Iqtisodiyot tarmoqlar va sohalar bo’yicha 2. guruh talabasi Qadamov Sarvarning Falsafa fanidan tayyorlagan tagdimoti
Deformasiyalashgan bozor iqtisodiyoti
Download 135 Kb.
|
Matematika Ro\'zmetova Zuhraxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Deformasiyalashgan bozor iqtisodiyoti.
4. Deformasiyalashgan bozor iqtisodiyoti. Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiriladigan tizim deformasiyalashgan bozor iqtisodiyotiga eng yorqin misol bo’la oladi. U o’zining quyidagi jihatlari: 1. Turli mulk shakllariga asoslangan bozor subyektlarining yo’qligi. 2. Resurslarni taqsimlash haddan tashqari markazlashtirilib, tijorat faoliyatida mustaqillikning yo’qligi.
3. Ishlab chiqarishda monopoliyalarning hukmronligi. 4. Talab va taklif muvozanatining buzilishi, uning borgan sari kuchayib borishi. 5. Milliy ishchi kuchi bozorining yo’qligi. 6. Tovar-pul munosabatlarining deformasiyalashuvi, nobozor munosabatlarning ustunligi. 7. Samarali xo’jalik faoliyati yuritishga intilishning yo’qligi, barcha subyektlar iqtisodiy manfaatlarining deformasiyalashuvi va boshqalar bilan xarakterlanadi. Natijada: a) tovar taqchilligi kuchayadi; b) iste’molchilarning tanlab olish imkoniyati tobora cheklana boradi;
v) «pinhoniy iqtisodiyot», chayqov bozori tobora gullab-yashnab boradi. Bozor iqtisodiyoti deformasiyalashuvini tugatish orqaligina, bozorning rivojlanishi uchun normal sharoit yaratilgan taqdirdagina uning salbiy oqibatlarini tugatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining ibtidoiy hamda madaniylashgan bosqichlari o’rtasida katta farq mavjud. Bozor iqtisodiyoti yetuklik bos-qichiga ko’ra o’zining sifat belgilari bilan farq qiladi.
Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling