Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)/Sirtqi


VI. YAKUNIY QOIDALAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI


Download 0.91 Mb.
bet6/7
Sana11.11.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1766626
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SI 23813710

VI. YAKUNIY QOIDALAR VA NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1 Ushbu kontraktni bajarish jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizo va ziddiyatlar tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etiladi.
6.2 Muzokaralar olib borish yo‘li bilan nizoni hal etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, tomonlar nizolarni hal etish uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq iqtisodiy sudga murojaat etishlari mumkin.
6.3 “Universitet” axborotlar va xabarnomalarni internetdagi veb-saytida, axborot tizimida yoki e’lonlar taxtasida e’lon joylashtirish orqali xabar berishi mumkin.
6.4 Kontrakt 2 (ikki) nusxada, tomonlarning har biri uchun bir nusxadan tuzildi va ikkala nusxa ham bir hil huquqiy kuchga ega.
6.5 Ushbu kontraktga qo‘shimcha bitim kiritilgan taqdirda ushbu barcha kiritilgan qo‘shimcha bitimlar kontraktning ajralmas qismi hisoblanadi.
VII. FORS-MAJOR
7.1 Tomon shartlari yuzaga kelganda, tomonlar mazkur shartnoma bo'yicha majburiyatlarni qisman yoki to'liq bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
7.2 Tomonlar shartnomani bajarmaslik yoki kechiktirmaslik yoki bajarmaslik oqibatlari yoki ushbu shartnoma bajarilishining kechikishi uchun, agar bu Shartnoma ishtirokchilariga bog’liq bo’lmagan hollarda sodir bo’lgan har qanday voqea, shu jumladan,
faqat davlat organi yoki ma'muriyati tomonidan qabul qilingan tabiiy ofat, urush yoki favqulodda holat bilan cheklanmagan holda, ular taraflar tomonidan ushbu shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga imkon bermagan hollarda boshqa shaxs oldida javobgar bo'lmaydilar.
7.3 Shartnoma tomonlardan qaysi biri uchun majburiyatlarni yengib bo’lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlar ma’lum bo’lsa, darhol ikkinchi tomonni 10 ish kuni ichida ogohlantirishi lozim. Ushbu holatda OTM masofaviy uslubda ta’lim berish imkonini yo’lga qo’yish huquqiga ega va Talaba bu uslubda ta’lim olishga roziligini bildiradi. Ushbu holatda OTM Talabaga 10 ish kuni ichida masofaviy ta’lim shaklini taklif qiladi. Talaba ushbu taklifga 10 ish kuni ichida yozma tarzda javob qaytarishi lozim bo’ladi, aks holda ushbu shartnoma bekor qilingan deb hisoblanadi. Agar Talaba masofaviy shaklda o’qishni davom ettirishga norozilik bildirsa shartnoma shartlari bajarilmagan deb hisoblanadi va shartnoma bekor qilinadi, to’lov qaytarilmaydi. Agar Talaba ungacha bo'lgan muddatda ushbu shartnomada belgilangan (1-semestr to’lovi miqdorida; agar shartnoma 2-semestr davrida bekor qilinsa – 1-yillik to’lov miqdorida) to’lovni amalga oshirmagan bo’lgan taqdirda Talaba ushbu qarzdorlikni to’lasni o’z majburiyatiga oladi.
7.4 Ushbu shartnomaning 7.3 bandida ko’rsatilgan shartga asosan fors-major holatlari ta’limni masofaviy amalga oshirishga imkon bersa tomonlar o’z majburiyatlarini masofaviy ta’limga asosan amalga oshiradilar. Bunda Talaba masofaviy ta’lim olish uchun talab qilingan barcha texnik va boshqa jihatdan sharoitni yaratishni o’z zimmasiga oladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling