Iqtisodiyot


-rasm. Pulning vazifalari


Download 1.43 Mb.
bet5/5
Sana25.04.2020
Hajmi1.43 Mb.
#101397
1   2   3   4   5
Bog'liq
курс иши образец


7-rasm. Pulning vazifalari

Dastlab pul birliklari va ularning nomlari ko‘pincha muayyan og‘irlikda nodir metallar bilan bog‘liq bo‘lgan, valyuta tizimlarining nomlari (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o‘tishi bilan, «vazn» nomi pul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko‘proq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bo‘lib ularning biri shu bilan bog‘liqki, tarixan uncha nodir bo‘lmagan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda pul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning pul bilan ifodalangan nomi bo‘lgan. Lekin oltin qiymat o‘lchovi sifatida kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o‘z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo‘lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish bo‘lib bunda davlat pul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko‘ra kamroq miqdorda pul materiallarini sarflaydi.



2. Muomala vositasi. Tovar muomalasi jarayonida pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi. Pulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo‘lib maydonga chiqadi.

Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda pul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo‘lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug‘dirgan: pul metallni o‘lchash, uni mayda bo‘laklarga bo‘lish, sifatini belgilash zarur bo‘lgan. Asta-sekin pul metall quymalari o‘rniga tangalar ishlatila boshlagan. Tangalar o‘z vazni va sifati jihatidan ma‘lum miqdordagi metaladan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo‘ladi.

Oltin pul muomalasi amaliyoti ko‘rsatadiki, uzluksiz muomalada bo‘lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o‘z massasining bir qismini yo‘qotadi va to‘la qiymatli bo‘lmagan pulga aylanadi. SHu sababli muomalaga oltin o‘rnini bosuvchi pul sifatida to‘la qiymatli bo‘lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.

Muomala vositasi vazifasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

-bu vazifani real, naqd pullar bajaradi;

-tovar va pul bir-biriga qarama-qarshi, bir trayektoriyada harakat qiladi;

-tovar va pul harakati bir vaqtda yuzaga keladi;

-tovar sotuvchi va tovar sotib oluvchi o‘rtasidagi munosabat tugallanadi va tomonlar tovarga yoki pulga ega bo‘ladilar;

-pul muomala vositasi bo‘lishi uchun, avvalambor, qiymat o‘lchovi bo‘lishi kerak.

3. Boylik to‘plash vositasi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o‘zini bozor tasodiflaridan ehtiyot qilish va o‘z tovarini sota olish yoki olmasligidan qat‘iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun o‘zini ma‘lum pul zahirasi bilan ta‘minlashi kerak.

Natural xo‘jalik sharoitida boylik mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik jamg‘arishning pul shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo‘lmaydi, pulni istagan miqdorda saqlash mumkin.

Tovar xo‘jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg‘arish uni muomaladan chiqarib olish yo‘li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo‘sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga keltirishga, uni foydali joyda ishlatish yo‘lini topishga intildilar. Shuning uchun pul saqlash uchun banklarga qo‘yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to‘plab, kredit vositasida foydalanadi.

Boylik to‘plash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki qog‘oz pul materiallari, oltin buyumlar, xorijiy valyutalar va boshqalar ham uynay oladi.



4. To‘lov vositasi. Tovarlar nasiyaga, to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. Pul qarzga berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to‘lash o‘rtasidagi vaqt jihatidan ajralish paydo bo‘ladi? Buning eng tub sababi ishlab chiqarish sikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo‘jaligida hosil bir yilda bir marta yig‘ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida turli xil tovarlar kerak bo‘ladi. Pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xar xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo‘jalik aylanmasini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan qog‘oz pullar, veksel va banknotlar kelib chiqqan.

Pulning to‘lov vositasi vazifasi quyidagi majburiyatlarni bajaradi:

-korxona, tashkilotlar o‘rtasida tovar va xizmatlar uchun to‘laganda;

-davlat budjetiga va kredit tizimiga to‘lovlarni amalga oshirganda (foydadan to‘lanadigan to‘lovlar, kredit bo‘yicha qarz va foizlarni to‘lash va boshq.);

-ishchi-xizmatchilarga ish haqi to‘lash va aholiga boshqa to‘lovlarni to‘lash (nafaqa, stipendiya va boshq.);

-boshqa har xil qarz va majburiyatlarni to‘lash (masalan, kreditga olinganligi uchun to‘lov, uy-joy, elektr energiyasi va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar)da amalga oshiriladi.



5. Jahon pullari. Xalqaro mehnat taqsimoti va tovarlar va xizmatlar almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari pul uchun yangi vazifa - xalqaro bozorda tovarlar almashinuviga xizmat qiladi. Xalqaro kredit bozorlarida turli mamlakatlarning pul birliklarini taqqoslash muhim shartdir. Har bir mamlakat o‘z narx shkalasiga ega. Milliy valyuta birliklarini taqqoslashning o‘ziga xos vositasi mavjud ayirboshlash kursi. Odatda, pul barcha funksiyalarini bir vaqtda ketma-ket bajarishi mumkin. Ba’zida mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy barqarorlikka qarab, pulning funksiyalari bir-biridan ajralib qolishi ham mumkin. Masalan, 1940-yillarda Xitoyda tovarlar bahosi AQSH dollarida aniqlangan, hisob-kitoblarda, tovar sotish va sotib olishda Xitoy valyutasi qo‘llanilgan. Xuddi shunday hol giperinflatsiya davrida Argentina, Meksika kabi mamlakatlarda joriy qilingan. Bu mamlakatlarning milliy valutasi muomala va to‘lov vositasi sifatida ishlatilgan.10
4. Hozirgi zamon pulining tabiati va uning rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar

Hozirgi zamon puli tovarlarni ayriboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko’pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir.11 Pul tabiatining o'ziga xos xususiyati shundaki, ularga bo'lgan talab, asosan, ularni valyuta vositasi sifatida ishlatish bilan bog'liq bo'lib, bu ularning iste'mol qiymatiga bo'lgan talabni kamaytirishga yordam beradi. XXI asrda naqd va naqdsiz pul muomalasi mavjud bo‘lib, eng ko‘p qo‘llaniladigan pul shakllari – bu qog‘oz, kredit va elektron pullardir.

Kredit pullar qog‘oz pullar bilan qo‘shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Kreditning va kredit tizimining rivojlanishi bilan pulning to‘lov vositasi sifatida qo‘llanish sohasi ancha kengaydi, kredit pullarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit – qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqardi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli puxtaroq kafolatga ob’yektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot paydo bo‘ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o‘rniga bank tomonidan beriladigan vekseldir. Shunday qilib, banknot pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yana bir turi – cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o‘z hisobidagi puldan chekda ko‘rsatilgan shaxsga berish to‘g‘risida bankka yozilgan buyruqlardir.




8-rasm. Hozirgi zamon puli

Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd pul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o‘zaro bir-biriga o‘tkazish yo‘li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.

Tez almashish (likvidlik) tushunchasi, hozirgi zamon qog‘oz pullarini (so‘m, tanga, dollar, lira va h. k.) bevosita sotib olish va har xil to‘lovlarni amalga oshirish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, osonlik bilan qo‘yilgan maqsadni ro‘yobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha yengil avtomashina bo‘lsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bo‘lib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma’lum miqdordagi pul summasiga (dollar, marka va h. k.) ega bo‘lsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayirboshlay olasiz. Pul mutloq tez almashish layoqatiga ega bo‘lishi sababli qiymatni saqlashning eng likvid vositasi hisoblanadi.

Har bir davlatning o‘z milliy valyutasi bo'lgani kabi O'zbekistonda ham milliy valyuta - so‘m mavjud. O‘zbekistonning amaldagi milliy valyutasi so‘m — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentabrdagi №952-XII qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 16 iyundagi PF-870 sonli farmoniga binoan, 1994 yilning 1 iyulida so‘m muomalaga kiritilgan. 

So‘m qadri tushib borishi bilan past nominaldagi qog‘oz pullar muomalada ko‘proq ushlab turilishi uchun tanga ko‘rinishidagi so‘mlarga almashtirib borilgan. Jumladan, 1997 yilda ilk marta 1, 5 va 10 so‘mlik tangalar muomalaga kiritilgan. Bunday ko‘rinishdagi tanga so‘mlar 1998, 1999 yillarda ham ishlab chiqarilgan. 2000 va 2001 yillarda 1, 5 va 10 so‘mlik tangalarning hajmi kichraytirilgan va dizayni o‘zgartirilgan. Bundan tashqari, po‘lat, mis va nikel qotishmali 50 so‘mlik (2001) va 100 so‘mlik (2004) tangalar ham muomalaga kiritilgan. Markaziy bank 2018 yilda mayda kupyuralarni 50, 100, 500 so‘mlik yangi namunadagi tangalarga almashtirdi hamda 200 so‘mlik tangalarni chiqardi. Tangalarda Toshkentdagi Alisher Navoiy haykali, Toshkentdagi Amir Temur haykali, Toshkent kuranti, Samarqanddagi Registon maydoni, Oq saroy, Oliy Majlis binosi, Temuriylar tarixi muzeyi, Toshkentdagi Mustaqillik maydonidagi monument, Toshkent tennis korti fonidagi tennischi, Milliy kurash tushayotgan polvonlar, futbol maydoni fonidagi futbolchi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi fonida mash'ala ushlagan sportchi tasvirlangan.12

So‘m dizaynida qadimiy naqshlarga, yurtimizdagi osori atiqalar tasviriga katta e'tibor berilgan. 1 so‘mlikning orqa tarafida Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik Katta teatri, 3 so‘mlikda — Buxorodagi Chashmai Ayyub maqbarasi, 5 so‘mlikda — O‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy sharafiga o‘rnatilgan haykal va me'moriy kompozitsiya, 10 so‘mlikda — Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasi, 25 so‘mlikda — Samarqanddagi «Shohi Zinda» tarixiy-me'moriy ansambli, 50 so‘mlikda Samarqanddagi Registon tarixiy-me'moriy ansambli, 100 so‘mlikda — Istiqlol saroyi (sobiq Xalqlar do‘stligi saroyi) tasvirlangan. Keyinchalik, Toshkentda 144 x 78 mm o‘lchamda chop etilgan katta kupyuralarning dizayni o‘zgartirilgan. Old qismida O‘zbekiston Respublikasining kattalashtirilgan gerbi, orqa qismida asosan mustaqillik yillarida barpo etilgan inshootlar tasvirlangan. 200 so‘mlikda Samarqanddagi Registon ansamblining Sherdor madrasasida tasvirlangan, quyosh orqalagan sherning ramziy tasviri, 500 so‘mlikda Toshkentda Amir Temurga o‘rnatilgan haykal, 1000 so‘mlikda Toshkentdagi Temuriylar tarixi muzeyi binosi, 5000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi binosi, 10000 so‘mlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senati binosi tasvirlangan. O‘zbekistonda 2019 yilning 25 fevraldan boshlab qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknot ko‘rinishidagi yangi pul belgisi muomalaga chiqarildi. Qiymati 100 000 so‘m bo‘lgan banknotning mavzusi (tematikasi) buyuk o‘zbek olimi Mirzo Ulug‘bek faoliyati va uning astronomiya fanidagi yutuqlariga bag‘ishlangan.

Mamlakatimizda muomaladagi pullar tarkibini 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.

1-jadval.

O‘zbekistondagi pul massasi tarkibi, mlrd. so‘m13


Ko‘rsatkichlar

01.01.2017 y.

01.01.2018 y.

01.01.2019 y.

Milliy valyutada pul massasi, ulardan:

43 468,6

47 524,4

58 464,7

Muomaladagi naqd pullar

13 208,7

19 448,9

22 164,2

Milliy valyutadagi depozitlar

30 256,9

28 075,5

36 300,5

Xorijiy valyutadagi depozitlar

8 757,6

25 699,1

25 268,9

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turganiday, respublikamizda asosiy ulushni milliy valyutadagi depozitlar tashkil etadi, ularning hajmi ikki yilda 6 mlrd. so‘mga oshganini ta’kidlash mumkin. Naqd pullar ulushi xali yuqori darajada ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Rivojlangan davlatlarda naqd pullar pul massasining 25%dan oshmaydi, bizning iqtisodiyotimizda Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra 2017 yil 1-yanvarga qadar naqd pullar 30,4 foizni, 2018 yil – 41 foizni, 2019 yil 1 yanvariga qadar esa 38 foizni tashkil etganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa davlatning pul-kredit siyosatida naqdsiz pul muomalasini yanada rivojlantirish, elektron to‘lovlar tizimini barcha viloyatlarda joriy etish va banklarning depozit siyosatini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.



2-jadval.

Milliy iqisodiyotda pul agregatlari dinamikasi, mlrd. so‘m14

Sana

Keng ma’nodagi 
pul massasi 
(M2)*

shu jumladan:

Milliy valyutadagi pul massasi

CHet el valyutasidagi depozitlar 
milliy valyuta ekvivalentida

Jami

shundan:

Muomaladagi naqd pullar
(M0) 

Milliy valyutadagi depozitlar

01.01.2018

73 223

47 524

19 449

28 076

25 699

01.02.2018

73 828

47 299

19 007

28 292

26 530

01.03.2018

73 389

46 581

18 482

28 100

26 808

01.04.2018

74 066

48 309

18 230

30 079

25 757

01.05.2018

74 633

49 308

18 627

30 681

25 325

01.06.2018

76 274

51 690

20 035

31 655

24 584

01.07.2018

77 489

54 483

21 663

32 820

23 006

01.08.2018

78 744

56 719

22 507

34 212

22 025

01.09.2018

80 962

57 935

23 019

34 916

23 027

01.10.2018

82 110

56 538

22 405

34 133

25 572

01.11.2018

83 830

57 320

22 700

34 620

26 510

01.12.2018

82 065

56 734

21 908

34 825

25 331

01.01.2019

83 734

58 465

22 164

36 300

25 269

01.02.2019

82 688

55 486

21 325

34 161

27 202

01.03.2019

83 088

55 478

21 198

34 281

27 610

Tahlil qilingan davrda olib borilgan islohotlar natijasida keng ma’nodagi pul massasi va milliy valyutadagi pul massasi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Keng ma’nodagi pul massasi o‘z ichiga muomaladagi naqd pullarni, shuningdek rezidentlarning milliy va chet el valyutalaridagi talab qilib olguncha, jamg‘arma va muddatli depozitlarini va tijorat banklari tomonidan chiqarilgan milliy valyutadagi qimmatli qog‘ozlarni (aksiyalardan tashqari) oladi.

Hozirgi zamon pulining tabiati va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar:

-davlat budjeti taqchilligi;

-nazoratsiz emissiya;

-investitsiyani qisqartirish;

-ishlab chiqarish hajmining pasayishi;

-iste’molchilar foydalarining pasayishi;

-valyuta birjasidagi o‘yin;

-mamlakat pul tizimiga bevosita o‘zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;

-iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;

-iqtisodiyotni ko‘tarish bo‘yicha aniq ishlangan dasturning yo‘qligi;

-xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.

-mamlakatlar o'rtasidagi savdo hajmi (ma'lum bir mamlakat bilan savdo almashinuvi qanchalik katta bo'lsa, bu mamlakatning milliy valyutasiga bo'lgan talab shunchalik yuqori bo'ladi);

- inflyatsiya darajasi va mamlakat iqtisodiyotining holati;

- milliy valyutaning xarid qobiliyati;

- mamlakatning iqtisodiy holati;

- mamlakatdagi siyosiy holat;

-mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligi kabi omillar ta'sir qiladi.

Pul – bu ayirboshlashning umumiy tan olingan vositasi. Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai nazariga ko‘ra pul shu sababli qadrlanadiki, ular qiymatga ega bo‘lgan, «qog‘oz» dan qilinadi degan noaniq fikrni bildirishadi. Agar odamlar nimanidir pul deb hisoblashga kelishishsa, ana shu «nimadir» pul hisoblanadi degan noto‘g‘ri fikrlarni ko‘rish mumkin. Demak, pulning qadri uning qiymatdan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib chiqadi degan sub’ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon pulining barqarorligi (xarid qilish layoqati-ning o‘zgarmasligi) davlatning tovar zahiralari bilan ham bog‘liqdir. Agar qog‘oz pullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga ega bo‘lishdan to‘xtasa, bunda ularning qadr – qiymati butunlay yo‘qolguncha tushib boradi. Shunday ekan qog‘oz pullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur bo‘lgan qog‘oz pullar miqdori muammosi bilan uzviy bog‘liq.

Xulosa

Pulning vujudga kelishi tarixiy jarayon, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasidir. Oltin (yoki kumush) pul umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovar bo‘lgan. Odamlar pul uchun deyarli hamma narsaga tayyor va pul odamlarga deyarli barcha narsani berishi mumkin. Pul – bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan, umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi maxsus tovardir. Hozirgi zamon puli tovarlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi, umumko‘pchilik tomonidan tan olingan va davlat tomonidan qonunlashtirilgan vositadir.

 Tovar ishlab chiqarish bilan bog’liq holda pul kelib chiqar ekan, uning kelib chiqishi haqida ham qator nazariyalar borki, bu masalaga yondashuvga ko’ra umumiy ravishda ikkiga: ratsionalistik va evolyutsion yondashuvgv bo’lish mumkin. Birinchisi sub’ektiv psixologik yondashuv bo’lib, pulning kelib chiqishi kishilar o’rtasidagi kelishuv tufayli yuz bergan degan fikr bildirsalar, ikkinchisi esa pud jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining mahsuli deb ko’rsatishadi.

Pul bozor iqtisodiyotining eng universal, eng yuqori likvidli vositasi bo’lib, qiymat o’lchovi, muomala, jamg’arish funksiyasini bajaradi. Hozirgi paytda kredit va elektron pullar keng qo’llanila boshladi. Kredit pullar sifatida rivojlangan davlatlarda to’lov va muomala vositasi sifatida keng qo’llaniladigan cheklar, depozitlar, veksellar, sertifikatlar ishlatiladi. Elektron pullar esa kompyuter va boshqa informatsion tizimlar orqali har qanday ayirboshlash operatsiyasi  uchun to‘lanadigan_pullar_hisoblanadi._Ya’ni,_hozirgi_zamon pullari har qanday tovarni ayirboshlash yoki qarz to‘lashga  qabulqilinadigan  davlat  tomonidan  belgilangan  ekvivalentlikning  umumiy vositasi. Hozirgi paytda mamlakatdagi barcha naqd va naqd bo’lmagan, «kvazi» pullar birgalikda pul massasini tashkil qiladi.

Pul iqtisodiy va iqtisodiy bo'lmagan munosabatlarning kuchli regulyatori hisoblanadi. Kreditlash va boshqa operatsiyalar pul yordamida amalga oshiriladi.

Pul, pul nazariyasi va tizimining nazariy asoslarini, pul va naqdsiz hisob-kitoblarni ko'rib chiqib, iqtisodiyotda pulning rolini aniqlash uchun quyidagi xulosalarni chiqarishimiz mumkin: pul milliy bozor doirasida xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning haqiqiy aloqasi sifatida faoliyat yuritadigan universal ekvivalentdir. Ularning evolyutsiyasi tashqi ko'rinishdagi bozor munosabatlarining evolyutsiyasi bilan belgilanadigan universal ekvivalentdan boshqasiga o'tish shaklida namoyon bo'ladi. Eng muhim iqtisodiy kategoriya sifatida pul bozorning barcha sub'yektlarini yagona reproduktiv jarayonga bog'laydi. Pulni ko'p tomonlama ishlatish va ularning jamiyat rivojlanishiga ta'siri, asosan, mahsulot bozor sub'yektlari tomonidan o'z iste'moli uchun emas, balki pul uchun sotiladigan boshqa iste'molchilar uchun ishlab chiqarilganiga asoslanadi.

Pul tovar ishlab chiqarishning qarama-qarshiligiga yo'l qo'ydi: iste'mol qiymati va qiymati, ya'ni bir kishi uchun bir xil mahsulot iste'mol xarajatlari va qiymatiga ega bo'lmaydi. Pul kelishi bilan tovar dunyosi ikki qismga bo'lingan-bu mol va boshqa barcha tovarlar kabi pul. Iste'mol qiymati barcha tovarlar tomoniga qaratilgan va xarajat pul tomonida.

Pul bozor iqtisodiyotida muhim rol o'ynashi mumkin degan xulosaga kelish mumkin. Bu quyidagilarda namoyon bo'ladi:

1. Pulning ijtimoiy roli, ularning iqtisodiy tizimdagi vazifasi, ular tovar ishlab chiqaruvchilar o'rtasida bog'lovchi sifatida harakat qilishidir. Ular ijtimoiy ishlab chiqarishning umumiy sharti, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy iqtisodiy aloqalarining "vositasi", tovar xo'jaliklarida ijtimoiy mehnatni o'z-o'zidan hisobga olish vositasi.

2. Pul sifat jihatidan rol o'ynaydi - ular kapital yoki o'z-o'zidan o'sib borayotgan qiymatga aylanadi. Pul, ularning ishlashi sanoat kapitalining aylanmasiga kiritilganligi sababli, yakka tartibdagi kapitalni ko'paytirishda pul kapitaliga aylanadi va ular boshlang'ich nuqtani va uning aylanishining natijasini ifodalaydi:

Pulning kapital sifatida roli ularning vazifalari orqali namoyon bo'ladi. Shunday qilib, korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymati pul bilan ifodalanadi. Shu bilan birga, pul ham qiymat va pul kapitalining o'lchovidir. Agar mahsulot naqd pulga sotilsa va pul ishlab chiqarish vositalari sotib olinsa, pul ham aylanma vositasi, ham kapital sifatida xizmat qiladi. Agar mahsulot kreditga sotilsa va kredit muddati tugagandan so'ng qarz majburiyatlari pul bilan to'lansa, bu erda ular kapital va to'lov vositasi sifatida xizmat qiladi.

Pulning mohiyati aylanma mablag'lar va jamg'arish vositalarining qiymatini o'lchash funksiyalarini bajarishdir. Muomala vositasi sifatida pul tovarlar va xizmatlarni sotib olish, shuningdek qarzlarni to'lash uchun ishlatiladi. Pul qiymatini o'lchash va tovarlar va xizmatlar qiymatini solishtirish uchun qo'llaniladi sifatida. Jamg'arma vositasi tovarlar va xizmatlarni sotishdan keyin pulni sotib olish qobiliyatini saqlab qolish va kelajakda uni ta'minlash qobiliyatini anglatadi. Shunday qilib, pul boshqa mablag'larni sotib olish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan moliyaviy vositadir.

Zamonaviy pullar tovar asosiga ega emas, lekin quyidagi sabablarga ko'ra pul bo'lib qoladi:

-odamlar ularni pul sifatida qabul qilishga rozi bo'lishadi;

-davlat pulga xos xususiyatlarni alohida himoya qiladi;

-pul ularning foydasi uchun kamdan-kam hollarda aniqlangan qiymatga ega.

Shunday qilib, bizning davrimizda ko'pchilik uchun pul hayotning mazmuniga aylandi. Ko'p odamlar o'z vaqtlarini pul topish, oilalarini, qarindoshlarini, shaxsiy hayotini qurbon qilish uchun sarflashadi. Ko'pincha pul ularni qulga aylantiradi, ya'ni ularning tabiatini iqtisodiy tizimda bajaradigan vazifalar bilan belgilaydi. Funksional nuqtai nazardan, pul biz foydalanadigan pullarga qaraganda, ya'ni tangalar va qog'oz pullar shaklida ko'proq umumiy shaklda ishlaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni.

2. Sh.M. Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. .

3. T.Jo’rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.-T.:«Fan va texnologiya», 2017.

4. A.O’lmasov, A.Vahobov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik.– T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2014.

5.B.Xodiyev, Sh.Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2017.

6. О.Yu.Rashidоv, I.R.Tоymuhamedоv, I.I.Alimоv, R.R.Tоjiev. Pul, kredit va banklar: Darslik. –T.: TDIU, 2009.

7. Sh.Z. Abdullayeva. Pul muomilasi va kredit.Darslik.– T.: “ILM-ZIYO”, 2013.

8. A.A.Исаев Идеальные денги. Mонография.–Т.: “Москва”, 2014.

9. Glyn Davies. A History of Money: From Ancient Times to the Present Day. Cardiff, Wales. Publication year: 2002. 

10. Connell, Brue. Economics. 21th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2017.

11. https://stat.uz/ – O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasining rasmiy sayti.

12. http://ziyonet.uz/ - ta'lim portali.

13. https://cbu.uz/ – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy sayti.

14. https://uz.wikipedia.org/ - ma'lumotlar portali.

15. https://coinsbolhov.ru/ - монет и банкнот «Монеты»




1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni.

2 A.O’lmasov, A.Vahobov Iqtisodiyot nazariyasi.Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2014, 319 b.

3 https://uz.wikipedia.org/ - ma'lumotlar portali.

4 B.Xodiyev, Sh.Shodmonov Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2017. – 154- bet.

5 https://coinsbolhov.ru/ - монет и банкнот «Монеты»

6 B.Xodiyev, Sh.Shodmonov . Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: Iqtisod-moliya, 2017. – 155-bet.

7 Glyn Davies. A History of Money: From Ancient Times to the Present Day. Cardiff, Wales.Publication year: 2002.

8 Connell, Brue. Economics. 21th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2017

9 Исаев A.A Идеальные денги: монография. – Т.: “Москва”, 2014

10 Sh.Z. Abdullayeva. Pul muomilasi va kredit.Darslik. – T.: “ILM-ZIYO”, 2013, 23 b

11 T.T.Jo’rayev. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. – T.: “Fan va texnologiya”, 2018, 75 b.

12 http://ziyonet.uz/ - ta'lim portali.

13 https://cbu.uz/ – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti.

14 https://cbu.uz/ – O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy veb sayti.


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling