Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


Download 107.93 Kb.
bet8/9
Sana18.10.2023
Hajmi107.93 Kb.
#1707877
1   2   3   4   5   6   7   8   9
STOUN (Stone) Richard — ingliz iqtisodchisi. Uning milliy hisoblarga moliya balansi tizimini kiritishi katta yangilik boʻldi. STOUN Iqgisodiy qarashlarida neokeynechilik tarafdori boʻlib, iqtisodiy oʻsishning koʻp sektorli modelini yaratdi, amaliy ekonometrika sohasida tadqiqotlar olib bordi. Nobel mukofoti laureati (1984).
SKOULS (Scholes) Mayron (1941, AQSH, Kaliforniya shtati) — amerikalik iqtisodchi. Blek bilan hamkorlikda fond bozorida aksiyadorlar opsioni qiymatini aniqlashning prinsipial yangi usulini ishlab chikdi. Bu usul koʻpgina sohalarda iqtisodiy parametrlarni baholashga yangicha yondashuvlarga, shuningdek, moliya dastaklarining yangi tiplarini yaratish va jamiyatda tavakkalchilikni tartibga solishning yanada samaraliroq usulini qoʻllashga imkoniyat yaratdi. Nobel mukofoti laureati (Robert Merton bilan birgalikda; 1997).
Robert Cox Merton (1944, Nyu-York) — amerikalik iktisodchi. ikkilamchi qimmatli qogʻozlar yoki "derivativ"larning opsionlari qiymatini baholashda foydalaniladigan "Blek-Skoulz formula"sini yechishning yangi uslublarini yaratdi. Natijada bu formuladan keng foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1997; Myron Scholes bilan birgalikda.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni taʼkidlamoqchimiz, biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlar davomida bir qator fikrlar va tavsiyalar asosida iqtisodiyot nazariyasi fanini kelib chiqish tarixi hamda yoʻnalishlarini koʻrib chiqdik.Albatta, har bir zamonni oʻz rivojlanish bosqichlari boʻlganidek oʻz iqtisodiy qarashlari ham mavjud boʻladi.Iqtisodiy qarashlar har doim ham bir biriga mos kelavermaydi,shunday ekan ularni eng maqbul boʻlgan ijobiy taraflarini olib,salbiy tomonlarini tashlab yuborish kerak, chunki iqtisodiyot juda murakkab tuzilishga egadir. Iqtisodiy qonun qoidalar qanchalik toʻgʻri oqilona boʻlsa xalq manfaatdor boʻladi va bu o’z-o’zidan iqtisodiy barqarorlikka olib keladi.Iqtisodiy qonun qoidalarni barcha tarmoq bo’yicha bir xil amal qilinishida albatta qarorlarning o’rni beqiyos.Hukumatimiz tomonidan barcha tarmoq va sohalarni raqamli texnologiyalar bilan taʼminlash va chet el andozalaridan keng ko’lamli fikr almashgan holda, yoshlarni chet elga yuborish va ularni tajribalarini o’rganib yurtimizda qo’llashlari orqali keng ko’lamli yo’llar ochib berilmoqda.Chet el tajribalarini qo’llagan holda ishlab chiqarish hamda iqtisodiy yuksalishning eng yuqori bosqichlariga ko’tarilishda asqotadigan tamoyillarni olib kirish koʻzda tutilgan.Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, ishlab chiqarishda,bozor mexanizmida erkinlik bo’lsa iqtisodiy yuksalishga erishiladi.Yurtimizning iqtisodiy salohiyatini saqlab qolishda iqtisodiy ne’matlarni,tabiiy boylik yer usti va yer osti boyliklarni asrab avaylash,ularni kelajak avlodga yetkazish,transport,ishlab chiqarish korxonalarini,zavod va fabrikalarning ishlash samaradorligini nazorat qilgan holda atrof-muhit, ekologiyaga bo’lgan munosabatlarini yaxshilash orqali o’rmon,qishloq xojaligida faol muhitni saqlab qolishdir. Ko'pgina olimlar va mutaxassislar XXI asr iqtisodiyotida jiddiy o'zgarishlar yuz berib, u yangi qiyofaga kirishini qayd etmoqdalar. Yangilangan iqtisodiyot sharoitida yashash va ishlash uchun unda yuz berayotgan o'zgarishlarni anglab, ularga moslasha borish kerak bo'ladi, buning uchun esa “Iqtisodiyot nazariyasi’’ beradigan fundamental bilimlarni egallab olishga to'g'ri keladi. Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-yanvarda bo’lib o’tgan kengaytirilgan majlisida bugungi kunda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etib turishi, dunyoning turli mintaqalarida sodir bo’layotgan qarama-qarshiliklarning kuchayib borishi, jahon bozorida vaziyatning tez o’zgarayotgani dunyoning ko’plab mamlakatlarida investitsion faollikning susayishi real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati pasayib borishi ro’y berib, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko’lamli dasturiy maqsad va vazifalar - islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, tarkibiy o’zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo’lida g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish21to’g’risida keng ko’lamli fikrlarni ta’kidladi. “ Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir”, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig'ilishda. – Biz yangi O’zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat22.
Yurtboshimiz ta’kidlaganidek, mamlakatimizda iqtisodiy o’nglanish, iqtisodiy rivojlanish jarayonlari ma'naviy poklanish, ma'naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un ravishda rivojlantirilishi davlatimiz va jamiyatimizning doimiy diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Shu sababli bozor islohotlari boshqa sohadagi islohotlar kabi pirovard natijada yagona maqsadga — inson manfaatlarini ta'minlash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, odamlarning daromadi va farovonligini izchil oshirib borish, har bir insonga o’zining intellektual, kasb va ma'naviy salohiyatini ro’yobga chiqarish uchun zarur imkoniyatlar yaratib berishga qaratilgan.
“Iqtisodiyot nazariyasi” fani mamlakatimizda yashayotgan hamma kishilarning daromadlari, ulaming turmush darajasi faqat milliy iqtisodiyot taraqqiyotiga bog’liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko’payishi, uning to’g’ri taqsimlanishi va foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog’liqligini ham o’rgatadi va milliy istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga erishuvida muhim rol o’ynaydi.


Download 107.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling