“Iqtisodiyot nazaryasi ” fanidan


Download 30.39 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi30.39 Kb.
#1610066
  1   2
Bog'liq
iqtisodiyot nazariyasi 3 topshiriq Muratova Akjagul

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Mavzu




X ALQARO NORDIK UNIVERSITETI

“Iqtisodiyot nazaryasi ” fanidan


Fan va texnikaning rivojlanishi insoniyat hayotidagi salbiy hodisalar uchun ma’suliyat yuklaydimi?
Mavzusida

Bajardi: Muratova Akjagul

2023-yil
Mavzu:


Fan va texnikaning rivojlanishi insoniyat hayotidagi salbiy hodisalar uchun ma’suliyat yuklaydimi?


Reja:

  1. Fan-texnika taraqqiyoti

  2. Ilm fan va texnika taraqqiyoti masalalari.

  3. Dunyo miqyosida ro‘y berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari.

Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan. 16-asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi, shuningdek ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
Hozirgi kunda dunyoda ildam qadamlar bilan o`zgarib borayotgan, tobora insoniyat olamini o`z domiga tortib va ularning hayotiga chuqurroq kirib, milliy madaniyati va ma`naviyatiga ta`sir etayotgan globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu jarayon natijasida esa, turli tsivilizatsiyalar, madaniyatlar to`qnashuvi sodir bo`lib, bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi oqibatida millatlar ma`naviyatiga tahdidlar solishiga sabab bo`lmoqda. Bu jarayonni ijobiy va salbiy mohiyatini terang anglagan Prezidentimiz Islom Karimov muallifligi asosida joriy yilda “Ma`naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “YUksak ma`naviyat-engilmas kuch” nomli asarlarining uchinchi bobida “globallashuv jarayonlari va ma`naviy tahdidlar” misolida alohida to`xtalib o`tganlar. Prezidentimiz ushbu asarda globallashuv fenomeni haqida quyidagicha yondashib, “bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”[1][16] kabi o`z fikrlarni bildirib, masalani mohiyatini to`laroq ochib berganlar. Keling, shu o`rinda globallashuv so`zi o`zi nima ekanligi, to`g`rirog`i tub lug`aviy ma`nosini aniqlab olsak, “Global” atamasi frantsuz tilida global-“umumiy”, lotin tilida globus-“shar” degan ma`nolarni anglatadi. YA`ni, globallashuv “hammasini to`liq qamrab oluvchi” atama sifatida sharhlanishi mumkin. Global muammolarning paydo bo`lishi globallashuv kontseptsiyalarining shakllanishiga olib keldi. Hatto bu jarayon natijasida umuminsoniy muammolarni o`rgatuvchi fan-globallashuv (global studies) vujudga keldi. Bu fan markazida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar turadi.
So`nggi paytlarda, ayrim ko`zga ko`ringan g`arb mamlakatlari o`z maqsadlariga erishish yo`lida halqaro huquq me`yorlarini buzib, davlat va xalqlarning suverenitetiga qarshi chiqib, jahonda o`z tartiblarini o`rnatishni faollashtirib bormoqdalar. Bunga Iroq va Afg`onistonda olib borilgan urushlar, Qirg`iziston va O`zbekistondagi inqilobiy harakatlar yoki bo`lmasa yaqin kunlarda sodir bo`lgan Gruziya va Janubiy Asetiya o`rtasidagi ixtiloflar yaqqol misol bo`la oladi. G`arbning bu agressiv siyosatiga hech qanday halqaro tashkilot yoki davlat to`sqinlik qila olmadi. Bundan tashqari, madaniyat sohasida ular o`z rivojlangan OAV lari orqali qolgan hududlarni o`z qarash, yondashuvlariga moslashtirib, qadriyatlarini singdirib bormoqdalar. Afsuski, bunday ta`sirlarga to`siq qo`yishning iloji yo`q. Sababi, bugungi kunda XXI asr buyuk texnologiyalar asri deb ham yuritilib, buning asosida hatto bir kichkinagina axborotning tarqalishi ham ko`zga ko`rinmas darajada, tez sur`atlarda amalga oshirilmoqda. Bunda, “o`rgimchak to`ri” deb nomlanmish internetning xizmatlari ko`magi asosida dunyoning bir burchagida sodir bo`lgan biror bir voqea-hodisa tafsiloti dunyoning ikkinchi burchagiga yashin tezligidek, etib bormoqda. SHu bilan birga, kishilarning bundan boxabar va bexabar bo`lishi yoki axborotning biror “elementini” o`zlashtirishi salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. Ammo bu erda, achinarli tomoni shundaki, axborot aniq va noaniq bo`lishi kishilarni chalg`itib qo`yayotir. SHu boisdan, hech ikkilanmay aytish mumkinki, axborot psixologik xavfsizlik tahdidining namoyon bo`lishi va uning insoniyat ongiga keskin ta`sir qilishi, mana shunday holatlarning negizida vujudga kelmoqda desak, mubolag`a bo`lmaydi. Bundan tashqari, SHarq uchun absurd bo`lib tuyulgan sifatlar ham kirib keldi. Bu esa, o`z-o`zidan yoshlar ongini zaharlanishi, o`z hayotiy-milliy qadriyat va urf-odatlariga, bundan ham xavflisi ma`naviyatiga xilof ravishda, chet el madaniyatini “ommaviy madaniyat” sifatida o`zlashtirayotganligi, yoshlarni g`arb foydasiga fikr, xulosa chiqarishlariga moyil qilib qo`ymoqda. SHuningdek, milliy tillar ayrim xorijiy tillar so`zlari, birikmalari bilan ifloslanmoqda. Insonlar bir xil ovqatlarni iste`mol qiladilar, bir xil kiyinadilar, bir xil fil`mlarni ko`radilar, ma`lumotlarni OAV dan oladilar. Bu holat umumiylikni yoki g`arblashuvni yuzaga keltirib, milliylikni unutilishiga, izdan chiqishiga, eng qo`rqinchlisi yo`qolishiga sabab bo`lmoqda. Ammo mana shunday vaziyatda insonlarning globallashuv jarayoni ta`sirida ma`naviy va mafkuraviy tahdidlarga mustahkam iroda bilan dosh berish va kurashish uchun ularda yagona imkoniyat mavjud bo`lib, bu mafkuraviy immunitet hisoblanadi. Bu o`rinda, mafkuraviy ta`sir haqida gap ketar ekan, buni biz birgina Prezidentimiz ta`biri bilan izohlashimiz mumkin, “Globallashuv jarayonining yana bir o`ziga xos jihati shundan iboratki, hozirgi sharoitda u mafkuraviy ta`sir o`tkazishning nihoyatda o`tkir quroliga aylanib, har xil siyosiy kuchlar va markazlarning manfaatlariga xizmat qilayotganini sog`lom fikrlaydigan har qanday odam, albatta, kuzatishi muqarrar”[3][155]. SHunday bo`lsa ham, globallashuv jarayoni ta`siri ostida bu immunni yuzaga chiqarishda har bir davlatning milliy g`oya va mafkurasi alohida ahamiyatga ega. Albatta, bunda, mafkura negizi vatanga muhabbat, sadoqat, ishonch tuyg`ulariga yo`g`rilgan bo`lib, ajdodlarning asriy orzusi bo`lgan tinchlik va osoyishtalik, uni asrab-avaylash, mustahkamlash hamda asrlar osha davom etib kelayotgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an`analarimizni kelajak avlodlarigacha etib borishini ta`minlash, maqsadiga qurilgan bo`lgandagina, mafkuraviy immunitet yuzaga chiqadi




Download 30.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling