayd qilingan. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan Konfutsiy (bizning eramizgacha 551-479 y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi jamiyat ―yuqori‖ qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi qo‘rsatilgan. Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari munosib hissa qo‘shgan, Ksenofont (430-354 y.y.,), Platon (427-347 y.y. e.o), Aristotel (384-322 y.y. e.o.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining boshlang‘ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik ne‘matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne‘matlarni to‘g‘ri ayriboshlash, ekvivalent ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli. Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Katona, Varrona, Kalumella) iqtisodiy qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar tengligi qayd qilinadi, adolatli narx printsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy baholash, mulkchilik tushunchasi, boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini bayon qilinadi. Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib, ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘zining qarashlarini bayon qiladi.



  1. Download 21.55 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling