6 0310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)/Kunduzgi
To‘lov-kontrakt (ikki tomonlama) asosida mutaxassis tayyorlashga
KONTRAKT № KU 23408978
Toshkent shahri 05.07.2023-yil
Ta'lim to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 930-sonli qarori hamda Universitetning ilmiy kengashining yig'ilish bayonnomasiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan 056223-sonli litsenziya asosida faoliyat ko'rsatayotgan “TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUV VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI” MCHJ (keyingi o'rinlarda “universitet”) nomidan rektor (direktor) XAKIMOV AZIZBEK XATAMOVICH bir tomondan, XO‘JAYOROV G‘AYRAT ASLIDDIN O‘G‘LI (pasport seriya va raqami: AD 2269418) (keying o'rinlarda “Talaba”) ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladigan shaxslar mazkur kontraktni quyidagicha tuzdilar:
KONTRAKT PREDMETI
1.1. Ta’lim muassasasi ta’lim xizmatini ko‘rsatishni, Ta’lim oluvchi o‘qish uchun belgilangan to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishni va tasdiqlangan o‘quv reja bo‘yicha darslarga to‘liq qatnashish va ta’lim olishni o‘z zimmalariga oladi. Ta’lim oluvchining ta’lim ma’lumotlari quyidagicha:
Ta’lim bosqichi: Bakalavr
Ta’lim shakli: Kunduzgi
O‘qish muddati: 4-yil
O‘quv kursi: 1-kurs
Ta’lim yo‘nalishi: 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
1.2. “Universitet”ga o‘qishga qabul qilingan “Talaba”lar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va davlat ta’lim standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va fan dasturlari asosida ta’lim oladilar.
II. TA’LIM XIZMATINI KO‘RSATISH NARXI, TO‘LASH MUDDATI VA TARTIBI
2.1. “Ta’lim muassasasi”da o‘qish davrida ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxi, har o'quv yili boshida, Universitet kengashi tomonidan tasdiqlanadi. O‘qitishning kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim xizmati ko‘rsatish narxining “stipendiyasiz” shakli mavjud bo‘lib, ta’lim olish davrida talabaga universitet tomonidan stipendiya to'lanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |