Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)/Kunduzgi
V. KONTRAKTNING AMAL QILISH MUDDATI, UNGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH HAMDA BEKOR QILISH TARTIBI
Download 85.12 Kb.
|
KU 23408978
V. KONTRAKTNING AMAL QILISH MUDDATI, UNGA O'ZGARTIRISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH HAMDA BEKOR QILISH TARTIBI
5.1 Ushbu kontrakt shartlariga ikkala tomon kelishuviga asosan tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. 5.2 Kontraktga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda “Kontraktga qo‘shimcha bitim” tarzida kiritiladi va imzolanadi. 5.3 Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin: Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan. “Talaba” talabalar safidan chetlashtirganda “Universitet” tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin; Tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda; Talaba OTMning ichki hujjatlarida belgilangan qoidalarni bir marta qo'pol yoki muntazam ravishda buzgan, huquqbuzarlik va/yoki jinoyat sodir etgan hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qilish; Akademik ta'tildan keyin yoki o'qishni to'xtatishdan keyin o'qishni davom ettirishda uzoq vaqt kechiksa. Kechikishning haddan tashqari ko'pligi Universitet rahbariyati tomonidan alohida ko'rib chiqiladi; Talaba/Buyurtmachi tomonidan qabul imtihonlarida ayyorlik, tovlamachilik, firibgarlik va boshqa shunga o'xshash belgilangan tartibga zid yo'llar bilan o'qishga qabul qilinganligi aniqlanganda; Talaba o'qish davrida korrupsiya yoki korrupsiya holatlari bilan bog'liq huquqbuzarlikni amalga oshirgani aniqlanganda; Talaba vafot etsa; 5.4 OTMning boshqa bino/joyga ko'chirilishi, masofaviy ta'lim shakliga o'tishi taraflar ixtiyoriga bog'liq bo'lmagan holat hisoblanmaydi va Talaba OTMning talabiga ko'ra boshqa bino/joyga va/yoki masofaviy ta'lim shaklida o'qishni davom ettirishi kerak bo'ladi. Ushbu holatda Talaba ushbu shartlarga rozi bo’lmasa va o’qishni davom ettirmasa OTM shartnomani bir tomonlama bekor qilib amalga oshirilgan to'lovni qaytarmaydi. Agar Talaba ungacha muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to’lovi miqdorida; agar shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1-yillik to’lov miqdorida) to’lovni amalga oshirmagan bo’lgan taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to’lasni o’z majburiyatiga oladi. Download 85.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling